Mirfozilov Nodirbek A’zamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Andijon viloyati sharoitida turli sug‘orish usullarida etishtiriladigan ertaki va kechki kartoshkaning sug‘orish rejimini aniqlash”, 06.01.02 – Meliorasiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx691.
Ilmiy rahbar: Isashov Anvarjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Muxammadxon Xamidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Kamilov Baxtiyor Sultanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida egatlab va yomg‘irlatib sug‘orish usullarida ertaki va kechki kartoshkadan yuqori va sifatli hosil olishni ta’minlovchi maqbul sug‘orish tartiblarini aniqlash hamda amaliyotga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyatining o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida ertaki kartoshkani (Serhosil va Desiree navlari misolida) egatlab va yomg‘irlatib sug‘orish usullarida ChDNSga nisbatan 75–75–85% sug‘orish tartibida sug‘orish, kechki kartoshkani ChDNSga nisbatan 75–75–85% sug‘orish tartibida yomg‘irlatib hamda ChDNSga nisbatan 75–85–85% sug‘orish tartibida egatlab sug‘orish usulida parvarishlash samarali ekani aniqlangan;
ertaki kartoshkani ChDNSga nisbatan 75–75–85% sug‘orish tartibida rivojlanish davrlari bo‘yicha yomg‘irlatib 10 marta (unib chiqishdan shonalashgacha 2 marta, sug‘orish me’yori 220 m3/ga, shonalashdan gullashgacha 1 marta, sug‘orish me’yori 220-240 m3/ga, gullashdan pishishgacha 7 marta, sug‘orish me’yori 240-260 m3/ga), mavsum davomida 2460,0 m3/ga me’yorda sug‘orish, egatlab sug‘orilganda 7 marta (unib chiqishdan shonalashgacha 1 marta, sug‘orish me’yori 606,6 m3/ga, shonalashdan gullashgacha 1 marta, 420-610,7  m3/ga, gullashdan pishishgacha 5 marta, sug‘orish me’yori 317,7-359,6 m3/ga), mavsum davomida 3186,1 m3/ga me’yorda sug‘orish, kechki kartoshkani yomg‘irlatib 12 marta (unib chiqishdan shonalashgacha 2 marta, sug‘orish me’yori 220 m3/ga, shonalashdan gullashgacha 2 marta, sug‘orish me’yori 220-240 m3/ga, gullashdan-pishishgacha 8 marta, sug‘orish me’yori 240-260 m3/ga), mavsum davomida 2860,0 m3/ga me’yorda, egatlab sug‘orish usulida ChDNSga nisbatan 75–85–85% sug‘orish tartibida 10 marta (unib chiqishdan shonalashgacha 2 marta, sug‘orish me’yori 595,1-602,9 m3/ga, shonalashdan gullashgacha 2 marta, sug‘orish me’yori 458,9-357,0 m3/ga, gullashdan pishishgacha 6 marta, sug‘orish me’yori 321,7-264,3 m3/ga), mavsum davomida 3759,0 m3/ga me’yorda sug‘orish maqbul ekani aniqlangan;
sug‘orish amaliyotlarining tuproq hajm massasining ortishiga ta’siri ChDNSga nisbatan 75–75–85% sug‘orish tartibida yomg‘irlatib sug‘orilganda mavsum yakuniga ko‘ra 1,33-1,34 g/sm3 yoki egatlab sug‘orishga nisbatan 0,06-0,05 g/sm3 kamroq zichlashgani aniqlangan.
vegetatsiya mavsumi yakuniga ko‘ra ChDNSga nisbatan 75–75–85% sug‘orish tartibida yomg‘irlatib sug‘orilgan dala tuprog‘ining suv o‘tkazuvchanligi 923,9 m3/ga bo‘lib, egatlab sug‘orishga nisbatan 93,5 m3/ga ko‘proq yoki 11,2% saqlanib qolishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ertaki va kechki kartoshkaning maqbul sug‘orish tartibini aniqlash maqsadida olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
qishloq xo‘jalik agroklasterlari, fermer va tomorqa xo‘jaliklari uchun “Andijon viloyati sharoitida ertaki va kechki kartoshkani parvarishlashda yomg‘irlatib sug‘orish usulini qo‘llash” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 28 may kungi 05/06–02–378 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomada ertaki va kechki kartoshka etishtirishda an’anaviy va yomg‘irlatib sug‘orish usullarini qo‘llash bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berilgan;
o‘tkaziligan tadqiqot natijalari asosida kartoshkaning ertaki va takroriy ekinlar sifatida parvarishlashda maqbul namlikni saqlash orqali rivojlanish fazalari bo‘yicha, ayniqsa, yoz faslida kuzatiladigan anomal issiq kunlarida o‘simliklarning normal o‘sib-rivojlanishi uchun qulay mikroiqlim yaratish maqsadida Andijon viloyatining Jalaquduq tumani “Tohirjonov Umidjon dalasi” fermer xo‘jaligining 9,0 ga, “Serhosil dala fayzi” fermer xo‘jaligining 1,0 ga, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Andijon tajriba stansiyasining 3,0 ga, Izboskan tumanidagi “Maygir-Salohiddin” fermer xo‘jaligining 1,0 ga, “Yuqori hosil baraka” fermer xo‘jaligining 1,0 ga, “Maygir-zamin fayzi” fermer xo‘jaligining 2,0 ga, jami 17,0 ga maydonda yomg‘irlatib (sprinklerli) sug‘orish usulini qo‘llash tartiblari joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 28 may kungi 05/06–02–378 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ertaki ekilgan kartoshkadan o‘rtacha 25,2-27,0 t/ga, kechki kartoshkadan 24,1-26,2 t/ga hosildorlik va mos ravishda 28100-22850,3 ming so‘m sof daromad yoki 75,1-61,1% rentabellikka erishilgan;
Jalaquduq tumani “Tohirjonov Umidjon dalasi” fermer xo‘jaligining 1,3 ga, “Serhosil dala fayzi” fermer xo‘jaligining 2,0 ga, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Andijon tajriba stansiyasining 3,0 ga, Izboskan tumanidagi “Maygir-Salohiddin” fermer xo‘jaligining 2,2 ga, “Yuqori hosil baraka” fermer xo‘jaligining 4,3 ga, “Maygir-zamin fayzi” fermer xo‘jaligining 3,0 ga, jami 15,8 ga maydonda egatlab sug‘orish tartiblari joriy etildi (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 28 may kungi 05/06–02–378 sonli ma’lumotnomasi). Natijada kartoshkaning ertaki va kechki muddatlarda etishtirilgan Serhosil, Desiree, Arizona va Evolution navlarini egatlab sug‘orish uchun mavsumiy sug‘orish me’yori o‘rtacha 3530 m3/ga, suvtejamkor yomg‘irlatib sug‘orish usuli bilan sug‘orilganda 2461,5 m3/ga ni tashkil etgan va sug‘orish suvlari 30-42% ga tejalgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish