Aliev Olimbek Aybekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat Axborot xavfsizligi siyosatida jamiyat barqarorligini ta’minlashning milliy va xorijiy jihatlari”, 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Sc237
Ilmiy rahbar: Muqimjon Qirg‘izboev, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Sc.21.02.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Sayfiddin Axmatovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Yuldashev Anvar Erkinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat barqarorligini ta’minlash jarayonida davlatning milliy va axborot xavfsizligi siyosatini amalga oshirish hamda uni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Jaxonda axborot xavfsizligini ta’minlashiing yagona va universal mexanizmi ishlab chiqilmagani, senzura va axborot oqimlarini cheklashga qaratilgan davlat siyossatining kutilgan darajada samara bermasligi hamda davlat va jamiyat barkarorligini ichki va tashqi axborot xurujlaridan muxofaza etishda mamlakatlar o‘z milliy kontentlarini yaratishga asosiy e’tibor qaratayotgani “axborotga qarshi axborot” tamoyilidan foydalanishga asos bo‘lishi dalillangan.
Axborot asrida an’anaviy jamiyat axborotlashgan jamiyatga aylanib, o‘zaro qo‘shilgan xolda konvergensiya xosil qilishi, axborot xavfsizligiga qarshi xavf-xatar va taxdidlardan ximoyalanish bilan bog‘liq konfidensiallik, axborot resurslariga kirish, metatexnologiyalar hamda AQSh, Xitoy, Isroil va Evropa davlatlarining axborot xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tajribasiga asoslanib, “Uz” domeni orqali ro‘yhatga oluvchi O‘zbekiston axborot milliy tarmog‘i (UZNET) dasturini ishlab chiqish zarurati asoslab berilgan.
Axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiga aylangan kiber va gibrid jinoyatchilikka karshi kurashni kuchaytirish, kibertaxdidlarning oldini olishga qaratilgan kiberprofilaktika ishlarini uzlyuksiz davom ettirish, mafkuraviy, diniy va siyosiy adovatni qo‘zg‘atish mazmunidagi buzg‘unchi g‘oyalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadlaridan kelib chiqib, maxalla institutlarida “Kiberxavfsizlik” jamoatchilik markazlarini tashkil etish taklifi dalillangan.
O‘zbekiston axborot maydonida qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash, axborotdan foydalanish savodxonligi va madaniyatini yuksaltirish hamda axolini yot va destruktiv ma’lumotlar ta’siridan himoya qilish, kiberterrorizm va radikallashuvning oldini olish kabi vazifalarni maqsad qilgan davlat axborot xavfsizligi siyosatidan kelib chiqib, milliy axborot xavfsizligini ta’minlashning samarali mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi “O‘zbekiston milliy axborot xavfsizlik strategiyasi”ni qabul kilish zarurlngi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davlat axborot xavfsizligi siyosatida jamiyat barqarorligini ta’minlash masalalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa, tavsiya va takliflar asosida quyidagilarga erishildi:
dissertatsiya materiallari, tahlillari va xulosalarida xalqparvar davlat va fuqarolik jamiyatini qurish islohotlari davrida mamlakatda kiberxavfsizlik sohasida davlat siyosatini olib borish va mamlakatni kiberhimoyalashda faqat yagona davlat tizimi bo‘lishi asosiy prinsiplardan biri sifatidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi O‘RQ 764-sonli “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonunining “Kiberxavfsizlikni ta’minlashning asosiy prinsiplari” deb nomlangan 4-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 1-maydagi 13-son ma’lumotnomasi). Natijada, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishning ustuvorligini ta’minlashning huquqiy asoslari yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-apreldagi O‘RQ 764-sonli “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonunining “Kiberxavfsizlikni ta’minlashning asosiy prinsiplari” deb nomlangan 4-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 12-apreldagi 12-son dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekistonda modernizatsiya va islohotlar amalga oshirilayotgan davrda xavfsizlik tizimining shakllanishi, dinamikasi va istiqbollari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni to‘g‘ri hal etishga hamda mazkur tizim taraqqiyotiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar” dasturining “Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat” va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borishga oid tadbirlar” nomli III bandida belgilangan “Axborot hashari” loyihasini amalga oshirish, uning doirasida “internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi noxolis axborotlarga qarshi aholi, ayniqsa, yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash va jamoatchilikda muayyan holatlar haqida haqqoniy fikr shakllanishiga ko‘maklashish”ga bag‘ishlangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar markazining 2023-yil 19-iyundagi 228-son dalolatnomasi). Natijada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida olib borilayotgan axborot xavfsizligi siyosatining mazmun-mohiyati haqida yoshlarning chuqur bilimlarga ega bo‘lishlarini ta’minlashga doir zamonaviy targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
axborot xavfsizligini ta’minlashdan strategik maqsad shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlarini himoyalash ekanligi, davlat xavfsizligi va jamiyat barqarorligini ta’minlashda rivojlanishning asosiy resursi sifatida elektron hukumatdan intellektual hukumatga (sun’iy intellektga) o‘tish ijtimoiy-siyosiy omil sifatidagi funksional asoslarga tayanashi bilan bog‘liq xulosalardan “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida 2022-yil oktyabrga qadar “2023–2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining kiberxavfsizlik strategiyasi”ni ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan farmon va qarorlarida belgilangan “UZ№ domen zonasi Internet-makonining kiberxavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari hamda elektron hukumat, energetika, raqamli iqtisodiyot tizimlari va muhim axborot infratuzilmasiga taalluqli boshqa yo‘nalishlarni himoya qilish bo‘yicha kompleks vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Yoshlar ishlari agentligi Andijon bo‘limining 2022-yil 18-noyabrdagi dalolatnomasi). Mazkur hujjatlarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida yoshlar agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar va yoshlarning axborot xavfsizligi, kiberjinoyatchilik, kiberterrorizm borasidagi siyosiy bilimlari, manaviy-ma’rifiy, huquqiy, siyosiy madaniyatini oshirishga va yoshlar ishlari faoliyatining samaradorligining kuchaytirilishiga erishilgan;
davlat axborot xavfsizligi siyosatini amalga oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi obektiv omillar (globalizatsiya, ratsional taraqqiyot) va subektiv omillar (din, fan, ommaviy axborot vositalari)ning jamiyat taraqqiyotining barqarorlashtiruvchi, nazorat qiluvchi hamda tartibga soluvchi funksional asoslariga tayanishi dalillanganligi bilan bog‘liq xulosalardan Andijon viloyati teleradiokompaniyasi “Adolat minbari”, “Munosabat”, “Axborot” kabi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Andijon viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 23-fevraldagi dalolatnomasi). Natijada “O‘zbekiston Respublikasining yagona davlat axborot siyosati Konsepsiyasi” loyihasi bilan aholini tanishtirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy, siyosiy madaniyati va bilimlarini oshirishga erishilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasidagi milliy manfaatlarida keltirilgan ekstremistik va terroristik tashkilotlarning yoshlarga ta’sir ko‘rsatadigan salbiy axborot va g‘oyasiga qarshi turish va ogohlantirish, milliy axborot tizimini rivojlantirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, jamiyatning ma’naviy-axloqiy, madaniy va demokratik qadriyatlarini mustahkamlash, intellektual, ilmiy-ta’limiy rivojlanish kabi vazifalarni amalga oshirishda qo‘l kelgan.