Jumanova Venera Arepbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tibbiy xizmatlar bozori raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari va mexanizmlari”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.4.PhD/Iqt3431.
Ilmiy rahbar: Salayev San’atbek Komilovish, iqtisodiuot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat  ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,  PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raximova Sadoqat Mamutovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy xizmatlar bozori subektlari raqobatbardoshligini ta’minlash yo‘llari va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasalliklarning oldini olish, tashhislash, davolash va bemorlarni reabilitatsiya qilish, tibbiy xizmatlar bozori subektlarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi va investision jozibadorligini ta’minlash nuqtai nazaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasida tibbiy xizmatlar bozorini rivojlanish tendensiyalari asoslangan;
tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi subektlar faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki, tashqi omillarni aniqlash va tasniflash asosida tibbiyot tashkilotlarining raqobatbardoshligini baholashning mezonlari va ko‘rsatkichlari tizimi hamda o‘ziga xos ilmiy-uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tibbiy xizmatlar bozorining holati, ustuvor rivojlanish yo‘nalishlari sotsiologik anketa-so‘rovnomalari asosida baholangan hamda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi subektlar raqobatbardoshligini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tibbiy xizmatlar bozori subektlarining raqobatbardoshligini resurs bilan ta’minlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirishning ustuvor strategik yo‘nalishlari asoslangan holda 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiy xizmatlar bozori raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari va mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kasalliklarning oldini olish, tashhislash, davolash va bemorlarni reabilitatsiya qilish, tibbiy xizmatlar bozori subektlarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi va investision jozibadorligini ta’minlash nuqtai nazaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasida tibbiy xizmatlar bozorini rivojlanish tendensiyalari asoslanganligi bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 3-maydagi 01/2507-son va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining  va 2024-yil 2-maydagi 01/10-98-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarni amaliyotga qo‘llash natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tibbiy xizmatlar bozorini rivojlanish tendensiyalari asoslangan;
muallif tomonidan ishlab chiqilgan tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi subektlar faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki, tashqi omillarni aniqlash va tasniflash asosida tibbiyot tashkilotlarining raqobatbardoshligini baholashning mezonlari va ko‘rsatkichlari tizimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan  (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 3-maydagi 01/2507-son va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining  va 2024-yil 2-maydagi 01/10-98-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarni amaliyotda qo‘llash natijasida tibbiy xizmatlar bozorida xizmatlar sifatini oshirilishiga erishilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tibbiy xizmatlar bozorining holati, ustuvor rivojlanish tendensiyalari sotsiologik anketa-so‘rovnomalari asosida baholash natijalari hamda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi subektlar raqobatbardoshligini ta’minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari bo‘yicha berilgan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 3-maydagi 01/2507-son va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining  va 2024-yil 2-maydagi 01/10-98-son ma’lumotnomalari). Bu taklifni amaliyotda qo‘llash esa Qoraqalpog‘istonda tibbiy xizmatlar bozori subektlar raqobatbardoshligining haqiqiy holati baholanishiga, ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar baholarining arzonlashishi natijasida aholi uchun davolanish xarajatlarining kamayishiga va turmush sifatining yaxshilanishiga imkon bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida TXB subektlarining raqobatbardoshligini resurs bilan ta’minlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirishning ustuvor strategik yo‘nalishlari asoslangan holda 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 3-maydagi 01/2507-son va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining  va 2024-yil 2-maydagi 01/10-98-son ma’lumotnomalari). Ushbu tavsiyalarni amaliyotda qo‘llash orqali respublikada tibbiyot sohasini rivojlantirishning 2028-yilgacha bo‘lgan strategiyasi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish