Taniberdiev Farrux Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turli tarkibli iplarning sifat ko‘rsatkichlarini baholash usulini takomillashtirish” 05.06.01 - “To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2691
Ilmiy rahbar: Xamraeva Sanovar Atoevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadamboy Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Erkinov Zokirjon Erkinboy o‘g‘li, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli tarkibli tolalarni emulsiyalash asosida olingan kalava iplarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash va baholash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kalava iplarining sifatini yaxshilash maqsadida turli tarkibli tolalarni emulsiyalashda suvga kollagen, poliakrilamid, gliserinni aralashtirib foydalanilgan holda ip mustahkamligini oshganligi aniqlangan;
turli tarkibli iplarning uzilish kuchi va uzilishdagi uzayishini aniqlash formulasi keltirib chiqarilgan va oldindan bashoratlash imkoniga ega bo‘lgan ipning mustahkamkigini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
mahalliy turli tolalardan muayyan xossali yangi assortimentdagi ip olishda tarangligi, pishiqligi, kamerani aylanishlar tezlanishining to‘la omilli tajriba usulu yo‘rdamida aniqlangan;
olingan kalava iplarning uzilish kuchi, solishtirma uzilish kuchi hamda uzilish kuchi bo‘yicha variatsiya koeffisientining o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi regression bog‘lanishlari kichik kvadratlar usulini qo‘llash orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Turli foizlar miqdorida aralash tolali kalava iplar olish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
taklif etilayotgan turli tarkibli tolalarni emulsiyalash asosida kalava iplar olish va mustahkamligini baholash usulini “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tassarufidagi korxonalarda, shu jumladan, “Sagdiana” MChJ (Buxoro shahri) to‘qimachilik korxonasida amaliyotga joriy qilindi (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2023 yil 08 maydagi 03/13-916-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta tolasini 45 % ga tejash va sifatini oshirish imkoniyati yaratilgan;
taklif etilayotgan turli tarkibli tolalarni emulsiyalash asosida kalava iplar olish va uzilish kuchini baholashning takomillashgan usuli “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tassarufidagi “OYGUL PLYuS” MChJ (Buxoro shahri) korxonasida joriy qilindi (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2023 yil 08 maydagi 03/13-916-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish sharoitida olingan kalava iplarning sifat ko‘rsatkichlariga nisbatan taklif etilayotgan variant bo‘yicha emulsiyalash asosida turli tolalar tarkibidan olingan arqoq iplarining sifat ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish korxonasidagi nisbatan 20-22 % ga yaxshilash imkoniyati yaratilgan.