Abdullaev Farxod Ozodovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ekonometrik baholash metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.06–“Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2024.3.DSc/Iqt745
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Baxodir Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sauxonov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Allayarov Piratdin Atabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarni iјtimoiy-iqtiѕodiy rivoјlaniѕhini ekonometrik baholaѕh metodologiyaѕini takomillaѕhtiriѕh bo’yisha ilmiy taklif va amaliy tavѕiyalarni iѕhlab shiqiѕhdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini institusional va bozor omillarining o‘zgarishini birlashtirgan holda aks ettiruvchi iqtisodiy subektlarning kutilayotgan parametrlarini muvofiqlashtiruvchi uslubiyati takomillashtirilgan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini kognitiv modellashtirishda omillar va xatarlarning natijalarini baholash modeli taklif etilgan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xavf omillari va omillarning ta’siri ko‘lamini kognitiv baholash mezonlari [0 dan 0,4 gacha – yuqori daraja], [0,4 dan 0,8 gacha – o‘rta darajada], [0,8 dan yuqori – past darajada] shkalasini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
panel ma’lumotlari asosida aniqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi ekzogen omillarni bartaraf etuvchi “nuqtalari”iga yo‘naltirilgan rivojlanish strategiyalari ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2030-yilgacha prognoz ssenariylari ARIMA modeli asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ekonometrik baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar amaliyotga joriy qilingan, jumladan:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini institusional va bozor omillarining o‘zgarishini birlashtirgan holda aks ettiruvchi iqtisodiy subektlarning kutilayotgan parametrlarini muvofiqlashtiruvchi uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarorining ijrosi haqidagi 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimiyatining 2024-yil 4-sentyabrdagi 7-3032-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari takomillashtirilgan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini kognitiv modellashtirishda omillar va xatarlarning natijalarini baholash modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarorining ijrosi haqidagi 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimiyatining 2024-yil 4-sentyabrdagi 7-3032-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif mamlakatimiz hududlarini qizil, sariq va yashil ranglarda reyting bo‘yicha ajratish amaliyotini rivojlantirishga yordam bergan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xavf omillari va omillarning ta’siri ko‘lamini kognitiv baholash mezonlari [0 dan 0,4 gacha – yuqori daraja], [0,4 dan 0,8 gacha – o‘rta darajada], [0,8 dan yuqori – past darajada] shkalasini joriy etish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarorining ijrosi haqidagi 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimiyatining 2024-yil 4-sentyabrdagi 7-3032-son ma’lumotnomasi). Taklif natijasida, Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan;
panel ma’lumotlari asosida aniqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi ekzogen omillarni bartaraf etuvchi “nuqtalar”iga yo‘naltirilgan rivojlanish strategiyalari bo‘yicha takliflar xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2023-yil 28-dekabrdagi “Xorazm viloyatining 2024-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimiyatining 2024-yil 4-sentyabrdagi 7-3032-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-yil uchun Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi hamda 2025-2026-yillarga maqsadli yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2030-yilgacha ARIMA modeli asosida ishlab chiqilgan prognoz ssenariylari bo‘yicha takliflar Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 12-apreldagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 154-son qarorining ijrosi haqidagi 158-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimiyatining 2024-yil 4-sentyabrdagi 7-3032-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishini belgilab olishga imkoniyat yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish