Babamuradova Zarrina Baxtiyarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatologik kasalliklarni tashxislash va davolashda differensiallashgan yondashuv», 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib554.
Ilmiy maslaxatchi: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Trofimov Evgeniy Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Abdullaev Ravshanbek Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boboev Kodirjon Tuxtaboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi revmatologik kasalliklarga chalingan bemorlarda klinik-immunologik va genetik xususiyatlarni baholash asosida patologiyalarni erta tashxislash va davolashga differensial yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artrit, tizimli qizil yugurik va ankilozlovchi spondilloartrit bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning og‘irlik darajasi, klinik kechishi, laborator va instrumental ko‘rsatkichlarining yallig‘lanish oldi sitokinlar miqdori bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor revmatoid artrit kasalligida IL1β genining S alleli va S/S gomozigotali, IL10 genining A/A gomozigotali genotipi, IL6 genining tizimli qizil yugurik kasalligida S/G geterozigotali va ankilozlovchi spondilloartritda G/G mutant gomozigotali genotiplari kasallik kechishini bashorat qilishda ahamiyatga ega ekanligi asoslangan;
ilk bor revmatologik patologiyalarda autoimmun holat tizimi genlari (IL17A, IL17F, IL23R) kasalliklarni rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshirishi va genlararo genotipik sinergizm mavjudligi isbotlangan;
revmatologik kasalliklarda sitokin tizimi (TNFα, IL 1β, IL4, IL6, IL10) genlari yallig‘lanish jarayonining rivojlanishini tasdiqlovchi prognostik marker ekanligi asoslangan;
ilk bor revmatoid artrit kasalligida IL 1β genining G/G va IL10 genining A/A gomozigotali genotiplari, tizimli qizil yugurikda IL6 genining S/G geterozigotali, ankilozlovchi spondilloartritda esa IL17A xamda IL23R genlari G/A geterozigotali genotiplari, A alleli aniqlangan bemorlarda gen-injener biologik vositalarni qo‘llash maqsadga muvofiqligi va ularning yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Revmatologik kasalliklarni tashxislash va davolashda differensiallashgan yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit, tizimli qizil yugurik va ankilozlovchi spondilloartrit bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning og‘irlik darajasi, klinik kechishi, laborator va instrumental kursatkichlarining yallig‘lanish oldi sitokinlar miqdori bilan uzaro bog‘liqligi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi ekspert kengashining 2023 yil 27 noyabrdagi 107-soni bilan tasdiqlangan “Molekulyar genetik tadqiqotlar asosida revmatologik kasalliklarni erta tashxislash va aniqlash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 15.06.2024yil 1672-7-107-TV/2024-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida 22.07.2024 yildagi 82-I-sonli buyrug‘i bilan va Jizzax viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 24.07.2024 yildagi 30-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5/25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: revmatoid artrit (RA), tizimli qizil yugurik (TQYu), ankilozlanuvchi spondilloartrit (AS) bilan og‘rigan bemorlarda kasallikni erta tashxislash va uz vaktida davolash natijasida, ushbu kasalliklarda qaytmas struktur buzilishlar avj olib borishini oldini olish va bemorlar xayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: RA, TQYu va AS bilan og‘rigan bemorlarda kasallikni erta tashxislash va o‘z vaqtida davolash natijasida bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 196000 so‘mga iqtisodiy samaradorlikka erishi imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor revmatoid artrit kasalligida IL1β genining S alleli va S/S gomozigotali, IL10 genining A/A gomozigotali genotipi, IL6 genining tizimli qizil yugurik kasalligida S/G geterozigotali va ankilozlovchi spondilloartritda G/G mutant gomozigotali genotiplari kasallik kechishini bashorat qilishda ahamiyatga ega ekanligi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Samarkand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi ekspert kengashining 2023 yil 27 noyabrdagi 107-soni bilan tasdiqlangan “Molekulyar genetik tadqiqotlar asosida revmatologik kasalliklarni erta tashxislash va aniqlash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 15.06.2024yil 1672-7-107-TV/2024-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida 22.07.2024 yildagi 82-I-sonli buyrug‘i bilan va Jizzax viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 24.07.2024 yildagi 30-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5/25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: RA, TQYu va AS bilan og‘rigan bemorlarda kasalliklni erta tashxislashni takomillashtirish, profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish, RA, TQYu va AS bilan og‘rigan bemorlarda hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni kamaytirish va tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: RA, TQYu va AS bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning og‘ir kechishini erta bashorat qilish natijasida, kasallik faolligini pasaytirish, o‘rin-kunlarni qiskarishi hisobida bitta bemorga belgilangan dori vositalarini iqtisod qilishga erishilgan. Shifoxonada 1 kunlik dori xarajatlari 56000 so‘mni tashkil etadi, 2 kun uchun sarflanadigan mablag‘ miqdori 112000 so‘m mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor revmatologik patologiyalarda autoimmun holat tizimi genlari (IL17A, IL17F, IL23R) kasalliklarni rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshirishi va genlararo genotipik sinergizm mavjudligi isbotlangan ekanligi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi ekspert kengashining 2023 yil 27 noyabrdagi 108-soni bilan tasdiqlangan Revmatologik kasalliklarni gen-injener biologik preparatlar yordamida davolashni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 15.06.2024yil 1672-7-107-TV/2024-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida 22.07.2024 yildagi 82-I-sonli buyrug‘i bilan va Jizzax viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 24.07.2024 yildagi 30-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5/25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: RA, TQYu va AS bilan og‘rigan bemorlarda autoimmun holat tizimi genlari (IL17A, IL17F, IL23R) va genlararo genotipik sinergizm kasalliklarni rivojlanish xavfini bashoratlash sifatini yaxshilashga, nogironlik darajasini pasaytirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: RKlarga chalingan bemorlarda kasallik faolligini va immun tizimining buzilishini erta tashxislash kasallikni davolash chora tadbirlarini muvofiqlashtirishga imkon berdi. Natijada bemorning shifoxonada qolish muddatini 8 kundan 6,5 kungacha qisqartirib shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1180000 so‘mga kamaytirgan va 70% bemorlarda kasallikni remissiya davriga o‘tkazishta imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: revmatologik kasalliklarda sitokin tizimi (TNFα, IL 1β, IL4, IL6, IL10) genlari yallig‘lanish jarayonining rivojlanishini tasdiqlovchi diagnostik marker ekanligi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Samarkand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashining 2023 yil 27 noyabrdagi 107-soni bilan tasdiqlangan “Molekulyar genetik tadqiqotlar asosida revmatologik kasalliklarni erta tashxislash va aniqlash algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 15.06.2024yil 1672-7-107-TV/2024-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida 22.07.2024 yildagi 82-I-sonli buyrug‘i bilan va Jizzax viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 24.07.2024 yildagi 30-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5/25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: revmatologik kasalliklarda sitokin tizimi (TNFα, IL 1β, IL4, IL6, IL10) genlari yallig‘lanish jarayonining rivojlanishini tasdiqlovchi diagnostik marker ekanligini taxlil qilish orqali bemorlarining genetik moyilligini o‘rganish va klinik-laborator ko‘rsatkichlar orasida bog‘liqlikni belgilash natijasida revmatologik kasalliklar uchun genetik xarita yaratilgan va RA, TQYu va AS rivojlanishining bashorat kilish mezonlari ishlab chikilgan. Iqtisodiy samaradorligi: RA, TQYu va AS bilan kasallangan bemorlarda genetik tahlillar olib borish, kasallikni rivojlanishi va kechishini oldindan bashorat kilishga erishish, asoratlarni uchrash chastotasini kamaytirishi bilan izoxlanadi. Bu o‘z navbatida bemorlarni ambulator murojaatlari sonini kamaytirishiga, oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun 40000 so‘m sarflansa, 10 nafar bemorlar uchun umumiy 400000 so‘mni byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor revmatoid artrit kasalligida IL 1β genining G/G gomozigotali, IL10 genining A/A gomozigotali genotipi, tizimli qizil yugurikda IL6 genining S/G geterozigotali, ankilozlovchi spondilloartritda esa IL17A va IL23R genlari G/A geterozigotali genotiplari, hamda A alleli aniqlangan bemorlarda gen-injener biologik vositalarni qo‘llash maqsadga muvofiqligi va ularning yuqori samaradorligi isbotlangan ekanligi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ekspert kengashining 2023 yil 27 noyabrdagi 108-soni bilan tasdiqlangan “Revmatologik kasalliklarni gen-injener biologik preparatlar yordamida davolashni optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi 15.06.2024yil 1672-7-107-TV/2024-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialida 22.07.2024 yildagi 82-I-sonli buyrug‘i bilan va Jizzax viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 24.07.2024 yildagi 30-sonli buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5/25-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: autoimmun holat tizimi (IL17A, IL17F, IL23R), hamda sitokinlar tizimi (TNFα, IL 1β, IL4, IL6, IL10) genlar polimorfizmini o‘rganish natijasida RA, TQYu va AS bilan og‘rigan bemorlarda kasallikni erta tashxislash va personifisirlangan davolash chora tadbirlarini tanlash algoritmi asosida revmatologik kasalliklarni GIBV, Mikofenolat mofetil va BNYaQV bilan kombinatsiyada davolash mezonlari yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: RA, TQYu va ASda kasalliklarini samarali davolash natijasida, ushbu kasalliklarda qaytmas struktur buzilishlar avj olib borishini oldini olish va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan, xamda statsionarda davolash yotoq kuni qisqarganligi xisobida byudjet mablag‘lari iqtisod qilingan.