Nurova Shoxida Naimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abu Ali ibn Sino ma’naviy merosida inson masalasi: qiyosiy-falsafiy tahlil”, 09.00.03 –Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal1209
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08
Ilmiy rahbar: Sharipova Oygul Tursunovna , falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor; Maxmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Abu Ali ibn Sino ma’naviy merosidagi insonga oid g‘oyalarning yoshlarni barkamollik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ibn Sino ma’naviy merosidagi koinotning avvalgi asos (al-mabla al-avval) nurlarining tarovishi bilan vujudga kelishi, faol aql (ruh), noqisliklan komillikka intilish, umumjahoniy ishq kabi atributlarning tasavvufiy ta’limotlar bilan umumiyligi hamda inson ruhiyatidagi umumiylik (وحدة (“birlik”), جوهر (“mohiyat”), صدفة (“tasodif”)ning ruhiy mohiyat (fala), avvalgi aql (al-ak al-avval), ichki ruhiy quvvat zaminiy muhabbatning ilohiy muhabbatga aylanishi kabi xususiylik jihatlari qiyosiy aniqlashtirilgan;
Abu Ali Ibn Sinoning barkamol inson ta’limotidagi insonparvarlik, vatanparvarlik, adolatparvarlik kabi axloqiy tamoyillar, aqllilik, zukkolik, ziyraklik kabi intellektual, chidamlilik, sabrlilik, matonatlilik kabi irodaviy va mehr, muhabbat, sevgi kabi emotsional sifatlarning geosiyosiy raqobat, milliy egoizm va mafkuraviy qoliplardan xoli bo‘lgan murosa muhitini yaratishdagi, konstruktiv muloqot yo‘ligi tanlashdagi nazariy-metodologik ahamiyati asoslab berilgan;
mutafakkirning dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan gumanistik (insonparvarlik, hurfikrlilik, bag‘rikenglik) g‘oyalarining milliy an’analarimiz va urf-odatlarimiz ravnaqini, umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashib borishini ta’minlashda hamda yoshlarimiz ongiga milliy g‘urur, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini singdirishdagi ahamiyati ochib berilgan;
Ibn Sinoning “Hayy ibn Yakzon”, “Ishq risolasi”, “Qush hikoyati”, “Risola fi ilmi axloq” asarlaridagi axloqiy xislatlar (“iffat”, “shijoat”, “hikmat”, “adolat”, “saxiylik”, “qanoat”, “sabr”, “yumshoqlik”, “karam”, “gunohni kechira bilishlik”, “sir saqlay bilishlik”, “farosatlilik”, “qatiyyatlik”, “sadoqatlilik”, “rahmdillik”, “vafo”, “kamtarlik”)ning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi roli falsafiy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ibn Sino ma’naviy merosidagi insonga oid g‘oyalarni qiyosiy-falsaiy tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
Ibn Sino ma’naviy merosidagi koinotning avvalgi asos (al-mabla al-avval) nurlarining tarovishi bilan vujudga kelishi, faol aql (ruh), noqisliklan komillikka intilish, umumjahoniy ishq kabi atributlarning tasavvufiy ta’limotlar bilan umumiyligi hamda inson ruhiyatidagi umumiylik (وحدة (“birlik”), جوهر (“mohiyat”), صدفة (“tasodif”)ning ruhiy mohiyat (fala), avvalgi aql (al-ak al-avval), ichki ruhiy quvvat zaminiy muhabbatning ilohiy muhabbatga aylanishi kabi xususiylik jihatlariga doir nazariy umumlashmalar va takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106-son “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarini tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining G‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida nashr etilgan ishlarda foydalanilgan. (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 14-martdagi 04/11-1980-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ibn Sinoning ma’naviy merosidagi antropologik va gnoseologik g‘oyalar asosida oila institutini mustahkamlash, tarbiyaviy va madaniy-ilmiy salohiyatni oshirish, tarbiyada umuminsinoy qadriyatlarning o‘rnini yuksaltirish imkoniyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
Abu Ali Ibn Sinoning barkamol inson ta’limotidagi insonparvarlik, vatanparvarlik, adolatparvarlik kabi axloqiy tamoyillar, aqllilik, zukkolik, ziyraklik kabi intellektual, chidamlilik, sabrlilik, matonatlilik kabi irodaviy va mehr, muhabbat, sevgi kabi emotsional sifatlarning geosiyosiy raqobat, milliy egoizm va mafkuraviy qoliplardan xoli bo‘lgan murosa muhitini yaratishdagi, konstruktiv muloqot yo‘ligi tanlashdagi nazariy-metodologik ahamiyatiga oid yangiliklar va tavsiyalardan n Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish. bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish”ga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 27-iyuldagi 313/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda inson muammosi, inson qadri, murosa, bag‘rikenglik, sabrlilik, shukronalik fazilatlarini barkamol inson tarbiyasiga singdirishda va mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga oid faoliyatni samarali tashkil qilishida qo‘llanma sifatida, ommaviy madaniyat kabi salbiy illatlarning oldini olish borasida belgilangan ma’naviy-ma’rifiy vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
mutafakkirning dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan gumanistik (insonparvarlik, hurfikrlilik, bag‘rikenglik) g‘oyalarining milliy an’analarimiz va urf-odatlarimiz ravnaqini, umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashib borishini ta’minlashda hamda yoshlarimiz ongiga milliy g‘urur, milliy iftixor, Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini singdirishdagi ahamiyatiga doir yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5186-son qaroriga 1-ilova “Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq qilish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish” bo‘yicha targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2024-yil 14-martdagi 06-07/43-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ibn Sino ma’naviy merosidagi inson masalasiga oid g‘oyalarini falsafiy tahlilidan murosa, bag‘rikenglik, sabrlilik, shukronalik fazilatlarini barkamol inson tarbiyasiga singdirishda va mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga xizmat qilgan;
Ibn Sinoning “Hayy ibn Yakzon”, “Ishq risolasi”, “Qush hikoyati”, “Risola fi ilmi axloq” asarlaridagi axloqiy xislatlar (“iffat”, “shijoat”, “hikmat”, “adolat”, “saxiylik”, “qanoat”, “sabr”, “yumshoqlik”, “karam”, “gunohni kechira bilishlik”, “sir saqlay bilishlik”, “farosatlilik”, “qatiyyatlik”, “sadoqatlilik”, “rahmdillik”, “vafo”, “kamtarlik”)ning sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi roliga oid g‘oyalari va yangiliklardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Yoshlar vaqti”, “Najot bilimda”, “Zamondosh” kabi ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 18-maydagi 09-01-85-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlar Abu Ali ibn Sino ma’naviy merosida inson masalasiga oid qarashlaridan kelib chiqqan holda yoshlarni barkamol, ilmga intiluvchan, jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan, rostgo‘y va halol inson bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalalari bo‘yicha ma’lumotlarni olish imkonini berib, teleko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini oshirishga xizmat qilgan.