Akbarova Saida Baxtiyorovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy va periferik motoneyron zararlanish sindromini tashxislash va davolashga yondashuvni optimallashtirish», 14.00.13-Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1699.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Saidvaliev Farrux Saidakramovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; O‘rinov Muso Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat pediatriya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: harakat neyroni kasalligining og‘ir kechishini prognozlash usulini ishlab chiqishda klinik-nevrologik, funksional, neyropsixologik, neyrofiziologik, neyrovizualizatsion va immunologik tekshiruv usullaridan tashkil topgan kompleks yondashuvning rolini aniqlash va bemorlarni davolash chora-tadbirlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harakat neyroni kasalligi kechishida kasallik rivojlanish sur’atiga salbiy ta’sir etuvchi xavf omillarining erta muddatlarda aniqlanishi ushbu kasallik shakllari orasida uning og‘ir kechishini oldini oluvchi omil ekanligi  asoslangan;
bemorlarda harakat neyroni kasalligining rivojlanish xavfi va qonda mielin-assotsirlangan glikoprotein (Anti-MAG)ga qarshi ishlab chiqarilgan antitanachalarning mavjudligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlovchi immunoferment laborator tekshiruvi ilk bor kasallikning og‘ir kechishini prognozlash uchun samarador usul ekanligi isbotlangan;
tadqiqot dinamikasida harakat neyroni kasalligi og‘ir kechishida xavf omillarini erta aniqlash prognostik mezoni ishlab chiqilgan xamda uning diagnostik ahamiyati asoslangan;
harakat neyroni kasalligida ishlab chiqilgan patogenetik hamda simptomatik davolash chora tadbirlari kasallik asoratlarini kamaytirishdagi roli isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:                    harakat neyroni kasalligiga erta tashxislashni prognozlash va bemorlarga terapevtik yondashuvni  optimallashtirish xususiyatlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: harakat neyroni kasalligi kechishida kasallik rivojlanish sur’atiga salbiy ta’sir etuvchi xavf omillarining erta muddatlarda aniqlanishi ushbu kasallik shakllari orasida uning og‘ir kechishini oldini oluvchi omil ekanligi  asoslanganligi bo‘yicha ilmiy natijalar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali (3.01.2024 yildagi 1051-son buyrug‘i), hamda Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ko‘p tarmoqli klinikasi (22.01.2024 yildagi 13-son buyrug‘i) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar asosida kasallik rivojlanishi xavf omillari aniklanib, YoAS mavjud bemorlarni dinamik kuzatuvi va kasallik rivojlanishini erta davrlarda aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: salbiy bashoratlovchi omillarni aniqlanishi bilan bemorlarga yondashuv 1 nafar bemor uchun o‘rtacha qiymati 2500000 so‘m bo‘lgan xarajatni talab qiluvchi tashxislash chora-tadbirlarini oldini olish xaqida ma’lumot beradi. Xulosa: salbiy bashoratlovchi xavf omili aniqlangan YoAS mavjud bemorlar ushbu kasallik rivojlanish extimoli yuqori bo‘lgan guruxga kirib, bu esa individual yondashuvni ta’minlashni talab etdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: bemorlarda harakat neyroni kasalligining rivojlanish xavfi va qonda mielin-assotsirlangan glikoprotein (Anti-MAG)ga qarshi ishlab chiqarilgan antitanachalarning mavjudligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlovchi immunoferment laborator tekshiruvi ilk bor kasallikning og‘ir kechishini prognozlash uchun samarador usul ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha ilmiy natijalar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali (3.01.2024 yildagi 1051-son buyrug‘i), hamda Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ko‘p tarmoqli klinikasi (22.01.2024 yildagi 13-son buyrug‘i) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: immunoferment taxlili yordamida qon zardobida mielin-assotsirlangan  glikoprotein (Anti-MAG IgG) ga qarshi ishlab chiqarilgan antitanachalar miqdorini aniqlanishi YoAS kasalligiga erta muddatlarda tashxis qo‘yish imkonini berib, bemorlarni olib borish taktikasini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorlik: qon zardobidagi aniqlangan  mielin-assotsirlangan glikoprotein (Anti-MAG IgG) ga qarshi ishlab chiqarilgan antitanachalar miqdorining musbat korrelyasiyasi  klinik-diagnostik ko‘rsatkichi salbiy tashxislash chora tadbirlari proftlaktikasiga xamda bir nafar bemorga o‘rtacha 1200000 so‘m iqtisodiy tejamga olib keladi. Xulosa: yuqorida keltirilgan kasallikni erta muddatlarda aniqlashning diagnostik markerlari va kasallik rivojlanish xavfi yuqoriligi, erta muddatda tashxis qo‘yish va salbiy tashxislash chora-tadbirlari profilaktikasiga, buning natijasida esa bir nafar bemorga o‘rtacha 1200000 so‘m iqtisodiy tejamni keltirib chiqardi.
uchinchi ilmiy yangilik: tadqiqot dinamikasida harakat neyroni kasalligi og‘ir kechishida xavf omillarini erta aniqlash prognostik mezoni ishlab chiqilgan xamda uning diagnostik ahamiyati asoslanganligi bo‘yicha ilmiy natijalar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali (3.01.2024 yildagi 1051-son buyrug‘i), hamda Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ko‘p tarmoqli klinikasi (22.01.2024 yildagi 13-son buyrug‘i) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: taklif qilingan usul YoAS kasalligi klinik simptomlar namoyon bulgunga qadar aniqlanishiga yordam berib, neyrodegenerativ o‘zgarish bilan murojaat qilgan bemorlarni olib borishda  personalizatsiyalashgan yondashuv imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: YoAS kasalligi rivojlanishini bashoratlash usulini tadbig‘i ushbu patologiyada noto‘g‘ri tashxislash va davolash natijasida kelib chikadigan xatoliklarni iqtisodiy jixatdan 1100000 so‘m tejalishiga olib keladi. Xulosa: ishlab chiqilgan prognostik model neyrodegeneratib kasalliklar erta davrlarida bashoratlash imkonini berdi xamda bir nafar bemor uchun 1100000 so‘m iqtisodiy tejamga olib keldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: harakat neyroni kasalligida ishlab chiqilgan patogenetik hamda simptomatik davolash chora tadbirlari kasallik asoratlarini kamaytirishdagi roli isbotlanganligi bo‘yicha ilmiy natijalar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali (3.01.2024 yildagi 1051-son buyrug‘i), hamda Farg‘ona jamoat salomatligi instituti ko‘p tarmoqli klinikasi (22.01.2024 yildagi 13-son buyrug‘i) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: An’anaviy davo muolajalari bilan birgalikda edaravon preparatining qo‘llanilishi neyrodegenerativ o‘zgarishga xos shikoyatlar xamda kuzatiladigan asoratlar kamayishiga olib keladi. Iqtisodiy samaradorlik: intensiv davolash davrida bemorlarga ratsional yondashuv, asoratlarning kamayishi bilan bog‘liq xolda ularning statsionar sharoitda davolanish o‘rtacha  muddati, qo‘shimcha xarajatlar bir nafar bemor uchun 1200000 so‘m ga kamayishiga olib keladi.  (ADTI klinikasi preyskurantiga asoslanib). Xulosa: Edaravon preparatining komleks ravishda qo‘llanilishiga asoslangan algoritm ishlab chiqilishi bemorlar xayot sifatini yaxshilanishiga va xar bir bemor uchun 1200000 so‘m tejalishiga olib keldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish