Ibrohimov Bahodir Akmal o‘g‘lining
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bamiya (Hibiscus esculentus L.) ning istiqbolli, ertapishar va hosildor navlarini yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Qx311.
Ilmiy maslahatchi: Nizomov Rustam Axrolovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: bamiyaning “Toshkent tuhfasi” navi (NAP 00469), “Shafaq” navi (NAP 00470) va “Zamin” navi (NAP 00468).
II. Tadqiqotning maqsadi Sabzavot ekinlar jahon kolleksiyasidan samarali foydalangan holda respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos, qimmatli xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega, serhosil, ertapishar bamiyaning yangi navlarini yaratish, urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bamiyaning 11 ta nav namunalarining morfobiologik va xo‘jalik belgilar majmui bo‘yicha o‘rganilgan, olingan natijalarni tahlil etish asosida ma’lumotlar axborot bazasi yaratilgan;
ilk bor geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan bamiya kolleksion namunalaridan ertapishar, hosildor, ayrim tashqi muhit omillariga bardoshli boshlang‘ich manbalar ajratib olingan;
bamiyaning ajratilgan nav namunalaridan analitik seleksiya asosida ilk bor respublikaning turli iqlim sharoitiga mos, ertapishar, serhosil “Toshkent tuhfasi”, “Shafaq” va “Zamin” navlari yaratilgan;
yangi yaratilgan bamiyaning “Toshkent tuhfasi”, “Shafaq” va “Zamin” navlari boshqa nav namunalarining o‘rtacha ko‘rsatkichiga nisbatan 10-15 kunga ertapsharligi, umumiy hosildorligi 1,3-1,8 t/ga, tovarbop hosil miqdori 0,9-1,4 t/ga, rentabellik darajasi 18,5-64,5 foizga yuqori ekanligi aniqlangan;
bamiyaning yangi yaratilgan “Toshkent tuhfasi”, “Shafaq” va “Zamin” navlarining 100 g iste’molga yaroqli mevasi tarkibida oqsil 2,2-2,7 %, moy 0,2-0,3%, uglevodlar 7,9-8,8 %, askorbin kislota 113,2-116,8 mg/g ni tashkil etgan holda, nitrat miqdori o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan 8,3-12,0 mg/kg ga kamligi aniqlangan;
yangi yaratilgan bamiyaning “Toshkent tuhfasi”, “Shafaq” va “Zamin” navlarining o‘sishi, rivojlanishi hamda asosiy qimmatli-xo‘jalik belgilari tahlil qilingan va navdorligi yuqori original urug‘lari ko‘paytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bamiya (Hibiscus esculentus L.)ning istiqbolli, ertapishar va hosildor navlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bamiya (Hibiscus esculentus L.)ning respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos, ertapishar va hosildor yangi “Toshkent tuhfasi” (NAP 469), “Shafaq” (NAP 470) hamda “Zamin” (NAP 468) navlari yaratilib, 2024 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual Mulk agentligi tomonidan patent olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar miliy markazining 2024 yil 7 avgustdagi 05/06-04-356-son ma’lumotnomasi). Natijada, sabzavot ekinlari genofondi ertapishar, vitaminlarga boy, umumiy (12-14 t/ga) va tovarbop (11-13 t/ga) hosildorligi yuqori bo‘lgan eksportbop navlar bilan boyitilgan;
bamiya (Hibiscus esculentus L.)ning yangi “Toshkent tuhfasi”, “Shafaq” va “Zamin” navlarini ertaki muddatlarda ekish texnologiyasi 2022-2023-yillarda Surxondaryo viloyatida 8,8 gektar, Samarqand viloyatida 3,2 gektar, Andijon viloyatida 8 gektar, respublika boʻyicha jami 20 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar miliy markazining 2024 yil 7 avgustdagi 05/06-04-356-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur navlarni ekishdan 22,4-25,6 mln so‘m sof daromad olinganligi va boshqa xorij bamiya nav namunalariga nisbatan o‘rtacha hosildorlik 24% ga ortganligi qayd etilgan.
bamiyaning “Toshkent tuhfasi” navi aprel oyining birinchi o‘n kunligida, 70×40 sxemada Samarqand viloyati Toyloq tumani fermer xo‘jaliklarida 1,05 ga maydonda, Andijon viloyati Bo‘z va Shahrihon tumanlari fermer xo‘jaliklarida 2,56 ga maydonda va Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani fermer xo‘jaliklarida 2,9 ga maydonda, respublika bo‘yicha jami 6,52 ga maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar miliy markazining 2024 yil 7 avgustdagi 05/06-04-356-son ma’lumotnomasi). Natijada, gektaridan o‘rtacha 14,0 tonna hosil olinib, 25,6 mln. so‘m sof daromad olishga erishilgan.
Bamiyaning “Shafaq” navini aprel oyining birinchi o‘n kunligida, 70×40 sxemada Samarqand viloyati Toyloq tumani fermer xo‘jaliklarida 1,05 ga maydonda, Andijon viloyati Bo‘z va Shahrihon tumanlari fermer xo‘jaliklarida 2,56 ga maydonda va Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani fermer xo‘jaliklarida 2,9 ga maydonga, respublika bo‘yicha jami 6,52 ga maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar miliy markazining 2024 yil 7 avgustdagi 05/06-04-356-son ma’lumotnomasi). Natijada, gektaridan o‘rtacha 12,0 tonna hosil olinib, 22,4 mln. so‘m sof daromad olishga erishilgan.
Bamiyaning “Zamin” navi aprel oyining birinchi o‘n kunligida, 70×40 sxemada Samarqand viloyati Toyloq tumani fermer xo‘jaliklarida 1,1 ga maydonga, Andijon viloyati Bo‘z va Shahrihon tumanlari fermer xo‘jaliklarida 2,68 ga maydonga va Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani fermer xo‘jaliklarida 3 ga maydonga, respublika bo‘yicha jami 6,96 ga maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar miliy markazining 2024-yil 7-avgustdagi 05/06-04-356-son ma’lumotnomasi). Natijada, gektaridan o‘rtacha 13,0 tonna hosil olinib, 23,6 mln. so‘m sof daromad olishga erishilgan.