Muqimov Muxammad Karim Adxamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi suv havzalarining invaziv baliqlari (tur tarkibi, morfologiyasi va biologiyasi)», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/V737.
Ilmiy rahbar: Nazarov Muhammadrasul Sharapovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Yuldashov Mansur Arzikulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yuldasheva Shoxistaxon Qobiljonovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi suv havzalarida tarqalgan invaziv baliqlarning tur tarkibi, morfologik va biologik xususiyatlarini aniqlash hamda ularning suv havzalarida tarqalishi bo‘yicha geoaxborot ma’lumotlarini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi tabiiy va sun’iy suv havzalarida tarqalgan invaziv baliqlarning tur tarkibi (ro‘yxati) shakllantirilgan. Unga ko‘ra Farg‘ona vodiysi suv havzalarida invaziv baliqlarning 4 ta turkum 9 ta oilaga mansub 12 ta turi mavjud ekanligi aniqlangan;
Farg‘ona vodiysi turli tipdagi suv havzalarida invaziv baliq turlarining tarqalishi bo‘yicha geoaxborot ma’lumotlari bazasi shakllantirilgan hamda mazkur turlar TMXI mezonlari bo‘yicha baholangan;
Farg‘ona vodiysi suv havzalari uchun invaziv turlarning morfometrik, biologik xususiyatlari kompleks tarzda ilk bor ochib berilgan hamda tabiiy arealdagi turdoshlarini ushbu xususiyatlari bilan o‘zaro o‘xshashlik va farqli xususiyatlari aniqlangan;
invaziv baliq turlari yangi yashash muhitida yuqori ekologik plastiklik xususiyatlarni namoyon qilishi orqali mahalliy turlar xilma-xilligiga ta’siri asoslab berilgan;
Farg‘ona vodiysi baliqchilik xo‘jaliklaridagi etishtirilmaydigan baliqlar faunasining asosiy qismini tashkil etuvchi invaziv turlarning morfobiologik xususiyatlari hamda xo‘jaliklardagi hovuzlar bo‘yicha ularning biomassasi ilk bor aniqlangan hamda invaziv turlarning etishtiriladigan baliq mahsuldorligiga ta’sir etish xususiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysi suv havzalarida uchraydigan invaziv baliqlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysi suv havzalarining invaziv baliq turlari, morfologiyasi va biologiyasiga oid tadqiqot natijalari asosida “Baliqchilik” nomli darslik (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 218-548-sonli guvohnoma) nashr qilingan bo‘lib, “60811500-Zooinejeneriya (Baliqchilik)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining №02/01-01-85-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida 60811500-“Zooinjeneriya (Baliqchilik)” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Invaziv baliq turlarini aniqlash va ularning hududlar kesimida tarqalish darajasini baholash maqsadida “Farg‘ona viloyati suv havzalarida tarqalgan invaziv baliq turlarining geoaxborot bazasi va ularni aniqlash” bo‘yicha tavsiyanoma Farg‘ona viloyati Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 03-03/3-7134-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona viloyati Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari uchun invaziv baliq turlarini aniqlash, ekologlarning kasbiy faoliyatlarida invaziv baliqlarning rivojlanishi va tarqalishini monitoring qilish imkonini bergan;
Farg‘ona vodiysining turli tipdagi suv havzalarida tarqalgan invaziv baliq turlarining geoaxborot ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishi vazirligining Davlat kadastrini yuritish va geoaxborot tizimlarini joriy etish bo‘limi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 03-03/3-7134-son ma’lumotnomasi). Natijada kadastr ma’lumotlarini geoaxborot tizimiga kiritishga asos bo‘lgan, shuningdek, noyob va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi baliq turlarini qo‘riqlash, yashash muhitini saqlab qolish, ko‘paytirish va himoya qilish ishlarini tashkil etishga hamda tabiiy resurslardan oqilona va barqaror foydalanishni ta’minlash imkonini bergan.