Maxamadiev G‘ayrat Ilyosovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dabusiya ilk va rivojlangan o‘rta asrlarda (yozma va arxeologik manbalar asosida)», 07.00.06 – Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.3.PhD/Tar2067
Ilmiy rahbar: Berdimurodov Amridin Ergashevich, tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand arxeologiya instituti, DSc.01/10.01.2024.Tar.169/01
Rasmiy opponentlar: Termiz davlat universiteti O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, Shaydullaev Shopo‘lat Bozorovich va Y. G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi, Mirzaaxmedov Djamoliddin.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Arxeologik va yozma manbalar asosida Dabusiya shahrining ilk va rivojlangan o‘rta asrlar tarixini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Arab-fors yozma manbalardagi ma’lumotlar bilan arxeologik materiallarni qiyosiy o‘rganish orqali ilk va rivojlangan o‘rta asrlarda Dabusiyaning siyosiy chegarasi shimoldan Zarafshon daryosi, sharqdan Rabinjon, janubdan Zarafshon tizmasining davomi bo‘lgan Zirabuloq va Ziyovuddin tog‘lari, g‘arb tomonidan esa Karmanagacha bo‘lganligi aniqlanib, shu asosida hududning arxeologik xaritasi yaratildi;
Yozma manbalardagi ma’lumotlar bilan arxeologik materiallarni qiyosiy o‘rganish orqali Rog‘in qishlog‘i - Choshtepa arxeologik yodgorligi bilan lokalizatsiya qilingan va uning tarixiy topografiyasiga ilmiy izoh berilgan;
Arxeologik va yozma manbalarning ilmiy tahlili asosida IV-V asrlarda vohada urbanizasiya jarayonlari rivojlanishi natijasida Dabusiya tarkibida bo‘lgan Qoratepa (Kandukin), Shomiko‘tarmatepa (Butaytin), Misittepa va Ziyovuddinbuvatepa kabi shahar va qishloq makonlari shakllanganligi aniqlandi va milodiy XIII asr boshlarida, ya’ni 1220 yilda mo‘g‘ullarning Samarqandga qilgan yurishlari natijasida (Qoratepa va Shomiko‘tarmatepa) vayron bo‘lganligi isbotlangan;
Dabusiya va Qoratepa (Kandukin) yodgorliklarining rabod qismida aniqlangan kulolchilik xumdonlarining joylashuv o‘rni, tuzilishi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarining turlari asosida shahar topografiyasida hunarmand mahallalarining joylashuv o‘rniga oydinlik kiritildi hamda voha hunarmandchiligida kulochilik, temirchilik va zargarlik tarmoqlari keng rivojlangani o‘z isbotini topgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: «Dabusiya ilk va rivojlangan o‘rta asrlarda (yozma va arxeologik manbalar asosida)» mavzusidagi falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Tadqiqot natijalarining ilmiy xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Ko‘hna manzillar» teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali davlat unitar korxonasining 2024 yil 12-iyundagi №06-29-754-son ma’lumotnomasi). Natijada Dabusiya yodgorliklarining geografik o‘rni, tarixiy topografiyasi, qurilishi me’morchiligi, hunarmandchilik tarixi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti, savdo-sotiq munosabatlari hamda ularning ilk va rivojlangan o‘rta asrda O‘zbekiston madaniyatida tutgan o‘rniga doir yangi ma’lumotlar bilan tanishishga, tamoshabinlarni Sug‘da vohasining qadimgi shahrilaridan biri bo‘lgan Dabusiya yodgorligi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.
Tadqiqotning amaliyotga joriy qilinishida Dabusiya yodgorligidagi qazishmalar jarayonida topilgan moddiy madaniyat ashyolari O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyining o‘rta asrlar davri madaniyati bilan bog‘liq ekspozisiyalarini boyitishda, foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024 yil 4-iyundagi №01-07/2154–sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Samarqandning o‘rta asrlar davri moddiy madaniyati, tarixi va madaniy merosini muzeyga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlarga ko‘rsatish va kelajak avlod ongida milliy merosga bo‘lgan g‘urur tuyg‘usini uyg‘otishga xizmat qiladi.
Dabusiya shahrining ilk va rivojlangan o‘rta asrlarda ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy hayoti, tashqi va ichki savdo aloqalari tarixi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari Samarqand viloyat o‘lkashunoslik muzeyidagi ekskursiya matnlarini yangilashda, shuningdek, ushbu muzeylarning o‘rta asrlar davri kolleksiyalarining ilmiy tasnif varaqlarini to‘ldirishda Ushbu jarayonlar va voqeliklarni umum Sug‘d tarixida oid arxeologik topilmalardan “Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi” ko‘rgazmasini yoritishda foydalanildi. (Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasining 2024 yil 27-maydagi №182-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar Samarqand tarixi va madaniy merosini keng jamoatchilikga yani muzeyga tashrif buyuruvchilarga qadim Sug‘d tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berishga hamda targ‘ibot qilishga xizmat qiladi.