Ubaydullaeva Dildora Fayziddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston qishloq arxitekturasida jamoat binolari va ularni tarmog‘ini ratsional tashkillashtirish», 18.00.02–Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/A14.
Ilmiy rahbar: [Hidoyatov Timur Abrarovich], arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Salimov Orif Muslimovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Mansurov Yashnar XXX, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Qishloqqurilishloyiha” MChJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamoat binolarining turlari va ularni tarmog‘ini oqilona tashkillashtirish, hajmiy-me’moriy echimlar bo‘yicha takliflar berish, jamoat binolari tarmog‘ini qurish metodologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning mavjud qishloq tumanlari orasida eng ko‘p tarqalgan aholisi uch ming nafargacha bo‘lgan aholi punktning nazariy “modul” turi o‘rnatilib, unda piyoda hizmat ko‘rsatish radiusidagi kundalik, ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining to‘liq majmuini o‘z ichiga olgan universal modeli yaratilgan;
O‘zbekiston qishloq tumanlarida ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatishni qishloqlararo tarmog'i tashkillashtirishda, jamoat markazlari turlarini hisoblashning aholi zichligi ko‘rsatkichlariga asoslangan soddalashtirilgan usuli taklif etilib, qishloqlararo hizmat ko‘rsatish uchun transportda qulaylik radiusi zonalarida jamoat markazlarining turlari ishlab chiqilgan;
minimallashtirilgan iqtisodiy xarajatlar bilan har xil kombinatsiyalar va guruhlar yordamida qurilishning o‘ziga xos sharoitlariga qarab aholi punktlariga xizmat ko‘rsatadigan jamoat markazlarining kompozision va me’moriy-rejalashtirish echimlari variantlarini yaratishga imkon beradigan jamoat binolarining funksional bloklari nomenklaturasi ishlab chiqilgan;
qishloq jamoat markazlarining fazoviy muhitini yaratishda milliylikni saqlab qolgan holda zamonaviy me’morlikka mos shakllantirishga imkon beradigan quyosh nurlaridan himoya qiluvchi zamonaviy dekorativ vositalardan foydalangan holda binoning me’moriy va fazoviy muhitini yaratish, binoni ustunlarga ko‘tarish orqali qurilish maydonidan unumli foydalanish, tom qismlarida mavsumiy xizmat ko‘rsatish obektlarini tashkillashtirish, jamoat binolarining erto‘lalaridan tabiiy yoruglikni ta’minlash usuli orqali yanada keng funksiyada foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston qishloq arxitekturasida jamoat binolari turlari va ularni tarmog‘ini ratsional tashkillashtirish  mavzusi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
O‘zbekistonning mavjud qishloq tumanlari orasida eng ko‘p tarqalgan aholisi 3 ming nafargacha bo‘lgan aholi punktning nazariy “modul” asoslanib, piyoda hizmat ko‘rsatish radiusidagi kundalik, ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining to‘liq majmuini o‘z ichiga olgan universal modeli yordamida qishloqlararo tarmog'ini tashkillashtirishda, jamoat markazlari turlarini hisoblashning aholi zichligi ko‘rsatkichlariga asoslangan soddalashtirilgan usuli orqali, qishloqlararo hizmat ko‘rsatish uchun transportda qulaylik radiusi zonalarida jamoat markazlarining turlarini tashkillshatirish tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining eksperemental faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2021 yil 7 apreldagi 14-07/3921-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiya o‘zining moslashuvchanligi, aniqligi va soddaligi bilan qishloq axoli punktlarida aholi yashash joyida xizmat ko‘rsatuvchi jamoat markazlarini tashkillashtirishda loyihalash bosqichini soddalashtirish va xizmat ko‘rsatish zonasini aniq rejalashtirish imkonini bergan;
minimallashtirilgan iqtisodiy xarajatlar bilan har xil kombinatsiyalar va guruhlar yordamida qurilishning o‘ziga xos sharoitlariga qarab aholi punktlariga xizmat ko‘rsatadigan jamoat markazlarining kompozision va me’moriy - rejalashtirish echimlari variantlarini yaratishga imkon beradigan jamoat binolarining funksional bloklari nomenklaturasi “Qishloqqurilishloyiha” MChJning qishloq axoli punktlarini rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 11 dekabrdagi 08-06/12870-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq aholi punktlarida jamoat markazlaridagi xizmat ko‘rsatish obʼektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalash bosqichida, hisob-kitoblarni soddalashtirish va loyihalashga ketadigan vaqtni kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
qishloq jamoat markazlarining fazoviy muhitini yaratishda milliylikni saqlab qolgan holda zamonaviy me’morchilikka mos shakllantirishga imkon beradigan quyosh nurlaridan himoya qiluvchi zamonaviy dekorativ vositalardan foydalangan holda binoning me’moriy va fazoviy muhitini yaratish, binoni ustunlarga ko‘tarish orqali qurilish maydonidan unumli foydalanish, tom qismlarida mavsumiy xizmat ko‘rsatish obektlarini tashkillashtirish, jamoat binolarining erto‘lalaridan tabiiy yoruglikni ta’minlash usuli orqali yanada keng funksiyada foydalanish bo‘yicha tavsiyalari “O‘zshaharsozlikLITI” DUKning faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 11 dekabrdagi 08-06/12870-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihalash jarayonida hududdan unumli foydalanish va milliy arxitekturani saqlab qolgan holda zamonaviy arxitekturaviy badiiy muhitni yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish