Achilov Jamoliddin Shakirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Servis markazi ko‘chma ustaxonasining ratsional soni va xizmat ko‘rsatish parametrlarini asoslash”, 05.07.02 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarini ishlatish, tiklash va ta’mirlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4736.
Toshboltaev Maxamad Tojalievich
 Ilmiy rahbar:     texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Nuriev Karim Katibovich – texnika fanlari doktori, professor; Xolikova Nargiza Abduvalievna – texnika fanlari falsafa doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi servis markazi ko‘chma ustaxonasining ratsional soni va funksiyalanish parametrlarini asoslash orqali fermer xo‘jaliklari va agroklasterlar balansidagi g‘alla kombaynlariga tez va sifatli servis ko‘rsatilishini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ommaviy texnik servis ko‘rsatish tizimida talablarni qondirilish algoritmi servis markazlariga kelib tushayotgan talablar oqimini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
ko‘chma ustaxona tomonidan nosoz mashinalarga ko‘rsatilayotgan servisning to‘liqligi va tezkorligini bashoratlovchi ehtimoliy-matematik modellar nosozlikning murakkabligini hisobga olgan holda taklif etilgan;
g‘alla kombaynlariga texnik servis tadbirlari orasidagi intervalning maqbul qiymati ularda bir birlik vaqt ichida sodir bo‘ladigan buzilishlar soni, ko‘chma ustaxonaning xizmat ko‘rsatish intensivligi, bitta nosozlikni bartaraf etishga sarflangan mehnat vaqtini hisobga olgan holda aniqlangan;
g‘alla kombaynlariga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘chma ustaxonaning ratsional soni smena davomiyligining maqbul qiymati, xizmat ko‘rsatish radiusi va minimal muddatlarda g‘alla o‘rim mavsumini tugatishini hisobgan olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Servis markazi ko‘chma ustaxonasining ratsional soni va xizmat ko‘rsatish parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Qishloq xo‘jaligi texnika vositalariga tezkor va sifatli servis ko‘rsatadigan ko‘chma ustaxona sonini aniqlash usuli, ratsional sondagi ko‘chma ustaxonaning servis markaziga keltiradigan samarasini hisoblash usuli “O‘zagroservis” AJ va “Yuqorichirchiq Agroservis MTP” MChJ ga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 04/22-05/3985-son ma’lumotnomasi). Natijada hududiy servis markazi uchun  talab etiladigan ko‘chma ustaxonalar soni 5 taga kamayishiga, buning hisobiga  servis markazi bo‘yicha g‘alla o‘rim mavsumida 651 mln. so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishilgan.
Ishlab chiqilgan g‘alla kombaynlariga davriy servis ko‘rsatishlar orasidagi interval qiymatini aniqlashning hisobiy-muhandislik usuli “Do‘stlik Agroservis MTP” MChJ ga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 04/22-05/3985-son ma’lumotnomasi). Natijada davriy servis ko‘rsatishlar orasidagi interval 6 soatga, 30 kunda o‘tkaziladigan servislar sonini 38 taga qisqarish buning evaziga servis markazida 82,66 mln. so‘m mablag‘ tejab qolish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish