Mirzanazarova Dilbar Jamalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turli tarkibli tolalardan tashkil topgan matolarning ishqalanishga chidamliligini aniqlash usulini takomillashtirish” 05.06.01- “To‘qimachilik va engil sanoat ishlab chiqarishlari materialshunosligi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2692
         Ilmiy rahbar: Xamraeva Sanovar Atoevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xanxodjaeva Nilufar Raximovna,  texnika fanlari doktori, professor; Alieva Dilbar Ganievna,  texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turli tarkibli tolalardan tashkil topgan choyshabbop matolarning ishqalanishiga chidamliligini aniqlash usulini takomillashtirilgan va tuzilish parametrlarini o‘zgartirish asosida sifati yaxshilangan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli tola tarkibli choyshabga mo‘ljallangan matolarning tuzilishini o‘zgartirish   asosida ularning ishqalanishga chidamliligini oshirishni belgilovchi iplarning egilishish to‘lqin balandliklari va ularning o‘zaro bosimi  aniqlangan;
        turli tola tarkibli matolarning  ishqalanishga chidamliligi ko‘rsatkichlarini oshirish uchun tanda va arqoq iplarining tarangligini  o‘zgartirish asosida matoning tayanch sirtidagi iplarning chiqish nuqtalari oshganligi aniqlangan;
turli tola tarkibli matolarning ishqalanishga chidamliligini aniqlash  formulasi keltirib chiqarilgan va ishqalanishga chidamlilik koeffisientini o‘zgartirish asosida usul  takomillashtirilgan;
        to‘liq omilli tajriba natijalari asosida kirish omillari ta’sirida choyshabbop matoning ishqalanishga chidamliligi, havo o‘tkazuvchanligi, g‘ijimlanmasligi  va yuvishdan so‘ng kirishishining o‘zgarishini regression modellari kichik kvadratlar usulini qo‘llash orqali  olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Paxta - poliester tola aralashmali va poliestr iplaridan yangi assortimentdagi choyshabbop mato olish va sifatini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan ilmiy natijalar asosida:
turli tarkibli tolalardan tashkil topgan choyshab uchun mo‘ljallangan, ishqalanishga chidamliligi yuqori bo‘lgan yangi assortimentdagi mato olish usuli “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi Samarqang viloyatida joylashgan  “NUR SAM QUR” MChJ, Toshkent shahridagi “MITTI” XK korxonalarida joriy qilingan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi 2022 yil  7-dekabrdagi  03/25-3445-son ma’lumotnomasi). Natijada turli tola tarkibli  choyshabga  mo‘ljallangan matolarning ishqalanishga chidamliligi  25%ga oshirishga, matoning  sifatini  yaxshilashga, havo o'tkazuvchanligini  35%ga oshirishga imkon berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish