Xudayberdieva Shahlo Abduvali qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lalmikorlikda arpa hosildorligi va don sifatiga ekish muddatlari, me’yorlari hamda mineral o‘g‘itlarning ta’siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1406.
Ilmiy rahbar: Xalilov Nasriddin, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Sodiq Obidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy dexqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jizzax viloyatini lalmikor erlarining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida yangi yaratilgan, Davlat reestriga kirililgan arpaning biologik kuzgi Lalmikor va duvarak Mushtarak navlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirishning maqbul ekish muddati, me’yori hamda mineral o‘g‘itlar qo‘llash me’yorlarini aniqlash va amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Jizzax viloyati lalmikor och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida ikki qatorli arpaning kuzgi Lalmikor hamda duvarak Mushtarak navlarining biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda Lalmikor navini maqbul ekish muddati 30 oktyabr, Mushtarak navini 15 oktyabrda, ekish me’yori 2,5 mln.dona/ga va mineral o‘g‘itlar me’yori esa N40P40K40 kg/ga ekanligi aniqlangan;
ikki qatorli arpa navlarini etishtirish texnologiyasining asosiy elementlari, ekish muddatlari, me’yorlari hamda mineral o‘g‘itlarni qo‘llash orqali lalmikor mintaqalarda ularning o‘sishi, rivojlanishi, umumiy va mahsuldor tuplanishi, hosilning shakillanishida arpa doni va somonidan olinadigan ozuqa birligi, hosildorligi aniqlangan;
lalmikor mintaqada o‘rganilgan arpa navlarining ekish muddatlari, me’yorlari va mineral o‘g‘itlarni qo‘llaganda o‘simlikning boshoqlash fazasida barcha ekish muddatlarida ikkala navda ham gektariga 2,5 mln.dona/ga urug‘ ekilganda barg yuzasi navlarga mos ravishda 42,5 va 37,3 ming m2/ga, ekinzorining fotosintetik potensiali 1,30 va 1,28 mln m2*kun/ga, fotosintetik sof mahsuldorligi 5,37 va 4,80 mln g/m2 * kun hamda quruq biomassa to‘planishi esa mum pishish fazasida mos ravishda 4,700 va 4,566 t/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, o‘g‘itlash me’yorini gektarigi N40P40K40 kg qo‘llash orqali fotosintetik ko‘rsatkichlari eng yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
arpa navlarining yuqori don hosildorligi, somon massasi va donning sifat ko‘rsatkichlari Lalmikor navida ekish muddati 30 oktyabrda ekish me’yori gektariga 2,5 mln.dona urug‘ sarflanganda, Mushtarak navida esa ekish muddati 15 oktyabrda ekish me’yori 2,5 mln.dona/ga ekilganda kuzatilgan. Tadqiqotlarda N40P40K40 kg/ga qo‘llanilganda eng yuqori don va somon hosil olingan va kuzgi Lalmikor naviga nisbatan duvarak Mushtarak navi hosildorligi 4,9 s/ga kam bo‘lganligi kuzatilgan. Eng yuqori iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari, kuzgi Lalmikor navida ekish muddati 30 oktyabrda 2,5 mln.dona/ga urug‘ ekilgan variantda sof foyda 2 mln. 811,5 ming so‘m va rentabellik darajasi 65%, duvarak Mushtarak navida esa ekish muddati 15 oktyabrda 2,5 mln.dona/ga urug‘ ekilganda sof foyda 1 mln. 161,5 ming so‘m hamda rentabellik darajasi 26,8% bo‘lganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jizzax viloyatining lalmikor och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida ikki qatorli arpa navlarining don hosili va sifatiga ekish muddatlari, me’yorlari hamda mineral o‘g‘itlarning ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar uchun «Jizzax viloyatining lalmikor erlari sharoitida ikki qatorli arpa etishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining “12” avgustdagi №05/06-02-656-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda respublikamizning chorvachilik uchun ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
ikki qatorli arpa navlarini lalmikor sharoitda ekish me’yorini gektariga 2,5 mln.dona ekish Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida, jami 66,5 gektar maydonga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil “12” avgustdagi №05/06-02-656-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur texnologiyani joriy qilish evaziga xo‘jaliklar kuzgi Lalmikor navida o‘rtacha 4 mln. 397 ming so‘m sof foyda va 97,8% rentabellik, duvarak Mushtarak navida o‘rtacha 3 mln. 159 ming so‘m sof foyda va 73,0% rentabellik darajasiga erishgan;
ikki qatorli arpaning Lalmikor va Mushtarak navlarini etishtirishda mineral o‘g‘itlar N40P40K40 kg/ga me’yorida qo‘llash texnologiyasi Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida, jami 36,0 gektar maydonda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil “12” avgustdagi №05/06-02-656-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologiyani joriy qilishdan fermer xo‘jaliklar kuzgi Lalmikor navini o‘rtacha 3 mln. 501 ming so‘m foyda olishgan va 74,6% rentabellikka, duvarak Mushtarak navida esa 2 mln. 669 ming so‘m sof foyda va 56,9% rentabellikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish