Nasimov Shavkat Vasievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuk tashish sohasida temir yo‘l transportining raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt983.
Ilmiy rahbar: Xotamov Ibodullo Sadulloevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Karrieva Yakutxon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mannonov Shohruhmirza Abdirashid o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuk tashish sohasida temir yo‘l transportining raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish bilan bog‘liq ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transporti tizimining iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beruvchi indikator-ko‘rsatkichlarning me’yoriy va rivojlanish koeffisienti (K_riv=0.61<1) qiymatlarini qo‘llash asosida yuk tashish sohasi iqtisodiy faoliyatini monitoring qilish hamda muammolarning ta’sir darajasini aniqlash taklif etilgan;
yuk tashish sohasini iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlari tarkibida transport-ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatishni tashkil qilish hamda 3PL va 4PL logistika provayderlari xizmatlaridan foydalanish orqali temir yo‘l transportining raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish asoslangan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan olingan foydaning asosiy vositalarni yangilash hamda elektrlashtirish darajasini 80 foizga etkazish, yuk tashuv tannarxini 1,5 barobarga qadar pasaytirish, xizmat ko‘rsatish sifat darajasini 0,55 birlikdan 1 ballga qadar oshirish orqali temir yo‘l tranzit tashuv hajmining o‘rtacha o‘sishini me’yor darajasiga etkazish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston temir yo‘l transporti asosiy faoliyatidan tushum, kiritilgan investisiya, tranzit tashuvi, asosiy fondlar, mahalliy yuk tashish hajmlari omillari o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida temir yo‘l transporti iqtisodiy faoliyatining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuk tashish sohasida temir yo‘l transportining raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
temir yo‘l transporti tizimining iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beruvchi indikator-ko‘rsatkichlarning me’yoriy va rivojlanish koeffisienti (K_riv=0.61<1) qiymatlarini qo‘llash asosida yuk tashish sohasi iqtisodiy faoliyatini monitoring qilish hamda muammolarning ta’sir darajasini aniqlash yuzasidan taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024 yil 5 fevraldagi 04/2881-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida temir yo‘l transporti tizimining rivojlanish jarayonidagi salbiy tendensiyalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini yaratgan;
yuk tashish sohasini iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishlari tarkibida transport-ekspeditorlik xizmatlari ko‘rsatishni tashkil qilish hamda 3PL va 4PL logistika provayderlari xizmatlaridan foydalanish orqali temir yo‘l transportining raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish yuzasidan taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024 yil 5 fevraldagi 04/2881-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston temir yo‘llari iqtisodiy faoliyatining istiqbolini ta’minlashda milliy transport-tranzit tizimini samarali rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshish darajasini aniqlash imkoni yaratilgan;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan olingan foydaning asosiy vositalarni yangilash hamda elektrlashtirish darajasini 80 foizga etkazish, yuk tashuv tannarxini 1,5 barobarga qadar pasaytirish, xizmat ko‘rsatish sifat darajasini 0,55 birlikdan 1 ballga qadar oshirish orqali temir yo‘l tranzit tashuv hajmining o‘rtacha o‘sishini me’yor darajasiga etkazish taklifi yuzasidan taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024 yil 5 fevraldagi 04/2881-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ta’minot zanjiriga jalb qilingan barcha logistik kompaniyalar integratsiyasi ta’minlangan va tizimning iqtisodiy rivojlanish darajasini 20 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston temir yo‘l transporti asosiy faoliyatidan tushum, kiritilgan investisiya, tranzit tashuvi, asosiy fondlar, mahalliy yuk tashish hajmlari omillari o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida temir yo‘l transporti iqtisodiy faoliyatining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari yuzasidan taklifi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Temir yo‘l transporti tizimini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2024 yil 5 fevraldagi 04/2881-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida joriy qilinishi temir yo‘l transport tizimini iqtisodiy rivojlantirish mexanizmini yaratish imkonini bergan.