Saksonov Umidjon Sattorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi o‘zlashtirilgan cho‘l mintaqasining sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyni tejamkor sug‘orish texnologiyasi (Buxoro viloyati misolida)”, 06.01.02 – Meliorasiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1176.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Anvar Qurbonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Usmonqul, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Durdiev Normat Hasanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyatining yangi o‘zlashtirilgan cho‘l zonasidagi sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlari sharoitida mahalliy xom ashyolardan sintez qilingan kuchli shishuvchan gidrogel` polimer birikmasini qo‘llab, kuzgi bug‘doyning “Starshina” navini suv tejamkor sug‘orish texnologiyasini ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoro viloyatining yangi o‘zlashtirilgan cho‘l hududida tarqalgan sur tusli qo‘ng‘ir, engil qumoq tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyning “Starshina” navini sug‘orishda tuproqqa gidrogel` polimer birikmasini 100 kg/ga me’yorda kuzgi bug‘doyni ekishdan oldin, dalani shudgorlash davrida qo‘llashga asoslangan suv tejamkor sug‘orish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
gidrogel` polimer birikmasini qo‘llash asosidagi suv tejamkor sug‘orish texnologiyasida kuzgi bug‘doyning “Starshina” navining sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-70-65 % da sug‘orish ishlari amalga oshirilganda sug‘orish me’yorlari 532-708 ni, mavsumiy sug‘orish me’yori 3123 m3/ga ni tashkil qilib, nazoratga nisbatan 1503 m3/ga suv resurslari iqtisod qilinishi aniqlangan;
gidrogel` polimer birikmasini qo‘llash asosidagi suv tejamkor sug‘orish texnologiyasida kuzgi bug‘doyning “Starshina” navini don hosili 50,7 s/ga bo‘lib, 1 m3 daryo suvlari hisobiga etishtirilgan hosil 1513,6 grammni tashkil qilishi aniqlangan;
gidrogel` polimer birikmasini qo‘llash asosidagi suv tejamkor sug‘orish texnologiyasida kuzgi bug‘doyning “Starshina” navining umumiy suv iste’emoli 5262 m3/ga bo‘lib, uning tashkil etuvchilari: atmosfera yog‘inlari 23,6 % ni, tuproq namidan foydalanganligi 13 % ni va mavsumiy sug‘orish me’yori 63,6 % ni tashkil qilishi aniqlangan;
gidrogel` polimer birikmasini qo‘llash asosidagi kuzgi bug‘doyning “Starshina” navini suv tejamkor sug‘orish texnologiyasida shartli sof foyda 4 mln. 886 ming so‘m/ga ni va rentabellik darajasi 86,3 % ni tashkil qilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi o‘zlashtirilgan cho‘l mintaqasining sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyni tejamkor sug‘orish texnologiyasi (Buxoro viloyati misolida) mavzusi bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Buxoro viloyatining yangi o‘zlashtirilgan sur-tusli qo‘ng‘ir tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doyning “Starshina” navidan yuqori hosil etishtirishda gidrogel polimer birikmasining samaradorligi” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 17 sentyabrdagi 05/05-1161-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma yangi o‘zlashtirilgan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar sharoitida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari va agroklasterlarga, suv xo‘jaligi xodimlari, ilmiy tadqiqotchilarga qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
yangi o‘zlashtirilgan sur-tusli qo‘ng‘ir tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doyning “Starshina” navini suv tejamkor sug‘orish texnologiyasi Qorovulbozor tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 17 sentyabrdagi 05/05-1161-son ma’lumotnomasi). Natijada 26 % ga suv resurslari iqtisod qilinib, kuzgi bug‘doydan 49,5-51,5 s/ga don hosili olingan va sof foyda 4,5 mln. so‘m/ga ni, rentabellik darajasi 80,2 % ni tashkil qilgan;
yangi o‘zlashtirilgan sur-tusli qo‘ng‘ir tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doyning “Starshina” navini ekishdan oldin tuproqqa 100 kg/ga me’yorlarda gidrogel` polimer birikmasi kiritilib, kuzgi bug‘doyni tejamkor sug‘orish texnologiyasidagi sug‘orish tartiblari asosida Qorovulbozor tumani fermer xo‘jaliklarida jami 74 gektar maydonda joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 17 sentyabrdagi 05/05-1161-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi bug‘doyning “Starshina” navini sug‘orish me’yorlari 540-720 m3/ga ni va mavsumiy sug‘orish me’yori 3200 m3/ga ni tashkil etib, 1600 m3/ga suv resurslari iqtisod qilingan.