Shomansurova Muxtabar Shomaxsimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tikuv-trikotaj ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning avtomatlashtirilgan integrallashgan informatsion tizimlarini yaratish», 05.06.04–Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T371.
Ilmiy rahbar: Nigmatova Fatima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Alimova Xalima Alimovna, texnika fanlari doktori; Shipulin Yuriy Gennadievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tikuv-trikotaj ishlab chiqarish texnologik tayyorgarlik jarayonini avtomatlashtirishning integrallashgan axborot tizimini yaratishning modeli va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
CALS texnologiyasini qo‘llab tizimli yagonalik, dekompozisiya, modullilik, o‘zaro moslik va standartlashtirish tamoyillariga asoslangan tikuv trikotaj buyumlarini ishlab chiqarishga texnologik tayyorlashning Web yo‘naltirilgan integrallashgan axborot tizimlarini yaratish uslubiyati ishlab chiqilgan;
loyiha-tipologik yondashuvni qo‘llab tikuv-trikotaj buyumlari sanoat assortimenti tarkibini ko‘p mezonli muqobillash va loyiha echimlarini avtomatik ravishda tanlash imkonini beruvchi usul va algoritmlar ishlab chiqilgan;
turli murakkablikdagi tikuv buyumi modellarini ishlab chiqarishga tushirish muddatini qisqartirishni ta’minlovchi, texnologik tayyorgarlik sikli davomiyligini muqobillash masalasining lokal-optimal echimini aniqlash usuli va algoritmi ishlab chiqilgan;
loyiha echimlarini vizuallashtirish va korxonaning yagona informatsion maydonini qurishni ta’minlovchi tikuv buyumlarini loyihalashning integrallashgan informatsion tizimi ishlab chiqilgan;
integrallashgan muhitda mahsulot hayot davri bo‘yicha barcha ishtirokchilari parallel ishlashiga sharoit yaratuvchi texnologik tayyorgarlik jarayonini axborot bilan qo‘llab-quvvatlovchi avtomatlashgan tizim ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tikuv-trikotaj IChTT jarayonini avtomatlashtirishning integrallashgan axborot tizimini yaratishning model va algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tikuv-trikotaj buyumlarini loyihalashning integrallashgan informatsion tizimi dasturiy ta’minoti texnologik reglamenti «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda, xususan «TRISTAR technologies» MChJda joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 13 iyundagi BM-06-4060-son ma’lumotnomasi). Natijada tikuv-trikotaj buyumlarini ishlab chiqarishga tayyorlash vaqtini 3 martaga qisqartirish, mehnat samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
tikuv buyumlarini loyihalashning integrallashgan tizimi hamda CAM-systems dasturiy-algoritmik majmuasi «UZTEX-Chirchik» MChJda joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 13 iyundagi BM-06-4060-son ma’lumotnomasi). Natijada tikuv va tikuv-trikotaj ishlab chiqarishni elektron hujjat almashinuvi tizimida operativ tarzda monitoring qilish va axborot oqimini avtomatik boshqarish imkoni yaratilgan;
texnologik operatsiyalarni guruhlash va tikuv oqimining tashkiliy-texnologik sxemasini avtomatik rejimda qurishga mo‘ljallangan «ASTPP Texnolog» dasturiy va uslubiy ta’minoti «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tasarrufidagi «LYUKS PLYUS SERVIS» MChJda (Namangan sh.) joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 13 iyundagi BM-06-4060-son ma’lumotnomasi). Natijada tikuv buyumi modellarini ishlab chiqarishga texnologik tayyorlash vaqtini kamaytirish, ishlab chiqarish sikli davomiyligini 54%ga qisqartirish imkoni yaratilgan.