Xodjaeva Muhabbat Salimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umurtqa arteriyasi sindromi fonida vertebrobazilyar tizim ishemiyasi klinik-nevrologik va immunologik xususiyatlari”, 14.00.13 – Nevrologiya.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1. PhD /Tib3356.
Ilmiy rahbarlar: Xodjieva Dilbar Tadjievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Xaydarova Dildora Kadirovna, tibbiyot fanlari doktori professor; Amanova Umida To‘lqinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: umurtqa arteriyasi sindromi fonida vertebrobazilyar tizim ishemiyasining klinik-nevrologik, immunologik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umurtqa arteriyasi sindromi fonida kelib chiqqan vertebrobazilyar tizim ishemiyasida vegetativ-tomir xususiyatlari baholanib, simpatik tizim patologiyasi ustunlishi va gemorragik transformatsiyaga aylanish xavfi pastligi isbotlangan;
umurtqa arteriyasi sindromi fonida kelib chiqqan vertebrobazilyar tizim ishemiyasida IL-10 ning oshishi va trombolik xususiyat orasidagi bog‘liqligiga asoslanib uning prognostik prognostik ahamiyati isbotlangan;
umurtqa arteriyasi sindromi fonida kelib chiqqan vertebrobazilyar tizim ishemiyasida braxiotsefal arteriya stenozi va giperglikemiya va insul`t hajmi orasidagi korrelyasion bog‘liqlik asoslangan;
umurtqa arteriyasi sindromi fonida kelib chiqqan vertebrobazilyar tizim ishemiyasida miya qon aylanishi kelib chiqish davriyligiga ko‘ra medikamentoz kompleks davolash usullarining samaradorligi qiyosiy baholanib, pog‘onali davolash va profilaktika qilish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Umurtqa arteriyasi sindromi fonida vertebrobazilyar tizim ishemiyasi klinik-nevrologik va immunologik xususiyatlari» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/54-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: umurtqa arteriyasi sindromi fonida kelib chiqqan vertebrobazilyar tizim ishemiyasida vegetativ-tomir xususiyatlari baholanib, simpatik tizim patologiyasi ustunlishi va gemorragik transformatsiyaga aylanish xavfi pastligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: umurtqa arteriyasi sindromi fonida vertebrobazillyar tizim ishemiyasi ko‘pincha letallikka olib kelib, aksari vaziyatlarda nogironlik holati kuzatilishiga, bemorning hayot sifati keskin tushib ketishiga, jamiyatdan uzilib qolishiga, mehnatga layoqatsizlik kunlari ko‘payishiga olib keladi. Umurtqa arteriyasi sindromi fonida vertebrobazilyar tizim ishemiyasini tashxislashda dopplerografiya, bosh miya magnit-rezonans tomografiyasi (MRT), multispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT), immunologik tekshiruv usullaridan foydalanish kasallik og‘irlik darajasini o‘z vaqtida aniqlash va unga muvofiq maqbul davo choralari qo‘llanilishini ta’minlaydi. Pirovard natijada bemorning hayot sifati yaxshilanishiga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: umurtqa arteriyasi sindromi fonida vertebrobazilyar tizim ishemiyasida kompleks terapiyaning qo‘llanilishi nevrologik simptomlarning tez yaxshilanishiga, hayotiy faoliyatning barqarorlashishiga va reabilitatsiya imkoniyatlarining oshishiga yordam bergan. Bu esa bemorlarning statsionar davolash muddatini 3,9 kunga kamayishiga olib kelganva bir kunlik statsionar davolanish narxi 520 mingni tashkil qilgan, bemorlarda yotoq kunining qisqarishi hisobidan har bir bemordan 2200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Umurtqa arteriyasi sindromi fonida vertebrobazilyar tizim ishemiyasi bilan xastalangan bemorlarning klinik-nevrologik o‘zgarishlarini erta aniqlash muhim ahamiyat kasb etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: umurtqa arteriyasi sindromi fonida kelib chiqqan vertebrobazilyar tizim ishemiyasida IL-10 ning oshishi va trombolik xususiyat orasidagi bog‘liqligiga asoslanib uning prognostik prognostik ahamiyati isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlarda immunologik o‘zgarishlarni baholash