Danabaev Xurshid Napasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kambag‘allik mazmuni va mezonlari sabablari va oqibatlarining ijtimoiy-falsafiy tahlili” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal684
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Abilov Ural Muradovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda kambag‘allik ko‘lami, sabab va oqibatlarini ijtimoiy-falsafiy tahlil etish orqali uni kamaytirish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda kambag‘allik ko‘lami va darajasining tub ildizlari ishsizlik, mahalliy hokimliklar ish uslubining eskirganligi, ta’lim tizimi va sog‘liqni saqlash tizimi isloh etilishi masalasi, o‘ziga xos demografik vaziyat hamda mintaqalarning notekis rivojlanganligiga bog‘liqligi nazariy bilimlarni real voqelik bilan qiyosiy tahlili asosida ochib berilgan;
O‘zbekistonda kambag‘allik fenomenining iqtisodiy o‘sish sur’atlari, yashirin iqtisodiyot ko‘lami, mehnat migratsiyasi, aholi xarid qobiliyati, jinoyatchilik darajasi, ijtimoiy tengsizlik ahvoli, shahar va qishloqlar qiyofasi kishilarning ijtimoiy voqelikka munosabati hamda g‘oyaviy e’tiqodiga ta’sir qilayotgani rasmiy statistik ma’lumotlar, ilmiy fakt va argumentlar talqini orqali dalillangan;
kambag‘allikning ijtimoiy-iqtisodiy progressiv ko‘rsatkichlarini geosiyosiy omillardan muhofaza qilish, yaratilayotgan ish o‘rinlari sifatini oshirish, raqamli iqtisodiyot elementlaridan foydalanish, sifatli ta’lim olish va tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy himoya tizimini zamonaviylashtirish, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribalarini o‘rganish orqali bartaraf etilishi umummetodologik va umummantiqiy uslublar yordamida asoslangan;
kambag‘allik hodisasini bartaraf etish yo‘li sifatida uzluksiz mehnat tarbiyasi tizimini yaratish, mehnat tarbiyasiga oid zamonaviy, konstruktiv manbalar tizimini kengaytirish, mehnat faoliyatini rag‘batlantirish tizimini yaxshilash strategiyasi argumentatsiya nazariyasi tamoyillari yordamida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Kambag‘allik mazmuni va mezonlari, sabablari va oqibatlarining ijtimoiy falsafiy tahlili asosida:
O‘zbekistonda kambag‘allik ko‘lami va darajasining tub ildizlari ishsizlik, mahalliy hokimliklar ish uslubining eskirganligi, ta’lim tizimi va sog‘liqni saqlash tizimi islohtalabligi, o‘ziga xos demografik vaziyat hamda mintaqalarning notekis rivojlanganligiga bog‘liqligi nazariy bilimlarni real voqelik bilan qiyosiy tahlili asosida ochib berilganligiga oid ilmiy yangilik hamda taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yill uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturining II-yo‘nalishida belgilangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti” 8-bandi “Prezident Sh.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib vazirlik va idoralarning ma’naviyat-ma’rifiy yo‘nalishdagi faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish” mavzudagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat-ma’rifiy markazining 2023-yil 2-iyundagi 210-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda kambag‘allikni kamaytirishga xizmat qiluvchi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda kambag‘allik fenomenining iqtisodiy o‘sish sur’atlari, yashirin iqtisodiyot ko‘lami, mehnat migratsiyasi, aholi xarid qobiliyati, jinoyatchilik darajasi, ijtimoiy tengsizlik ahvoli, shahar va qishloqlar qiyofasi kishilarning ijtimoiy voqelikka munosabati hamda g‘oyaviy e’tiqodiga ta’sir qilayotgani rasmiy statistik ma’lumotlar, ilmiy fakt va argumentlar talqini orqali dalillanganligiga oid ilmiy yangilik hamda taklif va tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2012-2016-yillarda bajarilgan “O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mehnat bozorining rivojlanish xususiyatlari va aholi bandligini oshirish yo‘llari” mavzusidagi F-7-23-raqamli fundamental ilmiy- tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2023-yil 19-apreldagi 04/11-2285-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ma’lumotlar fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirishga hamda keng jamoatchilikka kambag‘allik fenomeni va unga qarshi kurashish uchun mehnat tarbiyasining ahamiyatini yoritib berishga xizmat qilgan;
kambag‘allikning ijtimoiy-iqtisodiy progressiv ko‘rsatkichlarini geosiyosiy omillardan muhofaza qilish, yaratilayotgan ish o‘rinlari sifatini oshirish, raqamli iqtisodiyot elementlaridan foydalanish, sifatli ta’lim olish va tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy himoya tizimini zamonaviylashtirish, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribalarini o‘rganish orqali bartaraf etilishi umummetodologik va umummantiqiy uslublar yordamida asoslanganligi borasidagi ilmiy yangilik hamda taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining 2022-2023-yillardagi loyihalari ijrosini ta’minlashda hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbir dasturining ssenariysini ishlab chiqishda va amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining 2024-yil 10-yanvar 03/03-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshqarma faoliyatini yanada takomillashtirishga va jamiyat a’zolarida kambag‘allikni kamaytirish bilan bog‘liq amaliy tavsiyalar majmuini anglab etishga xizmat qilgan;
kambag‘allik hodisasini bartaraf etish yo‘li sifatida uzluksiz mehnat tarbiyasi tizimini yaratish, mehnat tarbiyasiga oid zamonaviy, konstruktiv manbalar tizimini kengaytirish, mehnat faoliyatini rag‘batlantirish tizimini yaxshilash strategiyasi argumentatsiya nazariyasi tamoyillari yordamida isbotlanganligiga oid ilmiy yangilik hamda taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan 2023-uilda efirga uzatilgan “Islohotlar amalda”, “Kelajak bunyodkorlari, “Inson qadri uchun” kabi bir qator ko‘rsatuvlar hamda “Islohotlar amalda” eshittirishining media ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 5-dekabr 01-07/388-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko’rsatuv va eshittirishlarni mazmunan takomillashtirishga, shuningdek, keng jamoatchilik orasida kambag‘allik ijtimoiy hodisasi va undan saqlanish borasida sog‘lom g‘oyalarni keng targ‘ib qilishga xizmat qilgan.