Mirzaev Otabek Abdukarimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yigiruv mashinalari diskretlash zonasi ishchi organlarining yuqori samarali konstruksiyalarini takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T241.
Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori; Axmadxodjaev Xamit Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pnevmomexanik yigiruv mashinasi ishchi organlarining yangi samarali konstruksiyasini yaratish, parametrlarini asoslash, tolali piltani bir tekisda uzatish, diskretizatsiyalash samarasini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’minlash va diskretizatsiya zonasida tolali piltani eni va bo‘yi bo‘yicha bir tekisda uzatish imkoniyatini yaratuvchi riflyali, qayishqoq elementlari bo‘lgan ta’minlash silindrining yuqori samarali konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
sharnirli, rezina vtulkali va konussimon prujina amortizatori bo‘lgan ta’minlash stolcha qurilmasi hamda og‘ma va har xil balandlikdagi ignalari bo‘lgan diskretlash barabanchasining resurstejamkor konstruksiyasi yaratilgan;
tolali piltani diskretlash jarayonini modellashtirish asosida diskretlovchi barabanchadagi ignali garnituraning kontakt yoyi bo‘yicha tolalarni deformatsiyalash va zichlanishi o‘rganilgan, bog‘lanish grafiklari olingan;
konussimon prujina siqilish kuchini, ta’minlash stolining tebranish xarakteristikasini rezina va prujinaning aylanma bikrligiga bog‘liqliklari ishlab chiqilgan hamda tavsiya parametrlari tajribalar asosida aniqlangan;
ta’minlash zonasidagi silindr vtulkasining tebranish qamrovini o‘zgarish qonuniyati rezinali vtulka bikrligi va texnologik qarshilikka bog‘liq holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olinayotgan ipning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida ta’minlovchi silindr, stolcha, ignali diskretlovchi barabanchani takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pnevmomexanik yigiruv mashinasidagi ta’minlash jarayonning ravonligini ta’minlovchi silindrga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Yigiruv qurilmasini ta’minlovchi silindri», №FAP 00688-2010 y). Natijada olinayotgan ipning sifat ko‘rsatkichlari mavjud konstruksiyalarga nisbatan 10–15%da olish imkonini bergan;
yigiruv qurilmasining tarkibli ta’minlovchi stolcha konstruksiyasiga Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan («Yigiruv qurilmasini ta’minlovchi stolchasi», №FAP 00936-2013y). Natijada piltani kerakli zichlikda uzatish va talab darajasidagi ip olish imkonini bergan;
yigiruv qurilmasining yangi konstruksiyasi «O‘zto‘qimachiksanoat» uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda, xususan «Yakkabog‘ Voha Teks» MChJ, «Yakkabog‘teks» MChJ, «Bunyodkor» XK va «BAYPAK TEXTILE» MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiksanoat» uyushmasining 2018 yil 28 iyundagi BM-06-4212-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida iplarning sifat ko‘rsatkichlaring 8–10%ga oshirish, xususan tolali piltani titish, ravon va shikastlantirmay ta’minlash imkoni yaratilgan.