maqsadida yallig‘lanish oldi (interleykin (IL-1β, IL-6) va yallig‘lanishga qarshi (IL-10) sitokinlar tekshiruvlari korrelyasion bog‘liqliklar isbotlangan. O‘tkazilgan laborator mezonlar asosida tashxislash dastlabki darajalarda davolash, nogironlik va asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: yallig‘lanish oldi (interleykin IL-1β, IL-6) va yallig‘lanishga qarshi (IL-10) sitokinlar tekshiruvlari ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarga asoslanib, servikal intraepitelial neoplaziyasini erta davrlarda aniqlanganda bemorlarning ambulator murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga byudjet hisobidan 304800 so‘m, byudjetdan tashqari 192000 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: yallig‘lanish oldi (interleykin IL-1β, Il-6) va yallig‘lanishga qarshi (IL-10) sitokinlar tekshiruvlari ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarga asosida ishlab chiqilgan laborator mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan 496800 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: umurtqa arteriyasi sindromi fonida kelib chiqqan vertebrobazilyar tizim ishemiyasida braxiotsefal arteriya stenozi va giperglikemiya va insul`t hajmi orasidagi korrelyasion bog‘liqlik asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlarda umurtqa arteriyasi sindromi fonida kelib chiqqan vertebrobazillyar tizim ishemiyasida simpatik tizim patologiyasi ustunlik qiladi, gemorragik transformatsiyaga aylanish xavfi past bo‘lishi ko‘rsatilgan. O‘tkazilgan laborator mezonlar asosida tashxislash dastlabki darajalarda umurtqa arteriyasi sindromi fonida kelib chiqqan vertebrobazilyar tizim ishemiyasida qon oqimi ko‘rsatkichlari va insult hajmi orasidagi korrelyasion bog‘liqlik, nogironlik va asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: umurtqa arteriyasi sindromi fonida vertebrobazilyar tizim ishemiyasida kompleks terapiyaning qo‘llanilishi nevrologik simptomlarning tez yaxshilanishiga, hayotiy faoliyatning barqarorlashishiga va reabilitatsiya imkoniyatlarining oshishiga yordam beradi, umurtqa arteriyasi sindromi fonida vertebrobazilyar tizim ishemiyasierta davrlarda aniqlanganda bemorlarning murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga byudjet hisobidan 304800 so‘m, byudjetdan tashqari 192000 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Insultning o‘tkir davrida trombolitik terapiyadan foydalanish maqsadga muvofiqligidan foydalanib erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan davolanish kunlari va dori darmonlar hisobiga byudjet mablag‘larini sutkasiga 356405 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: umurtqa arteriyasi sindromi fonida kelib chiqqan vertebrobazilyar tizim ishemiyasida miya qon aylanishi kelib chiqish davriyligiga ko‘ra medikamentoz kompleks davolash usullarining samaradorligi qiyosiy baholanib, pog‘onali davolash va profilaktika qilish algoritmi ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: klinik, immunologik va laborator ko‘rsakichlar ma’lumotlariga asoslanib umurtqa arteriyasi sindromi fonida vertebrobazilyar tizim ishemiyasi oldi kasalliklarini erta xavfini bashoratlash shkalasi va profilaktik algoritmini qo‘llash orqali nevrologik asoratlari va nevrologik ko‘rsatkichlarining pasayishi va profilaktik tadbirlarning samaradorligi ortishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: Umurtqa arteriyasi sindromi fonida vertebrobazilyar tizim ishemiyasi oldi olinadi, kasalligining rivojlanishini oldini olish hisobiga diagnostik-davolash tadbirlariga ketadigan xarajatlar bir nafar bemor hisobiga 1151300 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: klinik, immunologik va laborator ko‘rsakichlar ma’lumotlariga asoslanib Umurtqa arteriyasi sindromi fonida vertebrobazilyar tizim ishemiyasi kasalliklarini erta xavfini bashoratlash shkalasi va profilaktik algoritmini qo‘llash kasallikni oldini olish tadbirlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.