Boymirzaev Zokirjon Mashrabboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida eksport salohiyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” (Namangan viloyati misolida), 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1526.
Ilmiy rahbar: Israilov Rustamjon Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Odiljon Xolmirzaevich,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor;   Kazakov Olim Sobirovich,  iqtisodiyot fanlari nomzodi , professor
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida eksport imkoniyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “eksport imkoniyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni kompaniya yoki mamlakatning tovarlarini yoki xizmatlarini xorijiy bozorlarga sotish va etkazib berishga ta’sir etuvchi omillardan foydalanishni mikro va hududiy darajadagi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash asosida kengaytirish nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan;
viloyat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida eksport imkoniyatidan samarali foydalanishda hududiy eksportni tartibga soluvchi tashkilotlar tomonidan ichki va tashqi omillar, asosiy va aylanma fondlari hamda IT lokal tarmoq resurslaridan foydalanishni baholash orqali ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiquvchi tahliliy-maslahat guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
 hududlarda yalpi hududiy mahsulotlar hajmi (4,19% < E > 7,46%), to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar (0,12% < E > 0,18%) hamda inflyasiya (-0,04% < E > -0,05%)ning qisqa va uzoq muddatli davr oralig‘ida ta’sir qilish darajalarini o‘zaro muvofiqlashtirish orqali mahsulot eksporti imkoniyatini oshirish taklifi asoslangan;
Namangan viloyati kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari barqaror rivojlanishining ko‘p omilli ekonometrik modellari, ta’sir etuvchi omillar va ta’sirchanlik koeffisientlari orqali eksport imkoniyatini oshirishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida eksport imkoniyatini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “eksport imkoniyati” tushunchasining iqtisodiy mazmunini kompaniya yoki mamlakatning tovarlarini yoki xizmatlarini xorijiy bozorlarga sotish va etkazib berishga ta’sir etuvchi omillardan foydalanishni mikro va hududiy darajadagi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash asosida kengaytirish nuqtai-nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyot va menejment” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda mikro va hududiy darajadagi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan “eksport imkoniyati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
viloyat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida eksport imkoniyatidan samarali foydalanishda hududiy eksportni tartibga soluvchi tashkilotlar tomonidan ichki va tashqi omillar, asosiy va aylanma fondlari hamda IT lokal tarmoq resurslaridan foydalanishni baholash orqali ustuvor yo‘nalishlarni ishlab chiquvchi tahliliy-maslahat guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 17 sentyabrdagi 13/04-10-25-14464-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatdagi kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining eksportdagi hissasini 1,7 foizga o‘stirish imkoni yaratilgan;
hududlarda yalpi hududiy mahsulotlar hajmi (4,19% < E > 7,46%), to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar (0,12% < E > 0,18%) hamda inflyasiya (-0,04% < E > -0,05%)ning qisqa va uzoq muddatli davr oralig‘ida ta’sir qilish darajalarini o‘zaro muvofiqlashtirish orqali mahsulot eksporti imkoniyatini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 17 sentyabrdagi 13/04-10-25-14464-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlarining eksport imkoniyatiga ta’sir etuvchi ijobiy omillar hisobiga eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2,3 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
Namangan viloyati kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari barqaror rivojlanishining ko‘p omilli ekonometrik modellari, ta’sir etuvchi omillar va ta’sirchanlik koeffisientlari orqali eksport imkoniyatini oshirishning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tarkibidagi tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 17 sentyabrdagi 13/04-10-25-14464-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari barqaror rivojlanishi bo‘yicha dasturlarning asosiy parametrlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish