Abdusalomova Nafosat Bahodirovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Raqamli texnologiyalar asosida buxgalteriya hisobi jarayonlarini takomillashtirishning uslubiy jihatlari». 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari.
Dissertatsiya mavzusi  ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2318
Ilmiy rahbar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Abduvoxidov Abdumalik iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Jiemuratov Temurbay, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: kompaniyalar buxgalteriya hisobini yuritish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni tadbiq etish asosida ularni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aksiyadorlik jamiyatlarida raqamli texnologiyalarga asoslangan buxgalteriya axborot tizimlarini joriy qilish, moliyaviy va buxgalteriya operasiyalarini amalga oshirishda blokcheyn texnologiyasini qo‘llashning o‘ziga xos jihatlari va  mexanizmlari taklif qilingan;
buxgalteriya hisobini raqamlashtirish va avtomatlashtirish tizimiga qo‘yiladigan funksional talablar ishlab chiqilib, kompaniya biznes-jarayonlarini tashkil etishda integratsiyalashgan hisobotlarni shakllantirish uchun axborot-tahliliy modellar ham taklif qilingan;
raqamli transformatsiya sharoitida buxgalteriya hisobotlari sifatiga ta’sir qiluvchi omil va atributlar tarkibi aniqlanganib, ular negizida BAT sifati va havfsizligini ta’minlashda ichki nazoratni tashkil qilishning texnologik tarmogʻi ishlab chiqilib, uning asosida kompaniyalarning buxgalteriya hisobotlari sifati ichki nazoratini tashkil etish mexanizmlari taklif qilingan;
lizing kompaniyasi moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini boshqarish uchun hisob-tahlil axborotlarini shakllantirish, BATda shakllantiriladigan buxgalteriya hisobotlarining sifatini nazorat qilishning ichki sikli, buxgalteriya hisobotlari sifatini korxona tomonidan ichki nazorat qilish yo‘nalishlari, ular asosida buxgalteriya axborot tizimini foydalanuvchi talabidan kelib chiqqan holda tanlash algoritmi ishlab chiqilgan. Raqamli texnologiyalar asosida integratsiyalashgan axborot tizimi negizida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning istiqbolli  texnologiyasi, buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlashning istiqbolli texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar asosida buxgalteriya hisobi jarayonlarini takomillashtirishning uslubiy jihatlari asosida:
aksiyadorlik jamiyatlarida raqamli texnologiyalarga asoslangan buxgalteriya axborot tizimlarini joriy qilish, moliyaviy va buxgalteriya operasiyalarini amalga oshirishda blokcheyn texnologiyasini qo‘llashning o‘ziga xos jihatlari va  mexanizmlari “Uzbek Leasing International” AJ va Statistika agentligi faoliyatiga joriy qilingan (“Uzbek Leasing International” AJning 2024 yil 7-iyundagi 1058/008-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024 yil 17 iyundagi 01/3-25-10-103-son ma’lumotnomasi). Natijada kompaniya buxgalteriya ope-ratsiyalarini yuritish va amalga oshirish uchun qilinadigan harajatlar keskin qisqartirilgan;
buxgalteriya hisobini raqamlashtirish va avtomatlashtirish tizimiga qo‘yiladigan funksional talablar ishlab chiqilib, kompaniya biznes-jarayonlarni tashkil etishda integratsiyalashgan hisobotlarni shakllantirish uchun axborot-tahliliy modellari “Uzbek Leasing International” AJ va Statistika agentligi faoliyatiga joriy qilingan (“Uzbek Leasing International” AJning 2024 yil 7-iyundagi 1058/008-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024 yil 17 iyundagi 01/3-25-10-103-son ma’lumotnomasi).  Natijada kompaniya buxgalteriya operatsiyalari asosida olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va boshqaruv qarorlari uchun taqdim qilishga ketadigan vaqt birligini uch barobarga qisqartirishga erishilgan;
BAT sifati va havfsizligini ta’minlashda ichki nazoratni tashkil qilishning texnologik tarmogʻi ishlab chiqilib, uning asosida kompaniyalarning buxgalteriya hisobotlari sifati ichki nazoratini tashkil etish mexanizmlari “Uzbek Leasing International” AJ va Statistika agentligi faoliyatiga joriy qilingan (“Uzbek Leasing International” AJning 2024 yil 7-iyundagi 1058/008-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024 yil 17 iyundagi 01/3-25-10-103-son ma’lumotnomasi). Natijada kompaniya buxgalteriya operatsiyalari asosida olingan hisobotlar sifati keskin yuksalib, ulardagi uchrab turgan turli xatoliklar qisqargan;
BAT va buxgalteriya hisobotlarining sifatini ichki nazorat qilishning uslubiy vositalarini shakllantirish tamoyillari ishlab chiqilib, ular asosida buxgalteriya axborot tizimini foydalanuvchi talabidan kelib chiqqan holda tanlash uchun ishlab chiqilgan algoritm va integratsiyalashgan axborot tizimi negizida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning istiqbolli  texnologiyasi, buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlashning istiqbolli texnologiyasi “Uzbek Leasing International” AJ va Statistika agentligi faoliyatiga joriy qilingan (“Uzbek Leasing International” AJning 2024 yil 7-iyundagi 1058/008-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024 yil 17 iyundagi 01/3-25-10-103-son ma’lumotnomasi). Ushbu yondashuvlarni kelajakda kompaniya buxgalteriya hisobini yuritish jarayonlariga keng joriy qilish natijasida buxgalterning mehnat unumdorligi ortadi va kompaniyaning turdosh axborot tizimlari bilan to‘liq integratsiya jarayonlari yo‘lga qo‘yiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish