To‘xtaboeva Muyassarxon Sobirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Botuning tilshunoslikka oid qarashlari va she’riyati lingvopoetikasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil1558.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdumurod Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Azimov Inomjon Mamasodiqovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Botu she’riyatining til xususiyatlarini ochib berish orqali shoirning badiiy til mahorati hamda o‘zbek tili rivojiga qo‘shgan hissasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Botuning o‘zbek tilshunosligi rivojiga qo‘shgan hissasi uning alifbo va imlo islohoti borasidagi faoliyati, xususan, imlo islohida undosh va unli tovushlar masalasi alohida-alohida ko‘rib chiqilishi; undoshlar soni 23, unlilar soni 6 ta bo‘lishi; yozuv faqat bosh harflarda yozilishi; tilimizga kirib qolgan chet so‘zlar o‘z harflarimiz va talaffuzimizga mos tarzda yozilishi haqidagi fikrlari hamda o‘zbek tili unlilar tizimini tartibga solish bilan bog‘liq o‘ziga xosliklar ochib berilgan;
Botu she’riyatining fonetik, leksik-semantik xususiyatlari, xususan, assonans, geminatsiya, alliteratsiya kabi fonetik hodisalardan, leksik-semantik ma’nodoshlik, zid ma’nolilik hamda ko‘chimlardan o‘rinli foydalanganligi, ular vositasida matnning ta’sirchanligi oshganligi dalillangan;
Botu she’riyati matnida qo‘llangan metafora, metonimiya hamda sinekdoxaning lingvopoetik xususiyati aniqlanib, leksik-semantik birliklardagi subektiv bahoning ifodalanish tarzi aniqlangan;
Botu she’riyatidagi sintaktik vositalar, xususan, intertekstuallik, ellipsis, interrogativ va imperativ qurilmalarning matn eksspressivligini, badiiyatini ta’minlashdagi o‘rni lingvopoetik aspektda aniqlanib, shoir she’riyatida inversiyaning an’anaviy turlari bilan birga morfologik inversiya turlarining kuzatilishi, uning she’rlarida kesim inversiyaga uchragan paytda unga o‘ziga xos harakatlilik va kuchli intonatsion ta’kidning yuklanishi, so‘roq olmoshlar inversiyaga uchraganda she’r mazmuniga aloqador so‘roqning alohida urg‘ulanishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Botuning tilshunoslikka oid qarashlari va she’riyati lingvopoetikasimavzusidagi ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Botuning o‘zbek tilshunosligi rivojiga qo‘shgan hissasi uning alifbo va imlo islohoti borasidagi faoliyati, xususan, imlo islohida undosh va unli tovushlar masalasi alohida-alohida ko‘rib chiqilishi; undoshlar soni 23, unlilar soni 6 ta bo‘lishi; yozuv faqat bosh harflarda yozilishi; tilimizga kirib qolgan chet so‘zlar o‘z harflarimiz va talaffuzimizga mos tarzda yozilishi haqidagi fikrlari hamda o‘zbek tili unlilar tizimini tartibga solish bilan bog‘liq o‘ziga xosliklar ochib berilganligi hamda Botu she’riyatining fonetik, leksik-semantik xususiyatlari, xususan, assonans, geminatsiya, alliteratsiya kabi fonetik hodisalardan, leksik-semantik ma’nodoshlik, zid ma’nolilik hamda ko‘chimlardan o‘rinli foydalanganligi, ular vositasida matnning ta’sirchanligi oshganligi dalillanganligiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilishi 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan BV-Atex-2018-(143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi o‘zbek tiliga asoslangan gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” nomli grant loyihasi doirasida tayyorlangan o‘quv-uslubiy lugʻat (Qurbonova M., Abjalova M., Ahmedova N., To‘laboeva R. O‘zbek tili o‘zlashma so‘zlarining urgʻuli lugʻati. – Toshkent: Nodirabegim, 2021. – 988 b.)da “metafora”, “lingvopoetika”, “jadid”, “badiiy niyat”, “fonetika”, “leksika”, “semantika”, “morfologiya”, “sintaksis”, “ekspressiv”, “lison”, “badiiy tasvir”, “estetika”, “semiotika”, “she’riyat”, ”funksiya”, “frazema”, “maqol”, “matal”, “ma’no”, “leksikografiya” terminlarining izohida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023 yil 25 avgustdagi 04/1-1564-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv-uslubiy lug‘atning materiallari ko‘lami yanada oshgan;
Botu she’riyati matnida qo‘llangan metafora, metonimiya hamda sinekdoxaning lingvopoetik xususiyati aniqlanib, leksik-semantik birliklardagi subektiv bahoning ifodalanish tarzi aniqlanganligi hamda Botu she’riyatidagi sintaktik vositalar, xususan, intertekstuallik, ellipsis, interrogativ va imperativ qurilmalarning matn eksspressivligini, badiiyatini ta’minlashdagi o‘rni lingvopoetik aspektda aniqlanib, shoir she’riyatida inversiyaning an’anaviy turlari bilan birga morfologik inversiya turlarining kuzatilishi, uning she’rlarida kesim inversiyaga uchragan paytda unga o‘ziga xos harakatlilik va kuchli intonatsion ta’kidning yuklanishi, so‘roq olmoshlar inversiyaga uchraganda she’r mazmuniga aloqador so‘roqning alohida urg‘ulanishi ochib berilganligiga oid takliflar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilishi 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-21091506 raqamli “O‘zbek ismlarining izohli imlo lugʻati va mobil ilovasini yaratish” nomli amaliy grant loyihasi doirasida shoir she’riyatida qo‘llanilgan ismlar va poetik antroponimlar izohida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 22 dekabrdagi 02-3536-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘atdagi ba’zi antroponimlarning izohi yanada mukammallashgan.