Absalamov Akram Tolliboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Monetar siyosat transmission mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Iqt780
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Renessans ta’lim universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirzaev Farhod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmatov Xasan Utkirovich iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Trastbank XAB
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi monetar siyosati transmission mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
valyuta kanali faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida banklararo valyuta bozorida chet el valyutasini sotish va sotib olish bo‘yicha operatsiyalarda valyuta kursi faqat bozor mexanizmlari asosida chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanishi taklif etilgan;
davlat qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish orqali transmission mexanizm foiz kanali samaradorligini oshirish maqsadida auksion natijalarining hisob-kitoblarini T+2 standarti asosida amalga oshirish orqali investorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish taklif etilgan;
qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishda davlat qimmatli qog‘ozlarini kupon stavkali, nol kupon stavkali va inflyasiya darajasiga bog‘langan holda jismoniy shaxslar o‘rtasida ham jaylashtirish orqali foiz kanalining samaradorligini oshirish asoslangan;
inflyasion targetlash rejimida infyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichi bilan uning kutilmalari o‘rtasidagi farqni qisqartirishda transmission mexanizm foiz kanalining samaradorligi yuqori ekanligi empirik asoslangan;
mamlakatimizda valyuta siyosatini erkinlashtirish natijasida ichki iqtisodiyotdagi inflyasiya darajasini, hamda tashqi iqtisodiyotda savdo balansidagi tabranishlarning ta’sirini inobatga olgan holda milliy valyuta almashinuv kursining 2028 yilga qadar prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Monetar siyosati transmission mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
valyuta kanali faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida banklararo valyuta bozorida chet el valyutasini sotish va sotib olish bo‘yicha operatsiyalarda valyuta kursi faqat bozor mexanizmlari asosida chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanishiga doir taklifi 2024 yil 20 sentyabrdagi “Kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 11- va 12-moddalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 24 oktyabrdagi 62-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, monetar indikatorlar va bozor faktorlarining valyuta kursiga ta’sirini oshishiga, xususan pul massasi hajmini bir foziga o‘sishi milliy valyuta almashinuv kursini 1,17 foizga pasaytirgan bo‘lsa, mamlakatimiz exporti hajmining bir foizga oshishi esa ushbu kursni 0,1 foizga oshirishi Least Squares with Breaks modeli orqali aniqlandi va asoslab berildi;
davlat qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish orqali transmission mexanizm foiz kanali samaradorligini oshirish maqsadida auksion natijalarining hisob-kitoblarini T+2 standarti asosida amalga oshirish orqali investorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 29 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 24 oktyabrdagi 62-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, moliya bozorining instrumentlarini ko‘paytirish va bank tizimidan tashqarida aholidagi bo‘sh turgan pul mablag‘larini moliya bozoriga jalb qilish, hamda transmission mexanizm foiz kanalining samaradorligini oshirishga erishildi.
qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishda davlat qimmatli qog‘ozlarini kupon stavkali, nol kupon stavkali va inflyasiya darajasiga bog‘langan holda jismoniy shaxslar o‘rtasida ham jaylashtirish orqali foiz kanalining samaradorligini oshirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 82-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining 2024 yil 23 oktyabrdagi 05/4370-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, moliya bozorining instrumentlarini ko‘paytirish va bank tizimidan tashqarida aholidagi bo‘sh turgan pul mablag‘larini moliya bozoriga jalb qilish, hamda transmission mexanizm foiz kanalaining samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
inflyasion targetlash rejimida infyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichi bilan uning kutilmalari o‘rtasidagi farqni qisqartirishda transmission mexanizm foiz kanalining samaradorligi yuqori ekanligiga doir taklifi (Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024 yil 24 oktyabrdagi 62-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, transmission mexanizm foiz kanalidan samarali foydalanish yo‘lida indikativ foiz stavkaning bir foizga oshishi uch chorak kechikish bilan iqtisodiyotdagi inflyasiya darajasini 0,63 foizga pasaytirish, hamda pul massasi hajmining bir foizga o‘sishi mamlakatda real ishlab chiqarish hajmini ikki choraklik farq bilan 0,81 foizga oshirishi aniqlandi.
mamlakatimizda valyuta siyosatini erkinlashtirish natijasida ichki iqtisodiyotdagi inflyasiya darajasini, hamda tashqi iqtisodiyotda savdo balansidagi tabranishlarning ta’sirini inobatga olgan holda milliy valyuta almashinuv kursining 2028 yilga qadar prognoz ssenariylariga doir taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan qabul qilingan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2024 yil 25 oktyabrdagi 04/6075-son ma’lumotnomasi). Natijada, optimal ssenariyga ko‘ra, milliy valyuta almashinuv kursi 2025-2027 yillarda 19,5 foizga devalvatsiya bo‘lib, 2028 yil boshida AQSh dollariga nisbatan almashinuv kurdi 14995,6 so‘mgacha ko‘tarilishi prognoz qilindi.