Nurmatov Mirzaakbar Mizaalievichning   
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Sanoat korxonalarida aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3264
Ilmiy maslahatchi – Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar unversiteti farg‘ona filiali
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Kadirova Xadicha Turaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Xaurulla Abdurasulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sanoat korxonalarida aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar  ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalarida aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar sifatida debitor qarzdorligi va tovar zaxiralarining aylanishini aylanma mablag‘lar hajmining me’yor asosida tezlashtirish, korxonada pul mablag‘larining joriy aktivlar hajmidagi salmog‘ini oshirish asoslangan;
sanoat korxonalarida aylanma mablag‘lardan foydalanishni ifodalovchi koeffisientlarini baholash ko‘rsatkichlarining (0<x<0,2<3) qiymatlarining maqbul darajalarini belgilash asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishini 2,26 birlikka oshishi asoslangan;
sanoat korxonalari aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini baholash darajasining yangicha shkalalari [7 dan yuqori – “yuqori”], [5 dan 7 gacha – “o‘rtachadan yuqori”], [3 dan 5 gacha – “o‘rta”], [0,5 dan 3 gacha – “past”], [0,5 dan past – “xavfli”] asosida takomillashtirilgan;
sanoat korxonasida aylanma mablag‘lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi qariyb 1,7 martaga hamda aylanma mablag‘larning moliyaviy samaradorligi qariyb 4,0 martaga oshishi bo‘yicha 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz senariylari ARIMA modeli asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalarida aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
sanoat korxonalarida aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar sifatida debitor qarzdorligi va tovar zaxiralarining aylanishini aylanma mablag‘lar hajmining me’yor asosida tezlashtirish, korxonada pul mablag‘larining joriy aktivlar hajmidagi salmog‘ini oshirishga doir taklifi “Maxam Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga qo‘llanilgan (“O‘zkimyosanoat” AJ ning 2024-yil 18-apreldagi 22-104-son ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat korxonalarida aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish jarayonidagi salbiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish talablari belgilangan va aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirishga yordam bergan;
sanoat korxonalarida aylanma mablag‘lardan foydalanishni ifodalovchi koeffisientlarini baholash ko‘rsatkichlarining (0<x<0,2<3) qiymatlarining maqbul darajalarini belgilash asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishini 2,26 birlikka oshishiga doir taklifi “Maxam Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga qo‘llanilgan (“O‘zkimyosanoat” AJ ning 2024-yil 18-apreldagi 22-104-son ma’lumotnomasi). Natijada sanoat korxonalarining yillik aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi 2,25 martani hamda aylanma mablag‘larning moliyaviy samaradorligi 15,9 foizni tashkil etganligi, korxonada aylanma mablag‘lardan optimal foydalanish orqali samaradorligining oshishiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishini 2,26 birlikka oshirishga xizmat qilgan;
sanoat korxonalari aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini baholash darajasining  yangi shkalalari [7 dan yuqori – “yuqori”], [5 dan 7 gacha – “o‘rtachadan yuqori”], [3 dan 5 gacha – “o‘rta”], [0,5 dan 3 gacha – “past”], [0,5 dan past – “xavfli”] asosida  baholash orqali uning moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi imkoniyat va zaxiralarni aniqlash taklifi “Maxam Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga qo‘llanilgan (“O‘zkimyosanoat” AJ ning 2024-yil 18-apreldagi 22-104-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va uning samaradorligini baholash imkoniyatini bergan;
sanoat korxonalarida aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini iqtisodiy-moliyaviy jihatdan ifodalovchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha 2024-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz senariylari bo‘yicha taklifi “Maxam Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amaliyotga qo‘llanilgan (“O‘zkimyosanoat” AJ ning 2024-yil 18-apreldagi 22-104-son ma’lumotnomasi).  Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Maksam-Chirchiq” AJ da 2030-yilgacha dinamik senariy bo‘yicha aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi 1,7 barobarga va aylanma mablag‘larning moliyaviy samaradorligi 4,0 barobarga orttirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish