Shomurodova Dil`noza Salimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Keksalarda qalqonsimon bez disfunksiyasi asnosida rivojlanadigan surunkali bosh miya ishemiyasining klinik-laborator-instrumental va morfofunksional xususiyatlari», 14.00.13 – «Nevrologiya».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. DSc/Tib697.
Ilmiy maslahatchi: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Raimova Malika Muxammedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Madjidova Yoqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor. Mametbeyli Ayten Kamal kizi, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
keksalarda qalqonsimon bez disfunksiyasi fonidagi surunkali bosh miya ishemiyasi (SBMI) kechishiga ta’sir qiluvchi klinik, neyrofiziologik, immuno-metabolik, genetik, morfofunksional o‘zgarishlarning rolini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kesalarda qalkonsimon bez disfunksiyasini o‘z vaktida korreksiya qilmaslik bosh miya surunkali ishemiyasining tezroq rivojlanishiga va kognitiv funksiyalarning sezilarli darajada yomonlashishiga (R300 va neyropsixologik shkalalar bo‘yicha) hamda natijada xayot sifatining pasayishiga olib kelishi isbotlangan;
gipotireoz fonida surunkali bosh miya ishemiyasi bo‘lgan keksalarda lipoproteinlar mikdorining sezilarli darajada oshishi, koagulogramma hamda endoteliy disfunksiyasi markerlari ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, bu esa o‘z navbatida kasallik belgilarining jadal rivojlanishiga olib kelishi asoslangan;
surunkali bosh miya ishemiyasi fonida gipotireozda miya to‘qimasi va miya po‘stloq qismida morfologik o‘zgarishlar sklerotik o‘zgarishlarga, o‘choqli interstisial shishlar o‘rniga chandiqli o‘zgarishlarga olib kelishi isbotlangan;
ilk bor keksalarda mikroRNK-126, mikroRNK-21, mikroRNK-155, mikroRNK- 15a, mikroRNK-497 larning periferik konda patogenetik va klinik ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi aniqlangan;
patogenetik kompleks terapiya (fonturatsetam (nanotropil novo) va liposom fortedan foydalanish) ishlab chiqilgan algoritmga muvofik keksalarda gipotireozi bo‘lgan surunkali bosh miya ishemiyasini kompleks davolashni rejalashtirish xayot sifatini yaxshilashga olib kelgan va gipotireoz fonida bosh miyada surunkali qon aylanishi bo‘lgan keksalarni faol xayotga qaytishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Keksalarda qalqonsimon bez disfunksiyasi asnosida rivojlanadigan surunkali bosh miya ishemiyasining klinik-laborator-instrumental va morfofunksional xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: kesalarda qalkonsimon bez disfunksiyasini o‘z vaktida korreksiya qilmaslik bosh miya surunkali ishemiyasining tezroq rivojlanishiga va kognitiv funksiyalarning sezilarli darajada yomonlashishiga (R300 va neyropsixologik shkalalar bo‘yicha) hamda natijada xayot sifatining pasayishiga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: gipotireozi bo‘lgan keksalarda klinik-nevrologik xususiyatlar surunkali bosh miya aylanishi buzilishi, periferik va vegetativ asab tizimi buzilishi, hamda arterial gipertenziya, yurak, buyrak va jigar etishmovchiligi, umurtqa pog‘onasi degenerativ o‘zgarishlari kabi boy komorbid fon bilan namoyon bo‘ldi, bu esa o‘z navbatida aksariyat holatlarda fiziologik qarish belgilari deb qabul qilinadi. Shu munosabat bilan ushbu toifadagi bemorlar endokrinolog va nevropatolog e’tiborlaridan chetda qolib ketishiga sabab bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida nevrologik patologiyaning rivojlanishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: surunkali bosh miya ishemiyasi (SBMI) bo‘lgan gipotireoz fonida keksalarda davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi sog‘liqni saqlash muassasalarida amaliyotga tadbiq etilgan, bular jumlasidan Sh.Rashidov nomidagi Jizzax viloyati markaziy shifoxonasi (2024-yil 19-martdagi 21-sonli buyrug‘i) va akademik Y.X.To‘raqulov nomidagi ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashkadaryo filiali (2024-yil 26-martdagi 04/1-sonli buyrug‘i). Ijtimoiy samaradorligi: gipotireozi bo‘lgan keksalarda SBMIning klinik xususiyatlarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, klinisistlar barcha bemorlarning batafsil klinik va nevrologik tahlillarini o‘tkazishlari, chuqur anamnez yig‘ishlari, boy komorbid fonni inobatga olgan holda bemorlarning sub’ektiv shikoyatlari xarakteri va hajmiga e’tibor berishlari kerakligi, SBMI va qalqonsimon bez disfunksiyasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlariga alohida e’tibor berishlari kerakligini ko‘rsatadi, bu esa o‘z navbatida salbiy oqibatlarni kamaytirishga yordam beradi. Iktisodiy samaradorligi: surunkali SBMI bo‘lgan keksalarda gipotireoz fonida algoritm bo‘yicha kompleks davolash xarajatlar smetasiga ko‘ra 1 yotoq kuni uchun 386345 so‘mni tashkil etadi, bunda bemorlar 6-kuni statsionardan javob beriladi. Bitta bemor uchun to‘lov 2318070 so‘mni tashkil etadi. Yil davomida 40 nafar bemor yotkizilgan bo‘lsa, ularning davolanishiga sarflanadigan mablag‘ 92722800 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: gipotireozi bo‘lgan keksalarda surunkali bosh miya ishemiyasi fonida kompleks davolash bilan 40 nafar bemorning iqtisodiy samaradorligi 46419600 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: gipotireoz fonida SBMI bo‘lgan keksalarda belgilangan diagnostika jarayonida kasallikni erta tashxislash va uning asoratlarini erta aniqlash samaradorligini oshirish natijasida bemorlarning shifoxonada qolish muddatini qiskartirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikni keng ko‘llash: «Keksalarda qalqonsimon bez disfunksiyasi asnosida rivojlanadigan surunkali bosh miya ishemiyasining klinik-laborator-instrumental va morfofunksional xususiyatlari» SamDTU rektorining 29 iyuldagi 7710-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga ilmiy innovatsiyalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha yuborildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: gipotireoz fonida surunkali bosh miya ishemiyasi bo‘lgan keksalarda lipoproteinlar mikdorining sezilarli darajada oshishi, koagulogramma hamda endoteliy disfunksiyasi markerlari ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, bu esa o‘z navbatida kasallik belgilarining jadal rivojlanishiga olib kelishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: dislipidemiya va arterial gipertenziya bo‘lgan holatlarda qonda qon ivuvchanligining oshishi uchun xos bo‘lgan koagulogramma ko‘rsatkichlarining o‘ziga xos o‘zgarishi, shuningdek, endotelial disfunksiya markerlari ko‘rsatkichlarining oshishi gipotireozni ateroskleroz rivojlanishi uchun ayniksa yoshi katta va keksalarda xavf omili hisoblashga asos bo‘ladi. Bosh miyaning MRT tekshiruvi klinisistlar uchun to‘laqonli ma’lumot berib, bemorning klinik belgilarini va klinik tekshiruv natijalarini to‘liq va to‘gri baholash imkonini beradi, bemorlarni tekshirish paytida tashxisni tasdiqlash, boshka patologiyani inkor kilish va kasallikning rivojlanish darajasini baholashga to‘g‘ri yondashish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: gipotireoz fonida SBMI bo‘lgan keksalarda davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi sog‘liqni saqlash muassasalarida amaliyotga tadbiq etilgan, bular jumlasidan Sh.Rashidov nomidagi Jizzax viloyati markaziy shifoxonasi (2024-yil 19-martdagi 21-sonli buyrug‘i) va akademik Y.X.To‘raqulov nomidagi ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashkadaryo filiali (2024-yil 26-martdagi 04/1-sonli buyrug‘i). Ijtimoiy samaradorligi: lipoproteinlar darajasi, koagulogrammadagi o‘zgarishlar va keksalarda gipotireoz fonida SBMI klinik xususiyatlari hamda kasallik belgilarining jadal rivojlanishiga olib keladigan endotelial disfunksiya markerlari ko‘rsatkichlarini tahlil qilish klinisistlar tomonidan barcha bemorlarni batafsil laborator-diagnostik tahlillarini o‘tkazishlari kerakligini ko‘rsatdi, bosh miya MRT tekshiruvini o‘tkazishda nafaqat leykoareozning mavjudigi va hajmiga emas, balki regional joylashishiga ham e’tibor qaratish kerakligini inobatga olish muhhimdir. Iqtisodiy samaradorligi: gipotireozi bo‘lgan keksalarda SBMI fonida algoritm bo‘yicha kompleks davolash xarajatlar smetasiga ko‘ra 1 yotoq kuni uchun 386 345 so‘mni tashkil etadi, bunda bemorlar 6-kuni statsionardan javob beriladi. Bitta bemor uchun to‘lov 2318070 so‘mni tashkil etadi. Yil davomida 40 nafar bemor yotqizilgan bo‘lsa, ularning davolanishiga sarflanadigan mablag‘ 92722800 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: gipotireozi bo‘lgan keksalarda SBMI fonida kompleks davolash bilan 40 nafar bemorning iqtisodiy samaradorligi 46419600 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: SBMI fonida gipotireozi bo‘lgan keksalarda belgilangan diagnostika jarayonida kasallikni erta tashxislash va uning asoratlarini erta aniqlash samaradorligini oshirish natijasida bemorlarning shifoxonada qolish muddatini qisqartirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikni keng qo‘llash: «Keksalarda qalqonsimon bez disfunksiyasi asnosida rivojlanadigan surunkali bosh miya ishemiyasining klinik-laborator-instrumental va morfofunksional xususiyatlari» SamDTU rektorining 29 iyuldagi 7710-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga ilmiy innovatsiyalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha yuborildi.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali bosh miya ishemiyasi fonida gipotireozda miya to‘qimasi va miya po‘stloq qismida morfologik o‘zgarishlar sklerotik o‘zgarishlarga, o‘choqli interstisial shishlar o‘rniga chandiqli o‘zgarishlarga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: gipotireoz sharoitida SBMI mavjudligida morfofunksional miksedematoz moddalarning to‘planishi ro‘y berib, neyronlarning o‘tkazuvchi yo‘llari atrofida to‘planib, impul`slarning o‘tkazuvchanligiga to‘sqinlik qilib, aksodendritik tutamlar orasida patologik impul`slarning to‘planishiga olib keladi. Morfologik jihatdan gliotsitlar sitoplazmasida oksifil bilan bo‘yalgan glikogen qo‘shimchalarining haddan tashqari to‘planishi va chiziq bo‘ylab shilimshiq shishgan hujayralarning to‘planishi paydo bo‘ladi va xujayra perisellyulyar shishi shakllanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: gipotireoz fonida SBMI bo‘lgan keksalarda davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi sog‘liqni saqlash muassasalarida amaliyotga tadbiq etilgan, bular jumlasidan Sh.Rashidov nomidagi Jizzax viloyati markaziy shifoxonasi (2024-yil 19-martdagi 21-sonli buyrug‘i) va akademik Y.X.To‘raqulov nomidagi ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashkadaryo filiali (2024-yil 26-martdagi 04/1-sonli buyrug‘i). Ijtimoiy samaradorligi: gipotireoz sharoitida SBMI o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, morfologik o‘zgarishlar neyronlar atrofidagi glial hujayralarning demielinizatsiyasi bilan tavsiflanadi. Natijada, o‘tkazuvchi yo‘llar bo‘ylab ionlar o‘tkazuvchanligi buziladi, bu esa patologik impul`slarning to‘planishi va o‘tkazuvchanligining buzilishiga olib keladi, shuningdek, o‘choqli interstisial shishlar joylarida chandiqli jarayonlarning paydo bo‘lishiga olib keladi, bu esa keyinchalik bosh miya hajmining va vaznining kamayishiga, kasallikning keskin rivojlanishiga olib kelishi aniklangan. Iqtisodiy samaradorligi: gipotireozi bo‘lgan keksalarda SBMI fonida algoritm bo‘yicha kompleks davolash xarajatlar smetasiga ko‘ra 1 yotoq kuni uchun 386345 so‘mni tashkil etadi, bunda bemorlar 6-kuni statsionardan javob beriladi. Bitta bemor uchun to‘lov 2318070 so‘mni tashkil etadi. Yil davomida 40 nafar bemor yotkizilgan bo‘lsa, ularning davolanishiga sarflanadigan mablag‘ 92722800 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: gipotireozi bo‘lgan keksalarda SBMI fonida kompleks davolash bilan 40 nafar bemorning iktisodiy samaradorligi 46419600 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: SBMI fonida gipotireozi bo‘lgan keksalarda belgilangan diagnostika jarayonida kasallikni erta tashxislash va uning asoratlarini erta anikqlash samaradorligini oshirish natijasida bemorlarning shifoxonada qolish muddatini qisqartirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikni keng qo‘llash: «Keksalarda qalqonsimon bez disfunksiyasi asnosida rivojlanadigan surunkali bosh miya ishemiyasining klinik-laborator-instrumental va morfofunksional xususiyatlari» SamDTU rektorining 29 iyuldagi 7710-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga ilmiy innovatsiyalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha yuborildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor keksalarda mikroRNK-126, mikroRNK-21, mikroRNK-155, mikroRNK- 15a, mikroRNK-497 larning periferik konda patogenetik va klinik ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qonda aylanib yuruvchi mikroRNKlar asosida biomarkerlardan foydalanishning afzalligini inobatga olganda, kasallik diagnostikasini ham, davolashini ham yaxshilash mumkin. Ayniqsa, aylanib yuruvchi mikroRNKlarni bosh miya serebrovaskulyar kasalliklari hamda qalqonsimon bez disfunksiyasi biomarkerlari sifatida diagnostikasidagi yutuqlar ularni keksalarda bosh miya serebrovaskulyar kasalliklari hamda gipotireoz bilan kechgan bir paytda porloq kelajagi borligini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: gipotireoz fonida SBMI bo‘lgan keksalarda davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi sog‘liqni saqlash muassasalarida amaliyotga tadbiq etilgan, bular jumlasidan Sh.Rashidov nomidagi Jizzax viloyati markaziy shifoxonasi (2024-yil 19-martdagi 21-sonli buyrug‘i) va akademik Y.X.To‘raqulov nomidagi ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashkadaryo filiali (2024-yil 26-martdagi 04/1-sonli buyrug‘i). Ijtimoiy samaradorligi: mikroRNK-126, mikroRNK-21, mikroRNK-155, mikroRNK- 15a, mikroRNK-497 murakkab diagnostika holatlarida diagnostik va prognostik molekulyar markerlar bo‘lib, shuningdek, kelajakda maksadli farmakologik ta’sir ko‘rsatish maqsadlari sifatida XIM+gipotireozni davolashda individual yondashuv nuktai nazaridan ko‘rib chiqilishi mumkin. Bundan tashqari, muhim vazifalardan yana biri gipotireoz rivojlanishining turli boskichlarida mikroRNK o‘zgarishlarining tabiati va darajasini baholashdir, bu esa bizga o‘z navbatida davolashga ta’sir qiluvchi maqsadli bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy nuktalarni aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: gipotireozi bo‘lgan keksalarda SBMI fonida algoritm bo‘yicha kompleks davolash xarajatlar smetasiga ko‘ra 1 yotok kuni uchun 386 345 so‘mni tashkil etadi, bunda bemorlar 6-kuni statsionardan javob beriladi. Bitta bemor uchun to‘lov 2 318 070 so‘mni tashkil etadi. Yil davomida 40 nafar bemor yotqizilgan bo‘lsa, ularning davolanishiga sarflanadigan mablag‘ 92722800 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: gipotireozi bo‘lgan keksalarda SBMI fonida kompleks davolash bilan 40 nafar bemorning iqtisodiy samaradorligi 46419600 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: gipotireozi bo‘lgan SBMI fonida keksalarda belgilangan diagnostika jarayonida kasallikni erta tashxislash va uning asoratlarini erta aniklash samaradorligini oshirish natijasida bemorlarning shifoxonada qolish muddatini qiskartirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikni keng qo‘llash: «Keksalarda qalqonsimon bez disfunksiyasi asnosida rivojlanadigan surunkali bosh miya ishemiyasining klinik-laborator-instrumental va morfofunksional xususiyatlari» SamDTU rektorining 29 iyuldagi 7710-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga ilmiy innovatsiyalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha yuborildi.
beshinchi ilmiy yangilik: patogenetik kompleks terapiya (fonturatsetam (nanotropil novo) va liposom fortedan foydalanish) ishlab chiqilgan algoritmga muvofik keksalarda gipotireozi bo‘lgan surunkali bosh miya ishemiyasini kompleks davolashni rejalashtirish xayot sifatini yaxshilashga olib kelgan va gipotireoz fonida bosh miyada surunkali qon aylanishi bo‘lgan keksalarni faol xayotga qaytishi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: SBMI bo‘lgan keksalarda gipotireoz fonida standart terapiyaga liposom forte + fonturatsetam (nanotropil novo) dori vositalarining qo‘shimcha kiritilishi klinik simptomlarning biroz to‘liq regressiga yordam berdi va shu bilan birga patogenetik kompleks terapiyaning ishlab chiqilgan algoritmiga muvofiq davolash natijalarini tahlil qilish kompleks terapiyaning aniq afzalliklaridan biriga aylandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi: gipotireoz fonida SBMI bo‘lgan keksalarda davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi Sog‘liqni saqlash muassasalarida amaliyotga tadbiq etilgan, bular jumlasidan Sh.Rashidov nomidagi Jizzax viloyati markaziy shifoxonasi (2024-yil 19-martdagi 21-sonli buyrug‘i) va akademik Y.X.To‘raqulov nomidagi ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashkadaryo filiali (2024-yil 26-martdagi 04/1-sonli buyrug‘i). Ijtimoiy samaradorligi: liposom forte + fonturatsetam (nanotropil novo) dori vositalarini o‘z ichiga olgan kompleks patogenetik terapiya neyrotrofik va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bo‘lib, shuningdek, neyropsixologik va kognitiv buzilishlarni korreksiya qilishga ta’sir qiladi, gipotireoz fonida SBMI bo‘lgan keksalarning umumiy ahvolini yaxshilaydi. Iktisodiy samaradorligi: gipotireozi bo‘lgan keksalarda SBMI fonida algoritm bo‘yicha kompleks davolash xarajatlar smetasiga ko‘ra 1 yotok kuni uchun 386345 so‘mni tashkil etadi, bunda bemorlar 6-kuni statsionardan javob beriladi. Bitta bemor uchun to‘lov 2 318 070 so‘mni tashkil etadi. Yil davomida 40 nafar bemor yotqizilgan bo‘lsa, ularning davolanishiga sarflanadigan mablag‘ 92722800 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: gipotireozi bo‘lgan keksalarda SBMI fonida kompleks davolash bilan 40 nafar bemorning iqtisodiy samaradorligi 46419600 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: SBMI fonida gipotireozi bo‘lgan keksalarda belgilangan diagnostika jarayonida kasallikni erta tashxislash va uning asoratlarini erta aniqlash samaradorligini oshirish natijasida bemorlarning shifoxonada qolish muddatini qiskartirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikni keng qo‘llash: «Keksalarda qalqonsimon bez disfunksiyasi asnosida rivojlanadigan surunkali bosh miya ishemiyasining klinik-laborator-instrumental va morfofunksional xususiyatlari» SamDTU rektorining 29 iyuldagi 7710-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga ilmiy innovatsiyalarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha yuborildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish