Zaripov Bahodir Bobomurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida bulutli texnologiyalardan foydalanishni tadqiq etish”, 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3147.
Ilmiy rahbar: Abduvohidov Abdumalik Maxkamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, professor; Odilov Shoxrux G‘ayratjonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasalarida bulutli texnologiya xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavfsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Oliy ta’lim muassasalarida bulutli texnologiyalardan foydalanish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni universitet va institutlarda ta’lim, tadqiqot va boshqaruv jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida bulutli hisoblash resurslaridan foydalanishda o‘quv materiallari, virtual laboratoriyalar, dasturiy ta’minot va ma’lumotlarni saqlashda moddiy uskunalarga bog‘liqlikni kamaytirish hamda ta’lim jarayonining zamonaviy va interaktiv tavsifini kuchaytirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;  
oliy ta’lim muassasasida bulutli texnologiyani joriy etishning ko‘p mezonli umumlashgan modeli bulutli texnologiyalar xizmatlarini baholashning oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni (O‘JOTM ), masofaviy ta’lim jarayoni (MTJOTM)ni tashkil qilish va xodimlar faoliyati (XFOTM), iqtisodiy afzalliklari (IAOTM), bulutli xizmatlardan foydalanish xavfsizlik darajasi (FXDOTM) omillari ta’siri jihatidan takomillashtirilgan;
bulutli xizmatning qiymatidan kelib chiqqan holda uni oliy ta’lim muassasasiga joriy etishning maqsadga muvofiqligini baholashda ko‘rsatkichlar (mezonlar) bo‘yicha afzallik shkalasi bulutli xizmatdan foydalanishning ishlash ko‘rsatkichi “juda yuqori (standartdan 2 barobar yoki undan ko‘proq) “ancha yuqori” (standartning 30-70% gacha), “yuqori” (standartning 10-30% gacha), “o‘rtachadan yuqori” (bir oz ustunlik bilan standartga mos keladi), “o‘rtacha” (standart darajada), “quyi” (kichik istisnolar bilan standartga mos keladi) darajalaridan foydalanish taklifi asoslangan;
oliy ta’lim faoliyatini  tashkil etishda “O‘zbektelekom” AK provayderining bulutli texnologiyalar xizmatlaridan foydalanish samaradorligini takomillashtirishning 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalari faoliyatida bulutli texnologiyalardan foydalanishni tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim muassasalarida bulutli texnologiyalardan foydalanish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni universitet va institutlarda ta’lim, tadqiqot va boshqaruv jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida bulutli hisoblash resurslaridan foydalanishda o‘quv materiallari, virtual laboratoriyalar, dasturiy ta’minot va ma’lumotlarni saqlashda moddiy uskunalarga bog‘liqlikni kamaytirish hamda ta’lim jarayonining zamonaviy va interaktiv tavsifini kuchaytirish nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Bulutli texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida bulutli hisoblash resurslaridan foydalanishda o‘quv materiallari, virtual laboratoriyalar, dasturiy ta’minot va ma’lumotlarni saqlashda moddiy uskunalarga bog‘liqlikni kamaytirish hamda ta’lim jarayonining zamonaviy va interaktiv tavsifini kuchaytirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “oliy ta’lim muassasalarida bulutli texnologiyalardan foydalanish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasasida bulutli texnologiyani joriy etishning ko‘p mezonli umumlashgan modeli bulutli texnologiyalar xizmatlarini baholashning oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni (O‘JOTM ), masofaviy ta’lim jarayoni (MTJOTM)ni tashkil qilish va xodimlar faoliyati (XFOTM), iqtisodiy afzalliklari (IAOTM), bulutli xizmatlardan foydalanish xavfsizlik darajasi (FXDOTM) omillari ta’siri jihatidan takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali faoliyatini tashkil qilishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oiy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi raqamli ta’lim texnologiyalarni rivojlantirish markazining 2023-yil 18-oktyabrdagi 01/49-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalari faoliyatini bulutli texnologiyalar asosida tashkil qilishda asosiy manba sifatida foydalanilgan;
bulutli xizmatning qiymatidan kelib chiqqan holda uni oliy ta’lim muassasasiga joriy etishning maqsadga muvofiqligini baholashda ko‘rsatkichlar (mezonlar) bo‘yicha afzallik shkalasi bulutli xizmatdan foydalanishning ishlash ko‘rsatkichi “juda yuqori (standartdan 2 barobar yoki undan ko‘proq) “ancha yuqori” (standartning 30-70% gacha), “yuqori” (standartning 10-30% gacha), “o‘rtachadan yuqori” (bir oz ustunlik bilan standartga mos keladi), “o‘rtacha” (standart darajada), “quyi” (kichik istisnolar bilan standartga mos keladi) darajalaridan foydalanish taklifi Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali faoliyati, o‘quv jarayoni, masofaviy ta’lim jarayonlarini tashkil qilishda joriy etilgan (Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetining 2023-yil 28-sentyabrdagi 6-sonli, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialining 2023-yil 6-oktyabrdagi 11-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Oiy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi raqamli ta’lim texnologiyalarni rivojlantirish markazining 2023-yil 18-oktyabrdagi 01/49-son ma’lumotnomasi) Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mazkur qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning miqdoriy mezonlari ishlab chiqish va tizimlashtirish bo‘yicha o‘quv jarayonini va masofaviy ta’lim jarayonlarini tezkor rejalashtirish, axborot xavfsizligini ta’minlash, moddiy va nomoddiy manfaatlarni aniqlashga erishilgan;
oliy ta’lim faoliyatini  tashkil etishda “O‘zbektelekom” AK provayderining bulutli texnologiyalar xizmatlaridan foydalanish samaradorligini takomillashtirishning 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali hamda “O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oiy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi raqamli ta’lim texnologiyalarni rivojlantirish markazining 2023-yil 18-oktyabrdagi 01/49-sonli, “O‘zbektelekom” AK Samarqand filialining 2023-yil 10-oktyabrdagi 1/12-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 24-maydagi 33-8/3474-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali faoliyatini tashkil etishda “O‘zbektelekom” AK provayderining bulutli xizmatlari asosida faoliyat samaradorligini 5-6% ga oshirish, o‘quv faoliyati tizimi xarajatlarini 6% ga tejash, Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti faoliyatini tashkil etishda “O‘zbektelekom” AK provayderining bulutli xizmatlari asosida faoliyat samaradorligini 6% ga oshirish, o‘quv faoliyati xarajatlarini 6% tejash imkoniyatlari aniqlangan..

Yangiliklarga obuna bo‘lish