Qo‘chqarov Bobirmirzo Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat changli gazlarini ho‘l usulda tozalovchi qurilma konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3607.
Ilmiy rahbar: Karimov Ikromali Tojimatovich, texnika fanlari doktori.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/31.03.2023.T.66.05.
Rasmiy opponentlar: Xurmamatov Abdug‘affor Mirzaabdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Nasirova Shaira Narmuradovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ho‘l usulda chang tozalovchi qurilmani takomillashtirish va uning ish parametrlarini asoslash hamda uni ishlab chiqarish sharoitida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilmaning umumiy qarshilik koeffisientlari aniqlangan, setka kvadrat teshik o‘lchami a=1,1mm bo‘lganda ξum=2,6; a=1,3mm bo‘lganda ξum=2,5; a=1,6mm bo‘lganda ξum=2,2 ni tashkil etgan va qarshilik koeffisientlarini hisoblovchi empirik tenglama olingan va tuzatish koeffisientini qiymati aniqlangan;
qurilmaga berilayotgan changli gaz va suyuqlik oqimlari rejimlarida setka o‘lchamlarini gidravlik qarshiliklarga ta’siri aniqlangan, gidravlik qarshilikning ΔP=62÷1081 Pa oraliqlarida tozalash samaradorligi η =99,9÷98,2% ni tashkil qilgan va tozalangan gaz tarkibidagi changning qoldiq konsentratsiyasi REChM-6 mg/m3 dan kichik qiymatda tozalashi aniqlangan;
qurilmani sanoatda mavjud qo‘llanilayotgan ho‘l usulda tozalovchi qurilmalarga nisbatan tozalash samaradorligi 4,7 % gacha ortishi, 1m3 havoni tozalash uchun sarflanadigan suyuqlik 5 barobarga, elektr energiyasi 3,5 barobarga kam sarflanishi isbotlangan;
qurilmaning maqbul parametrlari asoslangan, unga ko‘ra filtrlovchi setka kvadrat teshigi o‘lchami, 1,43mm, changli gaz tezligi, w=15,85 m/s; suyuqlik sarfi, Qs=0,89 m3/soat, energiya sarfi 1,5 kVt/soat, tozalash samaradorligi 99,728% va gidravlik qarshiligi 1056,3 Pa aniqlangan va shu asosida qurilmani takomillashtirilgan yangi qonstruksiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Konus setkali qurilmada olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari va paxta changini yuqori tozalash samaradorligini ta’minlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gazlarni changlardan nam usulda tozalash apparatining yangi konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” Davlat muassasasi tomonidan ixtiroga patent olingan (IAP №7688. 2024 y.). Natijada, Beshariq paxta tozalash zavodi sehlaridan chiqayotgan changli gazlarni Sanitariya me’yorlari talablari darajasida tozalash imkonini bergan;
gazlarni changlardan ho‘l usulda tozalovchi konussimon setkali qurilmasi “LUX YaN TEX” klasteriga qarashli “Beshariq paxta tozalash zavodi” loyihalash konstruktorlik bo‘limining “2024-2025 yillarda joriy etiladigan istiqbolli ilmiy ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (Beshariq paxta tozalash zavodining 2024 yil 14 martdagi 45-son hamda “LUX YaN TEX” klasterining 2024 yil 11 noyabrdagi 253-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilmaning maqbul rejimlarida paxta changini tozalash samaradorligi η=99,5÷99,9% ni tashkil etgan va 1m3 havo tarkibida mavjud 350 mg/m3 bo‘lgan chang miqdorini 0,35÷4,7 mg/m3 gacha kamaytirish (REChM=6 mg/m3) imkonini beradi.