Jo‘raboev Asilbek Tolibjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning tog‘li hududlarida rekreatsion maskanlarni tashkil etish tamoyillari (Farg‘ona viloyati misolida)”, 18.00.02 - “Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/A107.
Ilmiy rahbar: Salimov Arifdjan Muslimovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, PhD.03/08.05.2024.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Adilov Zarifjon Himmatovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Mustaev Baxrom Baxodirovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida mintaqaning o‘ziga xos tabiiy landshaft sharoiti bo‘yicha rekreatsion maskanlarni shakllantirishning asosiy shaharsozlik tamoyillarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘li hududlarda rekreatsion maskanlarning me’moriy va rejalashtirish echimlarida relefning plastisitivligi, iqlimning aeratsion komponenti va atrof-muhitning tabiiy yoki antropogen tarkibiy qismlari tabiiy holatlarning o‘zaro ta’siri hamda landshaft shakllanishidagi o‘zgaruvchanlik  sababli landshaftlarning xilma-xilligida yetakchi rol o‘ynashi asoslangan;
tog‘li hududlarda rekreatsion maskanlarni tashkil etishda kengligi 400-1200 metr va uzunligi 6-12 kilometr bo‘lgan yashil hiyobon va maydonlarni mintaqaning iqlimiy sharoitlariga hamda landshaft xususiyatlariga ko‘ra manzarali va mevali daraxtlar hamda butalar bilan shakllantirish zarurligi asoslangan;
asosiy alleya hududning me’moriy va landshaft xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida komponentlarni shahar va tog‘li dam olish joylari bilan bog‘lab, bog‘ va parklarga urinma ravishda o‘tishi kerakligi asoslangan;
tog‘li hududlarda rekreatsion maskanlarni tashkil etishda “Anthropofokalizm”, “Kontekstual integratsiya”, “Konvergent Dizayn” tamoyillari asosida takomillashtirilib, tabiiy-antropogen maskanlarni loyihalashda chiziq, shakl, faktura, rang, dekor, yorug‘lik va makon elementlaridan foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning tog‘li hududlarida rekreatsion maskanlarni tashkil etish tamoyillari (Farg‘ona viloyati misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida rekreatsion maskanlarini tashkil etishda tabiiy iqlimiy omillari, rekreatsion salohiyat, landshaftlarning xilma-xilligi, hududning aeratsion tizimlari bo‘yicha samarali echimlar yuzasidan olingan xulosalardan Farg‘ona viloyati “FERLANDShAFT KOMMUNAL LOYIHA” Mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatida foydalanilgan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17-noyabrdagi 173-son ma’lumotnomasi). Natijada Bog‘dod tumani Muruvvat MFY dagi “Istirohat bog‘i qurilishi” ni shakillantirishda asosiy shaharsozlik tamoyillarini takomillashtirishga erishilgan;
tog‘li hududlarda rekreatsion maskanlarni tashkil etishda kengligi 400-1200 metr va uzunligi 6-12 kilometr bo‘lgan yashil hiyobon va maydonlarni mintaqaning iqlimiy sharoitlariga hamda landshaft xususiyatlariga ko‘ra manzarali va mevali daraxtlar hamda butalar bilan shakllantirish zarurligi asoslanganligi hamda asosiy alleya hududning me’moriy va landshaft xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida komponentlarni shahar va tog‘li dam olish joylari bilan bog‘lab, bog‘ va parklarga urinma ravishda o‘tishi kerakligi asoslanganligi Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘i hududida joylashgan mavjud dam olish maskanini zamonaviy dam olish maskaniga aylantirish loyiha takliflar “GRAFIKA-AL-LIDER” ko‘p tarmoqli xususiy korxonasi faoliyatida qo‘llanilgan (Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2023 yil 17-noyabrdagi 173-son ma’lumotnomasi). Natijada aholining mamlakatda dam olish tizimini yanada yaxshilashga qaratilgan dolzarb masalalar o‘z echimini topgan;
tog‘li hududlarda rekreatsion maskanlarni tashkil etishda “Anthropofokalizm”, “Kontekstual integratsiya”, “Konvergent Dizayn” tamoyillari asosida takomillashtirilib, tabiiy-antropogen maskanlarni loyihalashda chiziq, shakl, faktura, rang, dekor, yorug‘lik va makon elementlaridan foydalanish boʻyicha tavsiyalar Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘i markazida joylashgan mavjud “Istirohat bog‘i” o‘rniga yangi zamonaviy istirohat bog‘i va uning ichida joylashgan 1000 o‘rinli amfiteatrini loyihalash jarayonida “FER TASh PROJECT DESIGN” Mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatida foydalanilgan (“O‘ZShAHARSOZLIK LITI” DM ning 2024-yil 15-maydagi 1-02/574-son ma’lumotnomasi). Natijada aholisining ommaviy dam olishini ta’minlash muammosini amaliy hal etish uchun dam olishni tashkil etishning eskirgan shakllarini o‘zgartirish zarurati o‘z echimini topgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish