Samandarov Shuxrat Kamoladdin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida karboksimetilkraxmalning hosilalarini olish va kolloid-kimyoviy xossalarini o‘rganish», 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K738.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Rovshan Raximovich, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Abdikamalova Aziza Baxtiyorovna, kimyo fanlari doktori; Sidiqov Abdujalil Sidiqovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida karboksimetilkraxmal va uning hosilalarini sintez qilish va ularning kolloid-kimyoviy xossalari asosida ishlatilish yo‘llarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy jo‘xori kraxmalni qattiq fazada namlovchi vosita ishtirokida karboksimetillash natijada, eng yuqori almashinish darajasi 0,92 bo‘lgan karboksimetilkraxmalning natriyli tuzi olingan;
jo‘xori kraxmalini qattiq fazada karboksilmetillash jarayonida reaksion aralashmani oz miqdorda izopropil spirti bilan namlash kraxmal zarrachalarini bir-biriga yopishishini kamaytirib reaksiyaga katalitik ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
KMK-Na tuzini yog‘ kislota metil efiri bilan gidrofobizatsiya qilish orqali KMK ning yog‘ kislota murakkab efiri sintez qilindi va uning yaxshi sirt faollikka va yuqori emulgirlash xususiyatiga ega ekanligi isbotlangan;
sintez qilingan karboksimetilkraxmalning natriyli tuzi va uning hosilalarining kimyoviy tuzilishi fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida aniqlangan;
KMK-Na va SFM tizimlarining emulsiyalarni barqarorlashtirish qobilyati sof SFM larga nisbatan 20% dan 50% gacha yuqori ekanligi hamda, KMK-Na-SFM tizimilarining ko‘piklanish qobilyati, ko‘pik barqarorligi va pufak hosil qilish qobilyati sof SFMga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlangan;
olingan karboksimetilkraxmalning polivalentli metall tuzlari bioparchalanuvchi plyonkalar hosil qilishi, KMK-Na suvli eritmalarda mis ionini tozalash darajasi 95 % ni, KMK-Na ning tozalash qobiliyati 15,24 mg/g ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida karboksimetilkraxmal hosilalari olish hamda kolloid – kimyoviy xossalarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
karboksimetilkraxmal hosilalari va sirt faol moddalar asosida ko‘pirtiruvchi kompazisiyalar olish usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ ning «2025-2026-yillarda ko‘pirtituvchi kompazisiyalarni yanada takomillashtirish va amalyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Olmaliq KMK» AJ Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazining 2024-yil 17-sentyabrdagi, 09-24/42-00026-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida olingan sirt faol moddalar ruda tarkibidagi mis konsentratini 88,67 % dan 93,52% gacha boyitish imkonini beradi;
ko‘pirtiruvchi kompazisiyalarni qo‘llash usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ ning «2025-2026-yillarda amalyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Olmaliq KMK» AJ Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish texnologik markazining 2024-yil 17-sentyabrdagi, 09-24/42-00026-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olingan BGEN-0,25 ko‘pirtiruvchi kompazisiyasini 20 g/t va 40 g/t miqdorida qo‘llash ruda tarkibidagi mis konsentratini mos ravshda 92,42% dan 93,52% gacha boyitish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish