Muchiashvili Omar Revazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fibroz halqasi tor bo‘lgan aorta klapani nuqsonlarini xirurgik davolash taktikasini tanlash», 14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1999.
Ilmiy rahbar: Aliev Sherzod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Richin Sergey Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Baxritdinov Fazlitdin Shamsitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tor fibroz halqali aortal klapan nuqsonlarini xirurgik davolash natijalarini Ozaki operatsiyasini tadbiq qilish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tor fibroz halqali aortal klapan nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning turli usullarini chap qorinchani remodellanishi va yurakning hajmli funksiyasini tiklash jarayonlariga, aortal klapan tabaqalarining gemodinamik va chiziqli parametrlariga ta’siri aniqlangan;
N-terminal pro-V tipidagi natriyuretik peptidning (NT-proBNP) aorta stenozi va mitral qopqoq nuqsonlarining birgalikda kelishi, ko‘tariluvchi aorta anevrizmasi va yurak ishemik kasalligida bajariladigan xirurgik amalliyotlardan so‘ng yurak etishmovchiligining rivojlanishida prognostik ta’siri aniqlangan;
tor fibroz halqali aortal klapan nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda jarrohlikdan oldingi NT-proBNP darajasi ≥ 3000 pg/ml, NT-proBNP darajasi operatsiyadan keyingi birinchi kunida ≥ 5000 pg/ml, anamnezda surunkali yurak etishmovchiligi, chap qorinchaning o‘rtacha yoki og‘ir disfunksiyasi, o‘pka gipertenziyasining mavjudligi, operatsiya davrida aortal qisqichning vaqti ≥80 va operatsiyadan keyingi uchinchi kuni Troponin-I darajasi ≥0,1 pg/ml bo‘lishi operatsiyadan keyingi yurak etishmovchiligi rivojlanishining potensial prognozlari ekanligi aniqlangan;
tor fibroz halqali aortal klapan nuqsonlari bo‘lgan bemorlarda Ozaki texnikasidan foydalangan holda aortal klapan tabaqalarini neokuspidaliizatsiya qilish NT-proBNP miokard markerining darajalarini erta normallashishi orqali transaortal bosim gradientlarining va aorta tabaqalarining samarali ochilish maydonining ijobiy o‘zgarishiga yordam berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tor fibroz xalqali aortal klapan nuqsonlarini xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: tor fibroz halqali aortal klapan nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning turli usullarini chap qorinchani remodellanishi va yurakning hajmli funksiyasini tiklash jarayonlariga, aortal klapan tabaqalarining gemodinamik va chiziqli parametrlariga ta’siri aniqlangan - Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya markazining Qashqadaryo filialiga (2024 yil 17 avgust №123t-sonli buyrug‘i) va Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya markazining Namangan filialiga (2024 yil 11 iyun` № 35i-t sonli buyrug‘i) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabr 06/47-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ChQ QFning yuqori qiymatlari (qiyoslash guruhida 63,6±0,5% ga nisbatan 58,4±0,8%, r<0,001), eng yuqori transaortal bosim farqining o‘rtacha ko‘rsatkichining kichik ko‘rsatkichlari (asosiy guruxda 11,4±0,7 mm.sim.ust.ga nisbatan taqqoslash guruhida 24,2±1,1 mm.sim.ust., r<0,001) va o‘rtacha transaortal bosim farqining kichik ko‘rsatkichlari (taqqoslash guruhida 14,1±0,3 mm.sim.ustga nisbatan asosiy guruxda 5,3±0,1 mm.sim.ust., r=0,001), yuqori ko‘rsatkichlar aortal klapanning samarali ochilish maydoni (AVA) (taqqoslash guruhida 2,7 sm² 1,6 sm², r<0,001) va indeksirlangan samarali aortal klapan teshik maydoni indeksi (iAVA (taqqoslash guruxida 1,6 sm²/m² ga nisbatan asosiy guruxda 0,94 sm²/m²) r<0,001) kuzatilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda Ozaki texnikasi bo‘yicha aortal klapan rekonstruksiyasi bajarilgandan so‘ng sun’iy klapan qo‘yilgan bemorlarga nisbatan yurak gemodinamik va chiziqli parametrlarining ijobiy remodellanishining erta yuzaga kelishi natijasida bemorlarning statsionarda umumiy davolanish vaqtining 10 kundan 7 kungacha qisqarishini ta’minlaydi. Bir kunlik o‘rin-joy narxi 365000 so‘mni tashkil qilishini hisobga olinganida 30 ta bemor uchun uchun o‘rtacha 87600000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: tor fibroz halqali aortal klapan nuqsonlarini Ozaki texnikasi yordamida jarrohlik yo‘li bilan davolash natijasida chap qorinchani ijobiy remodellanishining erata yuzaga kelishi natijasida bemorlarning umumiy o‘rin-joy kunlarining qisqarishi hisobiga 87600000 so‘m tejaladi;
ikkinchi ilmiy yangilik: N-terminal pro-V tipidagi natriyuretik peptidning (NT-proBNP) aorta stenozi va mitral qopqoq nuqsonlarining birgalikda kelishi, ko‘tariluvchi aorta anevrizmasi va yurak ishemik kasalligida bajariladigan xirurgik amalliyotlardan so‘ng yurak etishmovchiligining rivojlanishida prognostik ta’siri aniqlangan - Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya markazining Qashqadaryo filialiga (2024 yil 17 avgust №123t-sonli buyrug‘i) va Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya markazining Namangan filialiga (2024 yil 11 iyun` № 35i-t sonli buyrug‘i) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabr 06/47-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: asoratlar sonini kamaytirish davolanish va tashxis qo‘yish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishi, to‘g‘ri tanlangan uslub orqali ortiqcha moliyaviy xarajatlarni bartaraf etish mumkin, bu kasallikning umumiy natijasiga ijobiy ta’sir qiladi, davolanish uchun iqtisodiy xarajatlarni kamaytiradi va tibbiy-ijtimoiy holatni yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Tor fibroz xalqali aortal klapan nuqsonlarini turli yurak patologiyalari bilan birgalikda uchraganida aortal klapanni Ozaki texnikasi bo‘yicha plastik rekonstruksiyasiga yondoshib differensial xirurgik uslub tanlangani operatsiyadan keyingi yurak etishmovchiligi rivojlanishiga olib kelmaydi va bemorlarni davolanish xarajatlarini kamaytiradi. Xulosa - ikki klapanli protezlashda sun’iy klapanlarga xarajat 38400000 so‘mni(1 dona klapan narxi 19200000 so‘mdan kelib chiqqan holda) tashkil qiladi. NT-proBNP ning dinamik ko‘rsatkichlariga asoslangan holda Ozaki operatsiyasini mitral klapanni protezlash yoki yuqoriga ko‘tariluvchi aorta patologiyalari bilan bajarilganda, aortal protezni ko‘llamaslik bilan birgalikda operatsiyadan keyingi yurak etishmovchiligi rivojlanishining oldini olib, bemorni uzoq vaqt davomida intensiv reanimatsiya bo‘limi va umumiy statsionarda bo‘lish davomiyligini qisqartirib, o‘rtacha 30 ta bemor uchun 576000000 so‘m byudjet mablag‘larini tejaladi;
uchinchi ilmiy yangilik: tor fibroz halqali aortal klapan nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashda jarrohlikdan oldingi NT-proBNP darajasi ≥ 3000 pg/ml, NT-proBNP darajasi operatsiyadan keyingi birinchi kunida ≥ 5000 pg/ml, anamnezda surunkali yurak etishmovchiligi, chap qorinchaning o‘rtacha yoki og‘ir disfunksiyasi, o‘pka gipertenziyasining mavjudligi, operatsiya davrida aortal qisqichning vaqti ≥80 va operatsiyadan keyingi uchinchi kuni Troponin-I darajasi ≥0,1 pg/ml bo‘lishi operatsiyadan keyingi yurak etishmovchiligi rivojlanishining potensial prognozlari ekanligi aniqlangan - Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya markazining Qashqadaryo filialiga (2024 yil 17 avgust №123t-sonli buyrug‘i) va Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya markazining Namangan filialiga (2024 yil 11 iyun` № 35i-t sonli buyrug‘i) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabr 06/47-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: NT-proBNPning perioperativ dinamikasini qiyosiy tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, izolyasiyalangan aortal klapan stenozida, hamda uning mitral klapan nuqsonlari va ko‘tariluvchi aorta yoki koronar arteriyalarning patologiyasi bilan kombinatsiyasida Ozaki texnikasi bajarilgan holatlarni aortal klapanni protezlash amaliyotlari bilan solishtirganda erta (t=2,34; p=0,023) va kech (t=3,13; p=0,003) davrdagi barcha vaqt nuqtalarida NT-proBNP darajasining pasayishi muhimroq va statistik ahamiyatga egaligi aniklandi. Buning natijasida bemorlarning sun’iy o‘pka ventilyasiyasida bo‘lgan vaqti taqqoslash guruhida 22,3±2,7 soatdan asosiy guruhda 15,2±1,4 soatgacha (t=2,33, p=0,023), taqqoslash guruhida intensiv reanimatsiya bo‘limida bo‘lish davomiyligi vaqti 31,6± 4,5 soatdan asosiy guruhda 20,4±1,2 soatgacha (t=2,4, p=0,02), uzoq muddatli sun’iy o‘pka ventilyasiyasi (>48 soat) va uzoq intensiv reanimatsiya bo‘limida qolish davomiyligi(>72 soat) holatlari ulushining kamayishi bilan birga taqqoslash guruhidagi 20% dan asosiy guruhda 0% gacha (χ2=6,67, p=0,01) va inotrop yordamga ehtiyoj 60% dan 33.3% gacha kamayishi aniklandi(χ2=4,3, p=0,038). Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda Ozaki texnikasi bo‘yicha aortal klapan rekonstruksiyasi bajarilgandan so‘ng sun’iy klapan qo‘yilgan bemorlarga nisbatan yurak etishmovchiligining yuzaga kelishini oldini olish va erta davolashning amalga oshirishilishi natijasida bemorlarning intensiv reanimatsiyasi bulimida kolish vaktini 1-2sutkagacha kamaytiradi. Yurak etishmovchiligi bilan bemorlarning reanimatsiya bo‘limida davolanishi 4-5 kun davom etishini va bir kunlik intensiv bo‘limda davolanish narxi 1350000 so‘m ekanligini hisobga olinganida, o‘rtacha 30 ta bemor uchun xarajat 121500000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa - tor fibroz halqali aortal klapan nuqsonlarini Ozaki texnikasi yordamida jarrohlik yo‘li bilan davolashda NT-proBNP gormoning perioperativ dinamikasini qiyosiy tahlil qilib amalga oshirish natijasida operatsiyadan keyingi rivojlanadigan yurak etishmovchiligi oldini olish va erta bartaraf qilish orqali bemorlarning intensiv bo‘limda davolanish davomiyligini qisqarishi hisobiga 121500000 so‘m tejaladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tor fibroz halqali aortal klapan nuqsonlari bo‘lgan bemorlarda Ozaki texnikasidan foydalangan holda aortal klapan tabaqalarini neokuspidaliizatsiya qilish NT-proBNP miokard markerining darajalarini erta normallashishi orqali transaortal bosim gradientlarining va aorta tabaqalarining samarali ochilish maydonining ijobiy o‘zgarishiga yordam berishi aniqlangan - Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya markazining Qashqadaryo filialiga (2024 yil 17 avgust №123t-sonli buyrug‘i) va Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya markazining Namangan filialiga (2024 yil 11 iyun` № 35i-t sonli buyrug‘i) buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabr 06/47-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: eng yuqori transaortal bosim farqi 11,6 ± 0,8 mm.sim.ust. (taqqoslash guruhida 19,3±1,0 mm.sim.ust.ga nisbatan, r<0,001)ga kamaydi. O‘rtacha transaortik bosim farqi - 5,5 mm.sim.ust.(taqqoslash guruhida 10,1 mm.sim.usta nisbatan; r=0,001) gacha kamaydi, samarali aortal klapan ochilish maydoni (AVA) 2,6 sm² ga (qiyoslash guruhida 1,6 sm² ga nisbatan, r<0,001) va indeksirlangan samarali aortal klapan ochilish maydoni (iAVA)) – 1,6 sm²/m²(taqqoslash guruhidagi 1,1 sm²/m² ga nisbatan, r<0,001) ga oshishi aniklanadi. Iqtisodiy samaradorligi: tor fibroz xalqali aortal klapan nuqsonlarini Ozaki texnikasini qo‘llagan holda aortal klapanni rekonstruksiyasi sun’iy klapan qo‘llamaslik hisobiga bemorlarda transaortal yuqori bosim farqining past bo‘lishi kuzatilgan. Yangi autoperikarddan yasalgan klapan tabaqalarining inson klapaniga yaqinligi, uni yasashda autoperikarddan foydalanishi hisobiga, agar 1 ta mexanik klapanni narxi 19200000 so‘mni tashkil qiladigan bo‘lsa, o‘rta hisobda 30 ta bemorda 576000000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: tor fibroz xalqali aortal klapan nuqsonlarini Ozaki texnikasini qo‘llagan holda rekonstruksiya qilish natijasida mexanik protezni qo‘llanmasligi hisobiga 576000000 so‘m tejaladi.