Muhammadov Yo‘ldoshbek Akmal o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zani parvarishlashda turli qator oraliqlari va usullarida ishlov berish agrotexnologiyasi (Toshkent viloyati tipik bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Qx613.
Ilmiy rahbar: Salomov Shavkat Turobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Ikramjon Turaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abdalova Guliston Nuranovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zani turli qator oraliqlari hamda usullarida parvarishlashda qator oralig‘iga an’anaviy usulda va frezerli kul`tivatorda ishlov berish samaradorligini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyati tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zani
76 sm qator oralig‘ida parvarishlashda tuproqqa ishlov berish agrotexnik tadbirlarini samarali tashkil etish, qator oraliqlariga an’anaviy usulda KXU-4B va frezerli kul`tivator yordamida kompleks ishlov berishni qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
g‘o‘zani 76 sm qator oralig‘ida parvarishlashda qator oraliqlariga KXU-4B kul`tivatorida an’anaviy usulda va frezerli kul`tivatorlarda ishlov berish bo‘yicha tadqiqotlar natijasida tuproqning hajm massasi 1-sug‘orishdan (uchinchi kul`tivatsiya) keyin hamda amal davri oxirida 0-30 sm haydov qatlamida nazoratga nisbatan 0,04-0,03 g/sm3 kamaygan, g‘ovakligi 1,4-1,1 foizga va agronomik jihatdan qulay fraksiyalar miqdori 3,37-2,3 foizga ortganligi aniqlangan;
g‘o‘zaning “Ravnaq-1” navini parvarishlashda ko‘chat qalinligini 76 sm qator oralig‘ida 120-130 ming tup/ga qoldirish, birinchi kul`tivatsiyani KXU-4B kul`tivatorida an’anaviy usulda, ikkinchi kul`tivatsiyani frezerli kul`tivatorda, uchinchi kul`tivatsiyani (shonalash-gullash davrida) KXU-4B kul`tivatorida an’anaviy usulda, hosil to‘plash davrida esa frezerli kul`tivatorda va so‘ngi kul`tivatsiyani an’anaviy usulda ishlov berish samarali ekanligi aniqlangan;
g‘o‘zani 76 sm qator oralig‘ida parvarishlashda KXU-4B va frezerli kul`tivatorda bosqichma-bosqich kompleks ishlov berilganda, Ravnaq-1 g‘o‘za navining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, 4,6-5,5 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o‘zani parvarishlashda 76 sm qator oraliqlariga ishlov berish agrotexnologiyasini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
paxta to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari uchun “G‘o‘za parvarishlashda qator oralariga ishlov berish bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 22-iyun` 05/04-04-277-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda fermer xo‘jaliklari hamda paxtachilik agroklasterlari uchun g‘o‘za qator oraliqlariga maqbul ishlov berishda qo‘llanma sifatida xizmat qiladi;
g‘o‘zani 76 sm qator oraliqlarida parvarishlashda dastlabki kul`tivatsiyani an’anaviy usulda KXU-4B kul`tivatorida, keyingi kul`tivatsiyani frezerli kul`tivatorda o‘tkazish, g‘o‘zani shonalash gullash davrida an’anaviy usulda, hosil to‘plash davrida frezerli kul`tivatorda, oxirgi kul`tivatsiyani esa an’anaviy KXU-4B kul`tivatorida ketma ket komrleks o‘tkazish Toshkent viloyati Yuqori chirchiq tumanida joylashgan YASSAVIY FIELD MCHJ da jami 590 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 22-iyun` 05/04-04-277-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan 4,6-5,5 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan;
76 sm qator oraliqlariga KXU-4B va frezerli kul`tivatorlarda ketma-ket kompleks ishlov berib “Ravnaq-1” g‘o‘za navi ko‘chat kalinligini 120-130 ming tup/ga qoldirish YASSAVIY FIELD MCHJ da jami 42 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 22-iyun` 05/04-04-277-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan 41,8 sentner paxta hosili olingan, shartli sof foyda 6670400 so‘m/ga ni, rentabellik darajasi 42,04 % ni tashkil etgan.