Usmonov Farrux Farhodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):
“O‘zbekistonda faktoring amaliyotini takomillashtirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Absalamov Akram Tolliboevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Turaev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusainov Shavkat Abdushukurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xalqaro Nordik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mamlakatimizda tijorat banklarining faktoring amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banki tomonidan milliy va xalqaro faktoring xizmatini ko‘rsatishda mahsulot etkazib beruvchiga ko‘rsatilayotgan faktoring xizmatining so‘ndirish muddatini 90 kundan 180 kunga uzaytirish asoslandi;
tijorat banki mijozining eksport kontraktlari bo‘yicha va xorijiy korrespondent banklarning ochiq chaqirib olinmaydigan akkreditivlar summasidan oshmaydigan summada faktoring xizmatlarini ko‘rsatish taklif etildi;
tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish jarayonida banklarning kredit portfeli hajmi, qisqa muddatli faktoring foizi bilan milliy faktoring xizmatlari xajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash va bu orqali faktoring operatsiyalar samaradorligini oshirish asoslandi;
mahsulot etkazib beruvchining muddati o‘tgan kreditorlik qarzdorligi faktoring summasining 30 foizigacha bo‘lsa, bank ushbu mijozga faktoring xizmatlarini ko‘rsatishi taklif etildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda faktorinng amaliyotini takomillashtirishda yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banki tomonidan milliy va xalqaro faktoring xizmatini ko‘rsatishda mahsulot etkazib beruvchiga ko‘rsatilayotgan faktoring xizmatining so‘ndirish muddatini 90 kundan 180 kunga uzaytirishga doir taklifi ATB Turonbank Boshqaruvining “ATB Turonbank tomonidan faktoring operatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB Turonbankning 2024 yil 10 maydagi 26/04-338-sonli dalolatnomasi). Natijada,. bank o‘z mijozlari bilan milliy va xalqaro faktoring operatsiyalarini o‘tkazishda muddatlarni muvofiqlashtirish va ushbu operatsiya riskini pasaytirish imkonini bergan.
tijorat banki mijozining eksport kontraktlari bo‘yicha va xorijiy korrespondent banklarning ochiq chaqirib olinmaydigan akkreditivlar summasidan oshmaydigan summada faktoring xizmatlarini ko‘rsatishga doir taklifi ATB Turonbank Boshkaruvining 2022 yil 6 yanvardagi 1/4-sonli qarori bilan tasdiqlangan “ATB Turonbank tomonidan faktoring operasiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomining 3.4 bandida foydalanilgan (ATB Turonbankning 2024 yil 10 maydagi 26/04-338-son dalolatnomasi). Natijada, bank mijozlari tarkibda eksportga yo‘naltirilgan mijozlari sonining oshishisha hamda faktoring operasiyasi riskini kamaytirishga erishildi.
tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish jarayonida banklarning kredit portfeli hajmi, qisqa muddatli faktoring foizi bilan milliy faktoring xizmatlari xajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash va bu orqali faktoring operatsiyalar samaradorligini oshirishga doir taklifi Turonbank ATB faoliyatiga joriy etilgan (Turonbank ATBning 2024 yil 10 maydagi 26/04-338-sonli dalolatnomasi). Natijada, Turonbank ATB kredit porfeli hajmining bir foizga oshishi bank faktoring operatsiyalar hajmini 0,31 foizga oshirishi, shuningdek faktoring operatsiyalar o‘rtacha foizining bir foizga oshishi ushbu operatsiyalar hajmini -0,24 foizga kamaytirishi ekonometrik strukturaviy vektor avtoregressiya (SVAR) modeli orqali aniqlangan va asoslab berilgan.
mahsulot etkazib beruvchining muddati o‘tgan kreditorlik qarzdorligi faktoring summasining 30 foizigacha bo‘lsa, bank ushbu mijozga faktoring xizmatlarini ko‘rsatishiga doir taklifi ATB Turonbank faoliyatlariga joriy etilgan (ATB Turonbankning 2024 yil 10 maydagi 26/04-338-son dalolatnomasi). Natijada, Turonbank mashsulot etkazib beruvchi etkazib berilgan mahsulot uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘larini o‘z vaqtida olganida, unda muddati o‘tgan kreditorlik qarzi yuzaga kelmaslik ehtimolining yuqori bo‘lishiga hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda debitorlik-kreditorlik qarzlarining oshib ketmasligiga olib keldi

Yangiliklarga obuna bo‘lish