Qayumov Laziz Xolmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Revmatik yurak nuqsonlari negizida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligi kechishining gemodinamik xususiyatlari va undagi fibroz jarayonlari xamda kompleks davolash samaradorligini baxolash”, 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2397.
Ilmiy rahbarlar: Gadaev Abdugaffor Gadoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Jarilkasinova Gavhar Januzakovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nabieva Dildora Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: revmatik yurak nuqsonlari negizida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligi kechishining gemodinamik xususiyatlari, hamda undagi fibroz jarayonlarini o‘rganish va standart davo samaradorligini baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatizm oqibatida yuzaga kelgan turli xil yurak nuqsonlari mavjud bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanishi patogenetik tashxisotida yurak ichi gemodinamikasi ko‘rsatgichlaridan o‘ng va chap bo‘lmacha o‘lchami hamda o‘pka arteriyasidagi sistolik bosim o‘zgarishlari ahamiyatli ekanligi asoslangan;
ilk bor revmatik yurak nuqsonlari negizida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda miokarddagi fibroz jarayonlari yallig‘lanishning davomiyligi bilan bog‘liqligi va uni yallig‘lanish sitokinlaridan IL-6 hamda galektin 3 ko‘rsatgichlari bilan to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi mavjudligi isbotlangan;
revmatik yurak nuqsonlari negizida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligida tarkibida glyukoza-natriy simporter 2 tip selektiv ingibitori empagliflozin bo‘lgan standart davoni yurak ichi gemodinamikasi ko‘rsatkichlariga ta’siri asoslangan;
revmatik yurak nuqsonlari negizida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligida tarkibida glyukoza-natriy simporter 2 tip selektiv ingibitori empigliflozinning miokard fibrozini chaqiruvchi yallig‘lanish sitokinlari va fibroz markeri galektin-3 bilan davolash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Revmatik yurak nuqsonlari negizida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligida fibroz jarayonlarini baholash xamda kompleks davolash usuli» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024-yil 7-avgustdagi 2-sonli №02/51 yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha yagona xulosasi olingan.  
birinchi ilmiy yangilik: revmatizm oqibatida yuzaga kelgan turli xil yurak nuqsonlari mavjud bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanishi patogenetik tashxisotida yurak ichi gemodinamikasi ko‘rsatgichlaridan o‘ng va chap bo‘lmacha o‘lchami hamda o‘pka arteriyasidagi sistolik bosim o‘zgarishlari ahamiyatli ekanligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: kasallik xavfini erta aniqlash kasallikning og‘ir bosqichlarga o‘tib ketishini oldini olish xamda ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarni kamaytirishga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Revmatizm oqibatida yuzaga kelgan turli xil yurak nuqsonlari negizida surunkali yurak etishmovchiligi erta aniqlash uchun bemor yiliga 2 marta ExoKG tekshiruvidan va ambulator vrach ko‘rigidan o‘tishi kerak bu bemorga o‘rtacha yiliga 82400 dan 164800 so‘mga to‘g‘ri keladi. Erak etishmovchiligi voshlangandan keyin bemor ushbu tekshiruvlarda shtkazilsa bunga qo‘shimcha tekshiruvlar ham talab qilinishi hisobiga bu bemorga ortiqcha sarf xarajatlarning oshib ketishiga sabab bo‘ladi. Xulosa: Revmatizm oqibatida yuzaga kelgan turli xil yurak nuqsonlari negizida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligi erta aniqlash muhim ahamiyat kasb etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor revmatik yurak nuqsonlari negizida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda miokarddagi fibroz jarayonlari yallig‘lanishning davomiyligi bilan bog‘liqligi va uni yallig‘lanish sitokinlaridan IL-6 hamda galektin 3 ko‘rsatgichlari bilan to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi mavjudligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi ilk bor Respublikamizda revmatik yurak nuqsonlari negizida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligida miokarddagi va klapanlardagi fibroz jarayonlari hamda ularning yallig‘lanish sitokinlari va fibroz markerlari bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Iqtisodiy samaradorligi: Revmatizm bilan og‘rigan bemorlarda ambulator sharoitda va statsionar sharoitda yallig‘lanish sitokinlari IL-6, TNF-α va fibroz markeri galektin-3 kabi tekshirishlaning joriy qilinishi bemorlar uchun nodavlat tibbiyot muosasalarida qimmat narxda tahlillar topshirishiga xojat qoldirmaydi va bemorda ortiqcha ovoragarchiliklar hamda xarajatlar iqtisod qilinishiga sabab bo‘ladi. Xulosa: Revmatizm oqibatida yuzaga kelgan yurak nuqsonlari negizida rivojlvngan surunkali yurak etishmovchiligida yallig‘lanish sitokinlari (IL-6, TNF-α) va fibroz markeri (galektin-3) kabilar bilan bog‘liqligi kasallikni davolashda muhim omil bo‘ladi.
uchinchi ilmiy yangilik: revmatik yurak nuqsonlari negizida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligida tarkibida glyukoza-natriy simporter 2 tip selektiv ingibitori empagliflozin bo‘lgan standart davoni yurak ichi gemodinamikasi ko‘rsatkichlariga ta’siri asoslangan Ijtimoiy samaradorligi: revmatik yurak nuqsonlari negizida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligida tarkibida glyukoza-natriy simporter 2 tip selektiv ingibitori empagliflozin bo‘lgan standart davo yallig‘lanish sitokinlari (IL-6, TNF-α) va fibroz markeri (galektin-3) tasir qilib ularni hujayralar aro suyuqlik va qondagi miqdorini kamaytirishi hisobiga yurak ichi gemodinamikasi ko‘rsatkichlariga ta’siri baxolangan. Iqtisodiy samaradorligi: revmatik yurak nuqsonlari negizida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligida tarkibida glyukoza-natriy simporter 2 tip selektiv ingibitori empagliflozin bo‘lgan standart davo yallig‘lanish sitokinlari va fibroz markeri tasir qilib ularni hujayralar aro suyuqlik va qondagi miqdorini kamaytirishi hisobiga yurak ichi gemodinamikasi asororatlarsiz kechishiga sabab bo‘lad bu esa bemor uchun 1 oyda o‘rtacha 155500 so‘mni bir yilda 1866000 so‘mni tashkil qiladi. Agar bemorda yuqoridagi davo amalga oshirilmasa bemor bu bemorlarga klapan almashtirish (kamissuratomiya) yoki aortakoronar shuntlash hamda toj tomirlar stentlash amaliyoti o‘tkazish darajasiga olib borishi mumkin va bu bemor xarajatlarini ular davomli qabul qilishi kerak bo‘lgan dori vositalari bilan hisoblanganda bir yilga o‘rtacha 21280000 so‘mdan 35500000 so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Xulosa: revmatik yurak nuqsonlari negizida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligini davolashda tarkibida glyukoza-natriy simporter 2 tip selektiv ingibitori empagliflozin bo‘lgan standart davo vositasidan foydalanish kasalxonaga yotishlar va bevaqt o‘limlar sonini kamaytiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: revmatik yurak nuqsonlari negizida rivojlangan surunkali yurak etishmovchiligida tarkibida glyukoza-natriy simporter 2 tip selektiv ingibitori empigliflozinning miokard fibrozini chaqiruvchi yallig‘lanish sitokinlari va fibroz markeri galektin-3 bilan davolash orqali takomillashtirilgan. Ijtimoiy samaradorligi: revmatik yurak nuqsonlari negizida rivojlangan surunkaliyurak etishmovchiligida tarkibida glyukoza-natriy simporter 2 tip selektiv ingibitori empigliflozin bo‘lgan standart davoni yallig‘lanish sitokinlari IL-6, TNF-α va fibroz markeri galektin-3 ning faolligiga ta’siri og‘ir asoratlar va ko‘rsatkichlarining pasayishi hamda profilaktik tadbirlarning samaradorligi ortishiga sabab bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: Revmatizm bilan og‘rigan bemorlarda ambulator sharoitda 6 oyda bir marta yallig‘lanish sitokinlari (IL-6, narxi 110500 so‘m, TNF-α narxi 180800 so‘m) va fibroz markeri (galektin-3, narxi 222000 so‘m) tekshirishlari joriy qilinganda umumiy 513300 so‘mni tashkil qiladi va bu kasalxonaga yotish hamda qo‘shimcha xarajatlar sonini kamaytirib byudjetga 880000 so‘m miqdorda xarajatlar iqtisod qilinishiga sabab bo‘ladi. Xulosa: Revmatizm oqibatida yuzaga kelgan yurak nuqsonlari negizida rivojlvngan surunkali yurak etishmovchiligida yallig‘lanish sitokinlari (IL-6, TNF-α) va fibroz markeri (galektin-3) kabilarni erta aniqlash muhim ahamiyat kasb etdi hamda kamxarj hisoblanadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish