Saidova O‘g‘iloy Rustamjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalqaro savdoda soliq nazoratini takomillashtirish masalalari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2778.
Ilmiy rahbar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Giyasov Sarvar A’zamovich, iqtisodiyot fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro savdo operatsiyalarida soliq nazoratini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chet davlat fuqarolariga ular tomonidan O‘zbekiston hududidagi chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subektlaridan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat summasini qisman qaytarish tizimini joriy etish asosida xalqaro savdo aylanmasini soliq dastaklari orqali rag‘batlantirish asoslangan;
tovarlarni «eksport» va «import» bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yig‘imlari stavkalarini Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq birxillashtirish asosida xalqaro savdoda soliq nazoratini takomillashtirish taklifi asoslangan;
ekonometrik tahlillar orqali import qilingan xizmatlar bo‘yicha undirilgan soliqlarga ta’sir qiluvchi omillardan biri qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining pasaytirish  orqali soliq nazoratini takomillashtirish taklifi asoslangan;
xalqaro savdo ishtirokchilari hisoblangan soliq to‘lovchilarga o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari ustidan to‘g‘ridan to‘g‘ri sudlarga shikoyat qilish imkoniyati berish orqali o‘tkaziladigan soliq nazoratining adolatliligi hamda shaffofligini ta’minlash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xalqaro savdo operatsiyalarida soliq nazoratini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
chet davlat fuqarolariga ular tomonidan O‘zbekiston hududidagi chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subektlaridan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to‘langan qo‘shilgan qiymat summasini qisman qaytarish tizimini joriy etish asosida xalqaro savdo aylanmasini soliq dastaklari orqali rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi VM-653-sonli qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 25-avgustdagi 15-87487-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston hududida sotib olgan ayrim turdagi tovarlari bo‘yicha to‘langan qo‘shilgan qiymat summasini qisman qaytarish tizimini joriy etish orqali xalqaro savdo aylanmasi hajmini oshirish imkoni yaratilgan;
tovarlarni «eksport» va «import» bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yig‘imlari stavkalarini Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq birxillashtirish asosida xalqaro savdoda soliq nazoratini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi  PF-140-sonli Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 25-avgustdagi 15-87487-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xalqaro savdo munosabatlarida soliq nazoratini soddalashtirish hamda takomillashtirish imkoni yaratilgan;
import qilingan xizmatlar bo‘yicha undirilgan soliqlarga ta’sir qiluvchi omillardan biri qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining pasaytirish  orqali soliq nazoratini takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 30-dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2023-yil uchun mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-812-sonli Qonunida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2023-yil 25-avgustdagi 15-87487-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023-yil 1-iyul xolatiga respublika bo‘yicha import qilingan xizmatlar uchun to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i 376 milliard so‘mni tashkil etgan;
xalqaro savdo ishtirokchilari hisoblangan soliq to‘lovchilarga o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari ustidan to‘g‘ridan to‘g‘ri sudlarga shikoyat qilish imkoniyati berish orqali o‘tkaziladigan soliq nazoratining adolatliligi hamda shaffofligini ta’minlash taklifi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi VM-382-sonli Qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2023-yil 25-avgustdagi 15-87487-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy ta’sirini oshirish hamda mamlakatda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytirish hamda o‘tkazilayotgan soliq nazoratlarining shaffofligi hamda adolatliligini ta’minlash orqali soliq ma’murchiligini soddalashtirish bilan bir qatorda soliq nazoratini takomillashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish