Kamalova Gavxar Akbarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish, 13.00.08 – Maktabgacha taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6880.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraximova Dilfuza Alievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda integrativ yondashuvdan foydalanishning metodik imkoniyatlari talabalar akademik faoliyatini boshqarishning identiv maqsadlari bilan amaliy yo‘naltirilgan didaktik topshiriqlarning integrallashuvini barqaror faollik muhitida taʼminlashga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarda kasbiy kompetentlikning rivojlanganligini baholash mezonlari talabalarning o‘quv natijalarini tashxislashga qaratilgan didaktik topshiriqlarning integrativ shakllaridan qisman-izlanishli va ijodiy jarayonda differensial darajalarda foydalanish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda integrativ yondashuvdan foydalanish modeli taʼlimiy muammolarni hamkorlikda echishga motivatsiyalovchi individual yondashuv, kasbiy yo‘nalganlik tamoyillarini faol tadqiqotchilik faoliyatiga tadrijiy uyg‘unlashtirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik taʼminoti ijodiy va tahliliy fikrlash dinamikasini taʼminlash, o‘zi-o‘zini tahlil qilish hamda individual qobiliyatlarni rivojlantirishda ijobiy psixologik muhit yaratish vektoriga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish asosida:
bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda integrativ yondashuvdan foydalanishning metodik imkoniyatlari talabalar akademik faoliyatini boshqarishning identiv maqsadlari bilan amaliy yo‘naltirilgan didaktik topshiriqlarning integrallashuvini barqaror faollik muhitida taʼminlashga ustuvorlik berishga oid tavsiyalar “Maktabgacha taʼlim-tarbiyani tashkil etish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 30-maydagi 10/3.4-son qaroriga asosan berilgan 2023/164-U-4 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, oliy taʼlim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarning pedagogik bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda integrativ yondashuvdan foydalanish modeli taʼlimiy muammolarni hamkorlikda echishga motivatsiyalovchi individual yondashuv, kasbiy yo‘nalganlik tamoyillarini faol tadqiqotchilik faoliyatiga tadrijiy uyg‘unlashtirishga ustuvorlik berishga oid xulosalar “Maktabgacha taʼlim-tarbiyani tashkil etish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 30-maydagi 10/3.4-son qaroriga asosan berilgan 2023/164-U-4 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarni o‘z-o‘zini namoyon qilish, boshqarish va baholash kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak tarbiyachilarda kasbiy kompetentlikning rivojlanganligini baholash mezonlari talabalarning o‘quv natijalarini tashxislashga qaratilgan didaktik topshiriqlarning integrativ shakllaridan qisman-izlanishli va ijodiy jarayonda differensial darajalarda foydalanishga metodik tavsiyalari O‘zbekiston MTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Assalom, O‘zbekiston!“, “Munosabat”, “Xulosa o‘zingizdan” kabi dasturlarida efirga uzatilgan (O‘zbekiston MTRKning 2024 yil 13 iyundagi 02-15-745-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy taʼlim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarning pedagogik bilim va ko‘nikmalarini amaliyotga tatbiq etish mazmuni takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish