Karimova Maxsuda Yusupboevnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Xorazm folklorshunosligi taraqqiyotida professor Safarboy Ro‘zimboev ilmiy merosining o‘rni”, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3932.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Sabirova Nasiba Ergashevna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.02
Rasmiy opponentlar: Palimbetov Kamalbay Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori; Rajabov Dilshod Zaripovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi folklorshunos olim Safarboy Ro‘zimboev ilmiy va adabiy merosi, xususan, to‘plam, risola, monografiya, xalq og‘zaki ijodiga oid nashrlar va tarjima asarlarining o‘zbek folkorshunosligi rivojidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Safarboy Ro‘zimboev adabiy va ilmiy merosining bugungi o‘zbek folklorshunosligi, xususan, Xorazm hududidagi folklor namunalarini xalq orasidan yozib olish, ularni shakli, aytilish davri va mazmuniga ko‘ra tasniflash, nashrga tayyorlash borasida amalga oshirgan ishlarining folklor ekspedisiyalari, etnografiya, madaniyatshunoslik kabi sohalar rivojidagi ahamiyati ochib berilgan;
Safarboy Ro‘zimboev fanga olib kirgan Xorazm epik ijro san’ati, ya’ni “Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlari, “Oshiq G‘arib va Shohsanam” dostonida mubolag‘a, tazod, tashbeh, ruju’, takrir, alliteratsiya, intoq kabi poetik san’atlarning qo‘llanishi, variantlilik, ochiq va yopiq ovoz bilab kuylash singari farqlar, dostonlar matniga uchraydigan o‘g‘uz, qipchoq kabi lahjalarga oid badiiy qurilmalar asoslab berilgan;
folklorshunos olimning Xorazm folkloriga oid qo‘shiq, alla, aytishuv, lapar, yor-yor kabi lirik, doston, terma, afsona, rivoyat singari epik turlarning til, badiiyat, ifoda usuliga oid lokal xususiyatlari, qahramonlik, ishq-muhabbat, vatanparvarlik kabi motivlar va sujet talqini turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkman xalqlari folklori namunalarini qiyoslashdagi mahorati dalillangan;
Safarboy Ro‘zimboevning ilmiy to‘plamlari, monografiyalari va tarjima asarlari o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, xususan, Xorazm folkoriga xos bo‘lgan xalfachilik an’analari, xalq dostonlarini tor jo‘rligida va guruh bo‘lib ijro etish san’atining yuzaga kelishi, taraqqiy etishi hamda bugungi kunga qadar saqlanib qolgani bilan bog‘liq tarixiy, ijtimoiy, ma’naviy va madaniy jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Xorazm folklorshunosligi taraqqiyotida professor Safarboy Ro‘zimboev ilmiy merosining o‘rni” mavzusini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
Safarboy Ro‘zimboev adabiy va ilmiy merosining bugungi o‘zbek folklorshunosligi, xususan, Xorazm hududidagi folklor namunalarini xalq orasidan yozib olish, ularni shakli, aytilish davri va mazmuniga ko‘ra tasniflash, nashrga tayyorlash borasida amalga oshirgan ishlarining folklor ekspedisiyalari, etnografiya, madaniyatshunoslik kabi sohalar rivojidagi ahamiyati ochib berilgani, Safarboy Ro‘zimboev fanga olib kirgan ilmiy yangiliklar va xulosalar, jumladan, Xorazm epik ijro san’ati, ya’ni “Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlari, “Oshiq G‘arib va Shohsanam” dostonida mubolag‘a, tazod, tashbeh, ruju’, takrir, alliteratsiya, intoq kabi poetik san’atlarning qo‘llanishi, variantlilik, ochiq va yopiq ovoz bilab kuylash singari farqlar, dostonlar matniga uchraydigan o‘g‘uz, qipchoq kabi lahjalarga oid badiiy qurilmalar asoslab berilgani bilan bog‘liq ilmiy xulosalaridan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA – F1 – 005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq etish” mavzusidagi (2017 – 2020) fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 21-iyuldagi 292/1-son ma’lumotnomasi). Natijada S.Ro‘zimboevning folkloristik izlanishlariga oid ko‘rsatmalari hamda nashrga tayyorlagan xalq dostonlari nafaqat Xorazm hududida, balki Qoraqalpog‘iston madaniyati va folklorshunosligida ham o‘ziga xos qimmatli ilmiy manbalar bo‘lib xizmat qilgan;
folklorshunos olimning Xorazm folkloriga oid qo‘shiq, alla, aytishuv, lapar, yor-yor kabi lirik, doston, terma, afsona, rivoyat singari epik turlarning til, badiiyat, ifoda usuliga oid lokal xususiyatlari, qahramonlik, ishq-muhabbat, vatanparvarlik kabi motivlar va sujet talqini turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkman xalqlari folklori namunalarini qiyoslashgadi mahorati dalillanganiga hamda Safarboy Ro‘zimboevning ilmiy to‘plamlari, monografiyalari va tarjima asarlari o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, xususan, Xorazm folkoriga xos bo‘lgan xalfachilik an’analari, xalq dostonlarini tor jo‘rligida va guruh bo‘lib ijro etish san’atining yuzaga kelishi, taraqqiy etishi hamda bugungi kunga qadar saqlanib qolgani bilan bog‘liq tarixiy, ijtimoiy, ma’naviy va madaniy jihatlari ochib berilganiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2012 – 2016-yillarda bajarilgan FA – 043429-raqamli ”Qoraqalpog‘iston folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 21-iyuldagi 293/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy ahamiyati oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish