Qodirov Oybek O‘ktam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Er osti suvlari iste’moli natijasida qalqonsimon bezda kechadigan morfo-funksional o‘zgarishlar va davo-profilaktikasiga yangicha yondashuv (Buxoro viloyati)” 14.00.02 – Morfologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4010.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).  
II. Tadqiqotning maqsadi: turli  kimyoviy tarkibli suvlar iste`moli ta’sirida qalqonsimon bezda morfo-funksional o‘zgarishlarni aniqlash va davo-profilaktik choralariga yangicha yondashuv yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor tajriba hayvonlarida yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlarini qalqonsimon beziga ta`siri bo‘yicha eksperimental modeli yaratilgan;
yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlarning qalqonsimon bezga salbiy ta’siri natijasida kelib chiqadigan pato-morfologik o‘zgarishlar uchrash darajasi va intensivligi kimyoviy tarkibi meyor darajasidagi er osti suvlarga nisbatan yuqori bo‘lgani isbotlangan;
ilk bor davo-profilaktika maqsadida yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlardan oldin biofaol qo‘shimcha  qabul qilgan oq zotsiz kalamushlar qalqonsimon bezida pato-morfologik belgilari uchrash darajasi va intensivligi ushbu preparatni qabul qilmagan oq zotsiz kalamushlarga nisbatan qiyosiy tahlil qilingan;
davo-profilaktika maqsadida yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlardan so‘ng qalqonsimon bezida kelib chiqqan morfologik o‘zgarishlar oq zotsiz kalamushlarda biofaol qo‘shimchani qabul qilish orqali qalqonsimon bezda pato-morfologik belgilari uchrash darajasi va intensivligini o‘rganilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Er osti suvlari iste`moli natijasida qalqonsimon bezda kechadigan morfo-funksional o‘zgarishlarni aniqlash va davo-profilaktika usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor tajriba hayvonlarida yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlarini qalqonsimon beziga ta`siri bo‘yicha eksperimental modeli yaratilgan takliflari Buxoro davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2024 yil 13 maydagi № 24-m/098-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Er osti suvlari iste’moli natijasida qalqonsimon bezda kechadigan morfo-funksional o‘zgarishlarni tekshirish usullari” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat endokrinologiya dispanserining 21.05.2024 yildagi 86-son hamda Buxoro viloyat G‘ijdivon tuman tibbiyot birlashmasining 21.05.2024 yildagi 3873-2-34-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/81-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvi iste’molida kasallanishning qalqonsimon bez epiteliy hujayralari va undagi to‘qimalarda patologik holat aniqlanganligini inobatga olinishi bemorlarni tashhislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlari iste’moli natijasida yuz beradigan qalqonsimon bez tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlari natijasidagi patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 198700 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va  iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlarning qalqonsimon bezga salbiy ta’siri natijasida kelib chiqadigan pato-morfologik o‘zgarishlar uchrash darajasi va intensivligi kimyoviy tarkibi meyor darajasidagi er osti suvlarga nisbatan yuqori bo‘lgani isbotlangan takliflari Buxoro davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2024 yil 13 maydagi № 24-m/098-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Er osti suvlari iste’moli natijasida qalqonsimon bezda kechadigan morfo-funksional o‘zgarishlarni tekshirish usullari” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat endokrinologiya dispanserining 21.05.2024 yildagi 86-son hamda Buxoro viloyat G‘ijdivon tuman tibbiyot birlashmasining 21.05.2024 yildagi 3873-2-34-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/81-son xulosasi). Ijtimoiy  samaradorligi: tadqiqot natijalari yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlari iste’moli vaqtida qalqonsimon bez hujayralarining parametrlarining o‘zgarishi isbotlanganligini hisobga olinishi davo samarasini oshirishga imkon berishi bilan bir qatorda davolanish natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlari iste’moli natijasida yuz beradigan qalqonsimon bez tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlari natijasidagi patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 198700 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va  iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor davo-profilaktika maqsadida yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlardan oldin biofaol qo‘shimcha  qabul qilgan oq zotsiz kalamushlar qalqonsimon bezida pato-morfologik belgilari uchrash darajasi va intensivligi ushbu preparatni qabul qilmagan oq zotsiz kalamushlarga nisbatan qiyosiy tahlil qilingan takliflari Buxoro davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2024 yil 13 maydagi № 24-m/098-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Er osti suvlari iste’moli natijasida qalqonsimon bezda kechadigan morfo-funksional o‘zgarishlarni tekshirish usullari” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat endokrinologiya dispanserining 21.05.2024 yildagi 86-son hamda Buxoro viloyat G‘ijdivon tuman tibbiyot birlashmasining 21.05.2024 yildagi 3873-2-34-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/81-son xulosasi). Ijtimoiy  samaradorligi: yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlari iste’molida qalqonsimon bez hujayralari tuzilmalarining morfometrik parametrlariga ta`siri aniqlandi, shu bilan birga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkonini bergan.  Iqtisodiy samaradorligi: yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlari iste’moli natijasida yuz beradigan qalqonsimon bez tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlari natijasidagi patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 198700 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va  iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: davo-profilaktika maqsadida yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlardan so‘ng qalqonsimon bezida kelib chiqqan morfologik o‘zgarishlar oq zotsiz kalamushlarda biofaol qo‘shimchani qabul qilish orqali qalqonsimon bezda pato-morfologik belgilari uchrash darajasi va intensivligi o‘rganilgan takliflari Buxoro davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2024 yil 13 maydagi №24-m/098-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Er osti suvlari iste’moli natijasida qalqonsimon bezda kechadigan morfo-funksional o‘zgarishlarni tekshirish usullari” uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat endokrinologiya dispanserining 21.05.2024 yildagi 86-son hamda Buxoro viloyat G‘ijdivon tuman tibbiyot birlashmasining 21.05.2024 yildagi 3873-2-34-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/81-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: biofaol qo‘shimchalar bilan davo-profilaktika choralari va undan keyin yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlar sabab bo‘lgan qalqonsimon bezning strukturaviy o‘zgarishlarini o‘rganish preparatning eng samarali dozalarini aniqlash imkonini beradi va bu bemorlar  turmush tarzini o‘zgartiradi va hayot sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori kimyoviy tarkibli er osti suvlari iste’moli natijasida yuz beradigan qalqonsimon bez tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlari natijasidagi patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 198700 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan va  iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Er osti suvlari iste’moli natijasida qalqonsimon bezda kechadigan morfo-funksional o‘zgarishlar va davo-profilaktikasiga yangicha yondashuv (Buxoro viloyati)» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengash raisiga  Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2024 yil 5 sentyabrdagi 04/7432-son xat yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish