Yusupov Alimardon Mirza o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda enurezni samarali davolash va kasallik diagnostikasiga mukammal yondashish», 14.00.13 – «Nevrologiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3169.
Ilmiy rahbar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Soxiba Ziyadullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nurgujaev Erkin Smagulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
bolalarda birlamchi enurezning xavf omillari, klinik-nevrologik xususiyatlari, instrumental va genetik mezonlarini aniqlash hamda davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda tungi enurezning klinik-nevrologik, psixoemotsional ko‘rsatkichlar, neyrofiziologik tadqiqotlar va diagnostik shkalalar (M. Luscher rang testi; M. Kovacs; A. N. Leontievga ko‘ra; A.R.Luriya) asosida birlamchi tungi enurez rivojlanishining asosiy xavf omillari o‘rganilib, asab tizimi rivojnanishining kechikishi, uyqu ritmining buzilishi, antidiuretik gormon darajasining kamayishi va genetik moyillik ekanligi isbotlangan;
birlamchi tungi enurezli bolalarda miyaning bioelektrik faolligi va test natijalariga (M. A. Panfilova; A. I. Zaxarov; Pieron-Ruser) ko‘ra kognitiv simptomlar (xotira, hissiy reaksiya, joriy ma’lumotlarni qayta ishlash) darajasiga bevosita bog‘liq bo‘lgan uyqu fazasi va ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
bolalarda tungi enurezning rivojlanishi, klinik kechishi, og‘irligi DRD4 - (rs1544410) polimorf genlariga o‘zaro bog‘liqligi va antidiuretik gormon darajasining ta’siri aniqlandi; bu bolalarda tungi enurez rivojlanishining noqulay prognostik omili ekanligi isbotlangan;
birlamchi tungi enurezi bo‘lgan bolalarda an’anaviy davolash usullari bilan birgalikda kombinatsiyalangan terapiya kursini (transkranial magnit stimulyasiya, pantogam) qo‘llash "ho‘l kechalar" sonini sezilarli darajada kamaytirishga, klinikani 63% gacha yaxshilashga va kognitiv darajasi 62,5±2,9 ballgacha ko‘tarilishiga, hamda uzoq muddatli remissiyaga erishilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda enurezni samarali davolash va kasallik diagnostikasiga mukammal yondashish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda tungi enurezning klinik-nevrologik, psixoemotsional ko‘rsatkichlar, neyrofiziologik tadqiqotlar va diagnostik shkalalar (M. Luscher rang testi; M. Kovacs; A. N. Leontievga ko‘ra; A.R.Luriya) asosida birlamchi tungi enurez rivojlanishining asosiy xavf omillari o‘rganilib, asab tizimi rivojnanishining kechikishi, uyqu ritmining buzilishi, antidiuretik gormon darajasining kamayishi va genetik moyillik ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqotning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, bolalarda birlamchi tungi enurezda yuzaga keladigan genetik mexanizmlarni baholash O‘zbekiston Respublikasida kelajakda ushbu patologiyaning etiopatogenezini chuqur o‘rganishga zamin yaratish bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 01 noyabrdagi 3-sonli xulosa bilan tasdiqlangan «Bolalarda tungi enurezni tashxislashda zamonaviy yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 15.09.2023 y. 57-son buyrug‘i va Qashqadare viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.11.2023 y. 67-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: birlamchi siydik tuta olmasligi mavjud bolalarda o‘tkazilgan kompleks tekshiruvlarning natijalari, ushbu kasallikning klinik ko‘rinishlari haqidagi qarashlarga aniqlik kiritishi va uni to‘ldirishi tahlil qilingan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda tungi enurezning rivojlanishiga gen polimorfizmining ta’siriga ko‘ra davolash algoritmi ishlab chiqilib, erishilgan natijalar asosida 1 nafar bemor uchun 2730000 so‘m, budjetdan tashqari 1570000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan. Bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 1790000 sum tejalishiga olib kelgan. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: bolalarda birlamchi siydik tuta olmaslikning asosiy xavf omillari bo‘lib irsiy moyillik, asab tizimi rivojlanishining ortda qolishi va uyqu ritmik faolligining buzilishlari hisoblanadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bolalarda enurezni samarali davolash va kasallik diagnostikasiga mukammal yondashish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 14-sentabrdagi 9342-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: birlamchi tungi enurezli bolalarda miyaning bioelektrik faolligi va test natijalariga (M. A. Panfilova; A. I. Zaxarov; Pieron-Ruser) ko‘ra kognitiv simptomlar (xotira, hissiy reaksiya, joriy ma’lumotlarni qayta ishlash) darajasiga bevosita bog‘liq bo‘lgan uyqu fazasi va ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarda birlamchi tungi enurezning klinik shakllari, kechishi va og‘irlik darajasida genlarning rolini aniqlash ushbu patologiya patogenezining yangi qirralarini ochib berish bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 01 noyabrdagi 3-sonli xulosa bilan tasdiqlangan «Bolalarda tungi enurezni tashxislashda zamonaviy yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 15.09.2023 y. 57-son buyrug‘i va Qashqadare viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.11.2023 y. 67-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: BTE bilan kasallangan bolalarning belgilangan klinik-nevrologik, paraklinik va genetik xususiyatlari o‘rganilib, amaliyotga tadbiq etilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda tungi enurezning klinik nevrologik, psixoemotsional ko‘rsatkichlar va neyrofiziologik tadqiqotlar ko‘rsatkichlaridan foydalanish bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 1790000 sum tejalishiga olib keldi. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: uyqu vaqtida beixtiyor siydik chiqishi BTEning asosiy ko‘rinishi bo‘lib, kasallikning uzoq davom etishi va muvaffaqiyatsiz davolash tufayli turli darajadagi neyropsixologik buzilishlarni, tashvish, depressiya, tajovuzkorlik va muloqotga kam kirishish kabilarni keltirib chiqaradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bolalarda enurezni samarali davolash va kasallik diagnostikasiga mukammal yondashish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 14-sentabrdagi 9342-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda tungi enurezning rivojlanishi, klinik kechishi, og‘irligi DRD4 - (rs1544410) polimorf genlariga o‘zaro bog‘liqligi va antidiuretik gormon darajasining ta’siri aniqlandi; bu bolalarda tungi enurez rivojlanishining noqulay prognostik omili ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqotning amaliy ahamiyati shundan iboratki, olingan natijalarga asolanib, kasallikni erta tashxislashga qaratilgan chora-tadbirlar sog‘liqni saqlash amaliyotiga tavsiya etish bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 01 noyabrdagi 3-sonli xulosa bilan tasdiqlangan «Bolalarda tungi enurezni tashxislashda zamonaviy yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 15.09.2023 y. 57-son buyrug‘i va Qashqadare viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.11.2023 y. 67-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tekshiruvlarga asoslanib, BTE mavjud bolalarni davolashda optimallashtirilgan terapiya taklif qilingan. Iqtisodiy samaradorligi: antidiuretik gormon va polimorf genlar bilan taqqoslaganda, tungi enurezli bolalarni diagnostika mezonlari va davolash algoritmi uchun ishlab chiqilgan. Algoritmdan foydalanish instrumental va laboratoriya imkoniyatlaridan odatda umumiy o‘rtacha 1180400 so‘m sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5311800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: bizning tadqiqotimizda G308A ning noxush genotipik varianti TEning og‘irlik darajasiga qarab chastotani oshirishga moyil bo‘ldi. Tungi enurez mavjud bemorlarda nazorat guruhida (χ2 = 3,2; P = 0,07; OSh = 2,3; 95% DI0,915-5,768) yuqori chastotada namoyon bo‘ldi. Bu TE og‘irlik darajasi genotipning kuchayish tendensiyasi bilan ortib borishi bilan bog‘liqdir. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bolalarda enurezni samarali davolash va kasallik diagnostikasiga mukammal yondashish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 14-sentabrdagi 9342-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: birlamchi tungi enurezi bo‘lgan bolalarda an’anaviy davolash usullari bilan birgalikda kombinatsiyalangan terapiya kursini (transkranial magnit stimulyasiya, pantogam) qo‘llash "ho‘l kechalar" sonini sezilarli darajada kamaytirishga, klinikani 63% gacha yaxshilashga va kognitiv darajasi 62,5±2,9 ballgacha ko‘tarilishiga, hamda uzoq muddatli remissiyaga erishildi va bolalarning jamiyatga integratsiyalashuviga imkon bergan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: kasallikning uzoq vaqt davom etadigan asoratlarini kamaytirish imkonini berganligi va bolalar salomatligining yaxshilanishi bilan izohlash bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 01 noyabrdagi 3-sonli xulosa bilan tasdiqlangan «Bolalarda tungi enurezni tashxislashda zamonaviy yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 15.09.2023 y. 57-son buyrug‘i va Qashqadare viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 25.11.2023 y. 67-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tekshiruvlarga asoslanib, BTE mavjud bolalarni davolashda optimallashtirilgan terapiya taklif qilingan. Iqtisodiy samaradorligi: BTE mavjud bolalarda medikamentoz va kombinirlangan terapiya qo‘llanilganligi uchun bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4893350 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3659800 so‘mni (2 ta bemorga) tashkil etadi. Xulosa: BTE mavjud bolalarda medikamentoz va kombinirlangan terapiya qo‘llanilganda, ikkinchi usulning samaradorligi aniqlandi. Davolashda TMS qo‘llanilganda tez yaxshilanishning boshlanishi va uzoq muddatli remissiyaga erishish mumkinligi aniqlandi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bolalarda enurezni samarali davolash va kasallik diagnostikasiga mukammal yondashish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU rektori tomonidan 2024 yil 14-sentabrdagi 9342-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish