Rizaeva Manzuraxon Asrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 kasalligidan keyingi davrda ko‘zning oldingi segmenti patologiyasini tashxislash va davolash choralarini takomillashtirish» 14.00.08 – Oftal`mologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2435.
Ilmiy rahbar: Kamilov Xolidbek Muxammadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Trufanov Sergey Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Buzrukov Botir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘istonRespublikasi ko‘z kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: SOVID-19 kasalligidan keyingi davrida ko‘zning oldingi segmenti patologiyasi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolashda kompleks yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kon’yunktivit va oldingi uveitlar klinik-funksional jixatdan og‘irroq kechishi SOVID-19 kasalligidan keyingi davrda immun tizimidagi disbalans bilan bog‘liqligi aniqlangan;
SOVID-19 kasalligidan keyingi davrda rivojlangan oldingi uveitda shox parda epiteliy va stroma qavatining diffuz qalinlashishi oldingi optik kogerent tomografiya yordamida isbotlangan;
SOVID-19 kasalligidan keyingi davrida rivojlangan kon’yunktivit va oldingi uveitli bemorlar qon zardobida yallig‘lanishga qarshi interleykinlarning kamayishi fonida yallig‘lanish interleykinlari va qon tomirlar endoteliy disfunksiyasi markerlarining faollashuvi isbotlangan;
immunologik tekshiruvlarga asoslangan holda komleks davoga immunomodulyatorni qo‘shish natijasida sitokin status va qon tomir endotelial disfunksiyasi markyorlarining meyorlashuviga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
COVID-19 kasalligidan keyingi davrda ko‘zning oldingi segmenti patologiyasini tashxislash va davolash choralarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: kon’yunktivit va oldingi uveitlar klinik-funksional jixatdan og‘irroq kechishi SOVID-19 kasalligidan keyingi davrda immun tizimidagi disbalans bilan bog‘liqligi aniqlash bo‘yicha takliflar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, RShTYoIMning Farg‘ona filiallari (buyruk №140, 12.09.2023) va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiali (buyruk №76, 23.08.2023) faoliyati amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 30 oktyabr 7 i/z 26-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amalga oshirish koviddan keyingi davrda ko‘zning oldingi segmenti patologiyalar bo‘lgan bemorlarni tashxislashni yaxshilash va davlosh samandorligini oshirishga yordam beradi. Ijtimoiy smaradorligi: koviddan keyingi davrda ko‘zning oldingi segmenti patologiyasini erta tashxislash uchun biz ishlab chiqgan dastur kasallikni dastlabki bosqichlarda aniqlash imkonini beradi, kasallikning natijasi va kechishini bashorat qilishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: SOVID-19 kasalligidan keyingi davrida ko‘zning oldingi segmenti patologiyasini erta tashxislash uchun funksional, instrumental tadqiqotlarni qo‘llash, shu bilan bir vaqtining o‘zida tegishli davolanishni boshlash va mexnatga layoqatsizlik kunlari sonini qisqartirishdan iborat. Shunday qilib, bemorni tashxislash algoritmini amaliyotga joriy etilishi shifoxonaga yotqizish holatlarining kamayishi tufayli harajatlarni qisqarishining iqtisodiy samarasi 1 bemorga - 474817,7 so‘mni yoki 100 bemorga - 47481770 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni diagnostika standartlariga kiritish koviddan keyingi davrda ko‘zning oldingi segmenti patologiyasi bo‘lgan bemorlarni noqulay natijalarini o‘z vaqtida bashorat qilish va korreksiya qilish imkonini beradi. Taklif etilayotgan tashxisot algoritmi samarali bo‘lib, uni amaliyotga joriy etilishi dolzarb va maqsadga muvofiqdir.
ikkinchi ilmiy yangilik SOVID-19 kasalligidan keyingi davrda rivojlangan oldingi uveitda shox parda epiteliy va stroma qavatining diffuz qalinlashishi oldingi optik kogerent tomografiya yordamida isbotlangash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, RShTYoIMning Farg‘ona filiallari va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiali faoliyati amaliyotiga joriy qilingan Olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, RShTYoIMning Farg‘ona filiallari (buyruk №140, 12.09.2023) va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiali (buyruk №76, 23.08.2023) (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 30 oktyabr 7 i/z 26-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy smaradorligi: olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga jumladan, kasallikning dastlabki bosqichlarida aniqlash, kasallikning kuchayishini oldini olish va davolash choralarini erta qo‘llanishini xamda bemorlarning xayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: koviddan keyingi davrda bemorlarga tashxis qo‘yish algoritmini joriy etish orqali ko‘zning oldingi segmenti patologiyasini erta tashxislash, takomillashtirish natijasida kasalxonaga gospitalizatsiyalar soning kamayishi xisobiga xarajatlarni kamaytirishning iqtisodiy samarasi 1 kishi uchun 225000 so‘mni tashkil etadi, yoki 100 bemorga 22500000 so‘mni tashkil etadi; Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni diagnostika standartlariga kiritish ko‘zning oldingi segmenti patologiyasining erta bosqichlarda bashorat qilish va davolash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: SOVID-19 kasalligidan keyingi davrida rivojlangan kon’yunktivit va oldingi uveitli bemorlar qon zardobida yallig‘lanishga qarshi interleykinlarning kamayishi fonida yallig‘lanish interleykinlari va qon tomirlar endoteliy disfunksiyasi markerlarining faollashuvi isbotlangan. Jumladan yallig‘lanish sitokinlari faollashishi fonida, yallig‘lanishga qarshi sitokinlar kamaygan. Komponent komplement va endoteliy tizimi funksional xolatining o‘zgarishlari, bu muammoni faqat oftal`mologik qatoridan emas balki umum tibbiy muammoga aylantiradi. Bu esa nafaqat maxalliy terapiyani qo‘llashni balki organizmni umum tizimli kompleks davolashni nazarda tutadi. SOVID-19 kasalligidan keyingi davrida, bemorlar endotelial disfunsiyaning rivojlanishi oldingi uveit kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, RShTYoIMning Farg‘ona filiallari (buyruk №140, 12.09.2023) va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiali (buyruk №76, 23.08.2023) (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 30 oktyabr 7 i/z 26-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi; bemorlarning xayot sifatini yaxshilash uchun davolash va proflaktika choralarini o‘z vaqtida qo‘llash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: koviddan keyingi davrda bemorlarga tashxis qo‘yish algoritmini joriy etish orqali ko‘zning oldingi segmenti patologiyasini erta tashxislash, kasalxonada qolish muddatini 10 kundan 7 kungacha qisqartirish orqali davolashning iqtisodiy harajatlarini 775000 so‘m tejalishiga olib keldi; Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni diagnostika standartlariga kiritish ko‘zning oldingi segmenti patologiyasining erta bosqichlarda bashorat qilish va davolash imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: immunologik tekshiruvlarga asoslangan holda komleks davoga immunomodulyatorni qo‘shish natijasida sitokin status va qon tomir endotelial disfunksiyasi markyorlarining meyorlashuviga olib kelishi isbotlangan. Olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, RShTYoIMning Farg‘ona filiallari (buyruk №140, 12.09.2023) va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filiali (buyruk №76, 23.08.2023) (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 30 oktyabr 7 i/z 26-son ma’lumotnomasi); Ijtimoiy samaradorligi: koviddan keyingi davrda ko‘z olmasining oldingi segmentidaga patologiyali bemorlarida immuno-bioximik tashxislash, immun tizimda disbalansni erta aniqlash imkonini beradi. Bunday xollarda tavsiya etilgan immunokorreksiyalovchi davo muolajasi bemorlarning tez tuzalishi va mexnat qobiliyatining tezroq tiklanishiga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: biz taklif qilgan kompleks davo muolajasi bemorlarning tez tiklanishiga yordam beradi va xar bir bemorning shifoxonada davolanishi uchun davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘larni (oziq-ovqat, yotoq, tibbiyot xodimlari, elektr-energiyani) 40% gacha tejaydi; Xulosa: ko‘zning oldingi segmenti patologiyasini erta tashxislash, takomillashtirish natijasida kasalxonaga gospitalizatsiyalar soning kamayishi xisobiga xarajatlarni kamaytirishning iqtisodiy samarasi 1 kishi uchun 225000 so‘mni tashkil etadi, yoki 100 bemorga 22500000 so‘mni tashkil etadi.