Xo‘jamqulov Anvar Jozilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Omon Muxtor romanlarida poetik uslub muammosi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil965.
Ilmiy rahbar: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Boynazar, filologiya fanlari doktori, professor; Shofiev Obidjon Baxtiyorovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Omon Muxtor romanlarida poetik uslub muammosi, yozuvchining individual uslubi, badiiy mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noan’anaviy romanlarda nasriy bayon, she’riy misra va remarkalarning keltirilishi epik, lirik hamda dramatik turlarning sinkretikligini, ruhiyat qamrovining kengligini, mazmun va shakl uyg‘unligini hosil qilganligi asoslangan;
Omon Muxtor romanlarida voqealar tasviri ertak, afsona va rivoyatlar uslubida sodda, qisqa va ixcham tarzda ifoda etilishi ochib berilgan;
asar qahramonlarining ruhiyat tasviri ong oqimi yo‘nalishi asosida yoritilishi, folklor an’analarining aks etishi, voqelikning absurd talqini, ijodkorning syurrealistik dunyoqarashi aniqlangan;
Omon Muxtorning “To‘rt tomon qibla” trilogiyasi, “Xotin podshoh”, “Ayollar mamlakati va saltanati”, “Ffu” hamda “Aflotun” romanlarida lirizmning kuchliligi, obrazlarning ramziy ifodada berilishi, sujetda aqliy tafakkurdan ko‘ra hissiyotning yetakchilik qilishi kabi poetik mahorati hamda intermatnlik, rizoma, tagma’nolilik, kinoyaviylik xususiyatiga ega individual uslubi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Omon Muxtor romanlarida poetik uslub muammosini tadqiq etish, uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish, ilmiy-amaliy natijalarini belgilash asosida:
Omon Muxtorning “To‘rt tomon qibla” trilogiyasi, “Xotin podshoh”, “Ayollar mamlakati va saltanati”, “Ffu” hamda “Aflotun” romanlarida lirizmning kuchliligi, obrazlarning ramziy ifodada berilishi, sujetda aqliy tafakkurdan ko‘ra hissiyotning yetakchilik qilishi kabi poetik mahorati hamda intermatnlik, rizoma, tagma’nolilik, kinoyaviylik xususiyatiga ega individual uslubiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2024-yil 24-apreldagi 158/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ishining noan’anaviy romanlardagi janr masalasi, roman xususiyatlarining yangicha tus olishi, uning uning boshqa janrlar bilan sintezlashuvi ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
asar qahramonlarining ruhiyat tasviri ong oqimi yo‘nalishi asosida yoritilishi, folklor an’analarining aks etishi, voqelikning absurd talqini, ijodkorning syurrealistik dunyoqarashi asosida O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvining 2024-yil 7-may kuni jonli efirda uzatilgan “Assalom, Samarqand!” tonggi dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 8-maydagi 01-07/102-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat teleradiokompaniyasi madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvini mazmunan boyitish va bu orqali tadqiqotchilar, filolog o‘qituvchilar hamda yosh ijodkorlarning Omon Muxtor uslubi, poetik mahorati borasidagi bilimlarini yanada boyitish uchun xizmat qilgan;
noan’anaviy romanlarda nasriy bayon, she’riy misra va remarkalarning keltirilishi epik, lirik hamda dramatik turlarning sinkretikligini, ruhiyat qamrovining kengligini, mazmun va shakl uyg‘unligini hosil qilganligi borasidagi nazariy xulosalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Samarqand bo‘limining she’riyat va adabiy tanqid kengashlarida, uyushma qoshidagi “Saodat” ijodiy to‘garagi yig‘ilishlarida debatlar tashkil etilgan. To‘garak faoliyatida Omon Muxtor romanlarida voqealar tasviri ertak, afsona va rivoyatlar uslubida sodda, qisqa va ixcham tarzda ifoda etilishi tahlil qilingan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 7-maydagi 01-03-/545-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh ijodkorlar, ilmiy izlanuvchilar, adabiy jamoatchilik vakillari hozirgi adabiy jarayon, jumladan, Omon Muxtorning poetik uslubi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan.