Shermuxamedov Yusufbek Abdulaziz o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Bog‘dorchilik va uzumchilik uchun mahalliy yuqori klirensli traktorning yuritmalar tizimi parametrlarini asoslash”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4963
Ilmiy rahbar: Astanov Bekzod Jangiboevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti, M.T.O‘razboev nomidagi mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Xalmuxamedov Aziz Suratovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Axmedov Doniyor Anvarjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi bog‘dorchilik va uzumchilik uchun mahalliy yuqori klirensli traktorning yuritmalar tizimidagi ish jarayonlarni kompleks hisob usulini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zgaruvchan baza, koleya va klirensli bog‘dorchilik va uzumchilik traktorining turli tezlik va tayanch yuza qiyaliklardagi ag‘darilish va sirpanishga qarshi chegaraviy burchak qiymatlari traktorning muvozanat tenglamalari asosida aniqlangan;
bog‘dorchilik va uzumchilik traktorining gidravlik rul mexanizmi va gidravlik osma mexanizmlari zvenolarining burchak, burchak tezligi va burchak tezlanishlarini analitik bog‘lanishlari yopiq vektorlar usulini qo‘llagan holda aniqlangan;
traktor burilishi jarayoniga rul mexanizmi, gidrohajmiy rul yuritmalarining ishlashi va yo‘l sharoitlarining kompleks ta’sirini hisobga olgan holda uning parametrlarini aniqlashtirish imkonini beradigan bog‘dorchilik va uzumchilik traktorining gidravlik rul boshqarmasining modeli va sonli hisoblash metodikasi ishlab chiqilgan;
osma mexanizmi, gidravlik yuritmalarning ishlashi va yuk massasiga bog‘liq ravishda uning parametrlarini aniqlashtirish imkonini beradigan bog‘dorchilik va uzumchilik traktorining gidravlik osma tizimini modeli va sonli hisoblash metodikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. bog‘dorchilik va uzumchilik uchun mahalliy yuqori klirensli traktorning yuritmalar tizimi parametrlarini  asoslash bo‘yicha tadqiqotlar asosida quyidagi ilmiy natijalar joriy etilgan:
yuqori klirensli bog‘dorchilik traktorining turli tezlik va tayanch yuza qiyaliklardagi ag‘darilish va sirpanishga turg‘unlik mezonlari «O‘zavtosanoat» AJda joriy etilgan («O‘zavtosanoat» AJning 2024 yil 14 avgustdagi 17/07-25-1253-son ma’lumotnomasi). Natijada bog‘dorchilik traktorining ag‘darilishi va sirpanishiga nisbatan maksimal tezlik va qiyalik qiymatlari belgilangan;
bog‘dorchilik traktorining gidravlik rul mexanizmi va gidravlik osma mexanizmlarining takomillashtirilgan kinematik sxemasi, zvenolarining analitik bog‘lanishlari orqali aniqlangan kinematik parametrlari «O‘zavtosanoat» AJda joriy etilgan («O‘zavtosanoat» AJning 2024 yil 14 avgustdagi 17/07-25-1253-son ma’lumotnomasi). Natijada bog‘dorchilik traktorining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
bog‘dorchilik traktorining gidravlik osma tizimlaridagi ish jarayonini modeli va sonli hisoblash uslubi «O‘zavtosanoat» AJda joriy etilgan («O‘zavtosanoat» AJning 2024 yil 14 avgustdagi 17/07-25-1253-son ma’lumotnomasi). Natijada bog‘dorchilik traktori yuritmalar tizimining dinamik jarayonini o‘rganish va parametrlarini aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan.
Bog‘dorchilik traktorining gidravlik rul boshqarmasi, gidravlik osma tizimlaridagi ish jarayonini modellashtirish orqali loyihalash-konstruktorlik ishlari va tajriba nusxasini ishlab chiqarishning samaradorligini 30% ga oshirishga erishilgan. Tadqiqot natijalarini joriy etishdan kutilayotgan yillik iqtisodiy samara, 50 ta traktor ishlab chiqarilganda, 1312500000 so‘mni tashkil etishini ko‘rsatilgan.
Tadqiqot natijalari bo‘yicha 2 ta ixtiroga patent («Transport vositasining yuqori klirensli osma tizimi», IAP 06768; «Transport vositasining rul boshqarmasi gidrokuchaytirgichi», IAP 07207) olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish