Oymatova Dilorom Ruzimurotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Emotsional intellekt va oilaviy hayotdan qoniqish darajasi o‘zaro aloqadorligining ijtimoiy psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/P462.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanova Zuxra Erkinovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Xayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Nasimdjanova Maxsuma Majidovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi emotsional intellekt va oilaviy hayotdan qoniqish darajasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilaviy hayot dinamikasida emotsional intellekt va oilaviy munosabatdan qoniqish o‘zaro aloqadorligining psixologik aspektlari «turmushini boshqa turmushlar bilan solishtirish», «turmushini tashqaridan baholash», «hozirgi yoki o‘tmishdagi juftining his-tuyg‘ulariga nisbatan konstatatsiya», «turmush o‘rtog‘ining bir qator parametrlarini baholash», «turmush o‘rtog‘ining xarakterini o‘zgartirishga nisbatan ustanovka» va «nikoh haqida ijobiy yoki salbiy fikr» bo‘lgani holda siklik tizimda empatik ratsional kanalining ustuvorligi dalillangan;
oilaviy hayot sikllarida o‘z oilaviy hayotidan qoniqqanlik differensial ko‘rinish olishi aniqlangani holda juftliklarning turmush staji, shaxslararo munosabatlaridagi «loyallik», «ratsionallik» kabi psixologik omillar oiladagi shaxslararo munosabatlarning emotsional empatiya kanali, intuitiv empatiya kanali, empatiyaga mos ustanovkalar, empatiyaning kirib borish qobiliyati, empatiyadagi identifikatsiyasiga diffuz ta’sir etishi isbotlangan;
oilaviy hayotdan qoniqish prediktori sifatida juftliklarning maksimal emotsional bir-birini tushunish darajasiga intilishi isbotlanib, me’yoriy xulq-atvor namunasi sifatida muammolardan qochish, nizoli vaziyatlarni konformlik asosida yumshatish integral oilaviy hayot dinamikasidagi o‘zaro qoniqqanlikning emotsional-psixologik determinant ekanligi aniqlangan;
oilaviy hayotdan qoniqishning muhim psixologik elementi sifatida «juftining his-tuyg‘ularini to‘g‘ri idrok etish» hamda «oldingi va hozirgi his qilayotgan hislari bilan solishtirish» 6-11 yillik oila vakillarida yuqori bo‘lgani aniqlanib, oiladagi shaxslararo munosabatlar dinamikasining xarakter xususiyatlari va orttirilgan tajribalar indeksi emotsional intellekt va turmushdan qoniqishning psixologik subindikatori ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. Emotsional intellekt va oilaviy hayotdan qoniqish darajasi o‘zaro aloqadorligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
 oilaviy hayot dinamikasida emotsional intellekt va oilaviy munosabatdan qoniqish o‘zaro aloqadorligining psixologik aspektlari «turmushini boshqa turmushlar bilan solishtirish», «turmushini tashqaridan baholash», «hozirgi yoki o‘tmishdagi juftining his-tuyg‘lariga nisbatan konsultatsiya», «turmush o‘rtog‘ining bir qator parametrlarini baholash», «turmush o‘rtog‘ining xarakterini o‘zgartirishga nisbatan ustanovka» va «nikoh haqida ijobiy yoki salbiy fikr»  bo‘lgani holda siklik tizimda empatik ratsional kanalining ustuvorligini dalillashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 15 iyundagi PM-142 sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” va “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024 yil 26 iyundagi PM-142 a-son ma’lumotnomasi). Natijada, oilaviy muhit dinamikasida emotsional intellekt va oilaviy hayotdan qoniqish darajasi o‘zaro aloqadorligini empirik tadqiq etish imkoni yaratilgan;
oilaviy hayot sikllarida o‘z oilaviy hayotidan qoniqqanlik differensial ko‘rinish olishi aniqlangani holda juftliklarning turmush staji, shaxslararo munosabatlaridagi «loyallik», «ratsionallik» kabi psixologik omillar oiladagi shaxslararo munosabatlarning emotsional empatiya kanali, intuitiv empatiya kanali, empatiyaga mos ustanovkalar, empatiyaning kirib borish qobiliyati, empatiyadagi identifikatsiyasiga diffuz ta’sir etishini isbotlashga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 15 iyundagi PM-142 sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” va “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024 yil 26 iyundagi PM-142 a-son ma’lumotnomasi). Natijada, emotsional intellekt va oilaviy hayotdan qoniqish darajasi o‘zaro aloqadorligiga ta’sir etuvchi, ijtimoiy, madaniy hamda etnopsixologik omillarni tavsiflashga erishilgan;
oilaviy hayotdan qoniqish prediktori sifatida juftliklarning maksimal emotsional bir-birini tushunish darajasiga intilishi isbotlanib, me’yoriy xulq-atvor namunasi sifatida muammolardan qochish, nizoli vaziyatlarni konformlik asosida yumshatish integral oilaviy hayot dinamikasidagi o‘zaro qoniqqanlikning emotsional-psixologik determinant ekanligini aniqlashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 15 iyundagi PM-142 sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” va “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024 yil 26 iyundagi PM-142 a-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli turmush tajribasiga ega oilalardagi emotsional intellekt va oilaviy hayotdan qoniqish darajasi o‘zaro aloqadorligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini sistemalashtirish samaradorligi oshgan;
oilaviy hayotdan qoniqishning muhim psixologik elementi sifatida «juftining his-tuyg‘ularini to‘g‘ri idrok etish» hamda «oldingi va hozirgi his qilayotgan hislari bilan solishtirish» 6-11 yillik oila vakillarida yuqori bo‘lgani aniqlanib, oiladagi shaxslararo munosabatlar dinamikasining xarakter xususiyatlari va orttirilgan tajribalar indeksi emotsional intellekt va turmushdan qoniqishning psixologik subindikatori ekanligini dalillashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024 yil 15 iyundagi PM-142 sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” va “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024 yil 26 iyundagi PM-142 a-son ma’lumotnomasi). Natijada, emotsional intellekt va oilaviy hayotdan qoniqish darajasini jins xususiyati jihatidan solishtirishga sharoit yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish