Mustafaev Jafar Shomirzaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ma’naviy meros - sinergetik tadqiqot obekti sifatida, 09.00.01 - Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal824
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Turaev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: G‘afforova Gulchehra G‘ulomjonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Bozarov Dilmurod Mirzarasulovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqimiz ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyatini  sinergetik metodologiya asosida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini yoshlarda ma’naviy meros orqali shakllantirish sinergetik befurkatsion jarayon ekanligi uzluklilik va uzlyuksizlikning birligi tamoyili vositasida isbotlangan;
turli davrlarda ijtimoiy omillar ma’naviy merosning falsafiy tafakkur taraqqiyotiga identikligini ta’minlaganligi kelajakning bugunga ta’siri tamoyili asosida ochib berilgan;
ma’naviy  meros targ‘ibotida shaxsning optimistik ruhiy barqarorligi zaruriy jarayon ekanligi tafakkurning ontogenetik xususiyati asosida mantiqiy dalillangan;
ma’naviy merosning yoshlar yuksak ma’naviy tafakkurini shakllantirishdagi uzlyuksiz va nochiziqli jarayon ekanligi xaos va entropiya tamoyili orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xalqimizning boy va betakror milliy ma’naviy merosini – sinergetik tadqiqot obekti sifatida tadqiq etish asosida:
yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini yoshlarda ma’naviy meros orqali shakllantirish sinergetik befurkatsion jarayon ekanligi uzluklilik va uzlyuksizlikning birligi tamoyili vositasida isbotlanganligiga oid taklif-tavsiyalardan  O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturining “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” nomli VIII-yo‘nalishida belgilangan “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish” mavzusidagi 43-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining  2023-yil  10-oktyabrdagi 02-22/1115-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda vatanparvar barkamol avlodni tarbiyalashda, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni to‘g‘risidagi bilimlar va ma’naviy-ma’rufiy ishlar samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
turli davrlarda ijtimoiy omillar ma’naviy merosning falsafiy tafakkur taraqqiyotiga identikligini ta’minlaganligi kelajakning bugunga ta’siri tamoyili asosida ochib berilganligiga oid nazariy va amaliy taklif-tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Evropa Ittifoqi tomonidan “ERASMUS+ dasturining 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHEIMEP O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish”  nomli amaliy grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining  2023-yil 22-sentyabrdagi 590/02-son ma’lumotnomasi).  Natijada, oliy taʻlim tizimini xalqaro darajaga ko‘tarish tendensiyasi va rivojlangan davlatlar tajribasini milliy ta’limga joriy qilishga xizmat qilgan;
ma’naviy  meros targ‘ibotida shaxsning optimistik ruhiy barqarorligi zaruriy jarayon ekanligi tafakkurning ontogenetik xususiyati asosida mantiqiy dalillanganligiga doir takliflar-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati “Imkon” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson taraqqiyoti markazining 2022-yilda bajarilgan “Mahallalarda yoshlarning diniy ekstremizm va missionerlik ta’siriga tushib qolishning oldini olishda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi 22/01/01-raqamli amaliy grant loyihasida belgilangan vazifalarini ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Samarqand viloyati “Imkon” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson taraqqiyoti markazining 2023-yil 28-sentyabrdagi 28/09-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahallarda yoshlarning diniy ekstremizm va missonerlik ta’siriga tushib qolishni oldini olishda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yishda, ommaviy madaniyat  niqobidagi turli tahdidlarga qarshi kurashda yoshlar  ma’naviy merosimizdan ma’naviy tafakkurini yuksaltirish yo‘lida foydalanish haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan;
ma’naviy merosning yoshlar yuksak ma’naviy tafakkurini shakllantirishdagi uzlyuksiz va nochiziqli jarayon ekanligi xaos va entropiya tamoyili orqali asoslanganligiga doir nazariy va amaliy taklif-tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2023-yilda efirga uzatilgan “Kun mavzusi” eshittirishining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 26-sentyabrdagi 01-07/323-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi globallashgan va axborotlashgan jamiyatda ma’naviy merosning sinergetik tahlili yuz berayotgan jarayonlarning ahvoli va istiqbolli yo‘nalishlarining mamalakatimiz yoshlari ma’naviy tafakkuriga foydali ta’sir ko‘rsatishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish