Bozorov Jonibek Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Qurilish maydonlarining seysmik jadalligini o‘zgarishini lyossimon gruntli asoslarni muhandislik tayyorlash usullarini qo‘llagan holda baholash» mavzusida, 05.10.03 - «Seysmik xavfsizlik». (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4801.
Ilmiy rahbari: Ismailov Vaxitxan Alixanovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
G‘.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti, DSc.02/30.08.2022.T.97.02.
Rasmiy opponentlar: Kayumov Abdubaki Djalilovich, texnika fanlari doktori, professor;
Aimbetov Izzet Kallievich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent arxitektura va qurilish universiteti” davlat muassasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi cho‘kuvchan lyossimon gruntlarni muhandis-texnik tayyorlash usullarini qo‘llash orqali qurilish maydonlarining seysmik jadalligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
cho‘kuvchan lyossimon gruntlar tarqalgan qurilish maydonlarida seysmik jadallikning kamayishi muhandis tayyorgarlik usuliga va grunt qatlamining fizik-mexanik ko‘rsatkichlariga uzviy bog‘liqligi aniqlangan;
lyossimon gruntlarning seysmik xususiyatlarini hisobga olgan holda qurilish maydonlari uchun yaratilgan grunt modellarida seysmik tebranishlar qiymatlari (tezlanish (ax), tezlik (vx), va siljish (ux)), grunt qatlamlarini muhandis tayyorlanganlik darajasiga ko‘ra kamayishi aniqlangan;
ilk bor seysmik jadallik qiymati qurilish maydonida burg‘ulama armaturali qoziqlar usulini qo‘llaganda -1,22 ballargacha, temirbetonli qoziqlar usulida -1,02 ballgacha, deep soil mixing (texnologik grunt-tsement qorishmali qoziqlar) qoziqlar usulida -0,91 ballgacha, grunt to‘shalma usulida -0,52 ballgacha pasayishi aniqlangan;
ilk bor respublika hududining qurilish maydonlarida “Deep soil mixing” qoziqlar usulini qo‘llash natijasida seysmik jadallikni 1 ballga kamaytirish mumkinligi tadqiq etilgan hamda bu usulni boshqa usullarga nisbatan samaradorligi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish maydonlarida muhandis-texnik tayyorgarlikdan oldingi va keyingi o‘tkazilgan muhandis-geologik, geofizik va instrumental tadqiqotlar hamda Plaxis 3D va Strata dasturlaridan foydalangan holda olingan ilmiy amaliy natijalar asosida:
seysmik jadallikni baholashda seysmik qattiqlik usuli, hamda Strata va Geopsy dastu seysmik jadallikni baholashda seysmik qattiqlik usuli, hamda Strata va Geopsy dasturlaridan foydalangan holda olingan natijalar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 25 yanvardagi 24-06/823 son ma’lumotnomasi). Natijada, lyossimon gruntlarda 30 m qalinlik bo‘yicha seysmik jadallik orttirmasi qiymatlari aniqlashga hamda seysmik xavfsizligini samarali baholashga imkon yaratgan;
lyossimon gruntlarni muhandis-texnik tayyorlash hisobiga qurilish maydonida seysmik jadallikning kamayishi baholash Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti amaliyotga joriy etilgan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 25 yanvardagi 24-06/823 son ma’lumotnomasi). Natijada, grunt to‘shalmasida △I=0,52 ballga, temirbetonli qoziqlarda △I =1,02 ballga, Deep soil mixing qoziqlar △I =0,91 ballga, burg‘ulama armaturali qoziqlarda △I =1,22 ballargacha kamayishiga imkon yaratgan;
qurilish maydonlarida qo‘llanilgan muhandis-texnik tayyorgarlik usullarini taqqoslash natijalari Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti amaliyotga joriy etilgan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 25 yanvardagi 24-06/823 son ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiy jihatdan, shuningdek qurilish vaqtini qisqartirishdagi eng samarali usul Deep soil mixing qoziqlari bo‘lib, maydonning seysmiklik darajasini △I =1 ballga kamaytirishga imkon yaratgan;
qurilish maydonlaridagi lyossimon gruntlarning seysmik xususiyatlarini hisobga olgan holda muhandis-texnik tayyorgarlikdan oldingi va undan keyingi yaratilgan grunt modellari Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti amaliyotga joriy etilgan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 25 yanvardagi 24-06/823 son ma’lumotnomasi). Natijada, Plaxis 3D dasturi orqali tezlanish ax, tezlik vx, va siljish ux, qiymatlarining kamayishiga imkon bergan.