Sobirxonov Akbarxon Aziz o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion texnoparklardan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirish” 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3418.
Ilmiy rahbar: Kongratbay Sharipov Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Naima Abitovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Sanjar Mirvositovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion texnoparklardan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion texnoparklarda sanoat mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish jarayoniga texnologik innovatsiyalar va rivojlanish (TIR = 30-50%), sifat va sertifikatlash (SS = 25-35%), marketing va brending (MB = 20-30%) omillari ta’sirining miqdoriy chegaralari asoslangan;
sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlashda texnoparkning funksiyalarini rezidentlar o‘rtasida ularning vakolatlari va imkoniyatlariga muvofiq tarzda taqsimlash hamda ta’sischilar tarkibiga universitetlar va ilmiy tashkilotlarni kiritish orqali innovatsion texnoparklardan foydalanish samaradorligini oshirish asoslangan;
innovatsion texnoparklar miqyosida texnologiyalar va bilimlar transferi mexanizmlarini hududlarning drayver tarmoq yoki sohalariga muvofiq keluvchi universitet ichida innovatsion texnoparklarni tashkil etish asosida mutaxassis kadrlarni tayyorlash hamda ularni ish bilan ta’minlash orqali takomillashtirish asoslangan;
O‘zbekistonda innovatsion texnoparklarda mahsulot ishlab chiqarish hajmini dinamikasining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2026 yilga qadar prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion texnoparklardan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
innovatsion texnoparklarda sanoat mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish jarayoniga texnologik innovatsiyalar va rivojlanish (TIR = 30-50%), sifat va sertifikatlash (SS = 25-35%), marketing va brending (MB = 20-30%) omillari ta’sirining miqdoriy chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi innovatsion texnoparklarning ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 20 avgustdagi 04/42-2416-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mahsulot birligini ishlab chiqarish tannarxini 7,4 foizga kamaytirishga erishildi hamda innovatsion texnoparklar o‘z hududida joylashtirilgan korxonalarga yuqori texnologiyalar sohasida barcha zarur xizmatlar majmuini taqdim etilgan.
Sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlashda texnoparkning funksiyalarini rezidentlar o‘rtasida ularning vakolatlari va imkoniyatlariga muvofiq tarzda taqsimlash hamda ta’sischilar tarkibiga universitetlar va ilmiy tashkilotlarni kiritish orqali innovatsion texnoparklardan foydalanish samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi innovatsion texnoparklarning ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 20 avgustdagi 04/42-2416-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida INNO texnoparkida innovatsion texnologiyalar turlarini ko‘paytirish hisobiga uning yalpi foydasi hamda mahsulot rentabelligini 12 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
innovatsion texnoparklar miqyosida texnologiyalar va bilimlar transferi mexanizmlarini hududlarning drayver tarmoq yoki sohalariga muvofiq keluvchi universitet ichida innovatsion texnoparklarni tashkil etish asosida mutaxassis kadrlarni tayyorlash hamda ularni ish bilan ta’minlash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi innovatsion texnoparklarning ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 20 avgustdagi 04/42-2416-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mahsulot raqobatbardoshligini oshirishga va sotishdan olingan foyda hajmini 722 mln. so‘mga oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda innovatsion texnoparklarda mahsulot ishlab chiqarish hajmini dinamikasining ko‘p omilli ekonometrik modeli asosida 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ssenariylari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 20 avgustdagi 04/42-2416-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida innovatsion texnoparklarda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan strategik chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkoni yaratilgan.