Jo‘raev Islom Raxmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiq iqlim sharoitida yupqa plyonkali modullar asosida fotoelektrik issiqlik qurilmasini yaratish”, 05.05.06 – “Qayta tiklanuvchi energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2108.
Ilmiy rahbar: Yuldoshev Isroil Abrievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Urishev Bobaraim, texnika fanlari doktori, professor; Axatov Jasurjon Saidovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: “Issiqlikelektrloyiha” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi issiq iqlim sharoitlariga moslashtirilgan yupqa plyonkali modullarga asoslangan fotoelektrik issiqlik qurilmasini ishlab chiqish va yaratish, uning energetik parametrlarini, texnik-iqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kadmiy telluridning yupqa plyonkali moduliga biriktirilgan zamonaviy kompozit materiallardan tayyorlangan issiqlik almashtirgich asosidagi fotoelektrik issiqlik batareyasining konstruksiyasi yaratilgan;
kadmiy telluridning yupqa plyonkali moduliga biriktirilgan “list-truba” ko‘rinishdagi kombinatsiyalashgan issiqlik almashtirgich konstruksiyasi uchun fotoelektrik issiqlik qurilmasining energetik parametrlarini atrof-muhit omillariga bog‘liq ravishda issiqlik balansi tenglamalari asosida aniqlaydigan matematik modeli takomillashtirilgan;
yupqa plyonkali kadmiy tellurid modullari va issiqlik almashtirgichlar asosida ishlab chiqilgan fotoelektrik issiqlik qurilmasining konstruksiyalari fotoleketrik modullarning o‘rnatilgan quvvatidan foydalanish koeffisientini 1,9 foizga oshirish imkoniyatini yaratgan;
issiq iqlim sharoitlarida kadmiy tellurid asosidagi modulning ishchi haroratini majburiy suv aylanishli fotoelektrik issiqlik qurilmasi orqali 8,6-21,5 foizga pasayishi hisobiga modulning elektr samaradorligi 1,7-2,5 foizga, elektr quvvati 8-10,3 foizga oshishi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Issiq iqlim sharoitida yupqa plyonkali modullar asosida fotoelektrik issiqlik qurilmasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kadmiy telluridning moduliga biriktirilgan zamonaviy kompozit materiallardan tayyorlangan issiqlik almashtirgich asosidagi fotoelektrik issiqlik batareyasining konstruksiyasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk markazining foydali modeliga patenti olingan (Fotoelektrik issiqlik batareyasi, FAP 2455, 04.04.2024 yil). Natijada issiq iqlim sharoitida fotoelektrik modulning elektr quvvatini 8%, samaradorligini 1,7% oshirish imkoniyati yaratilgan;
kadmiy telluridning yupqa plyonkali moduliga biriktirilgan “list-truba” ko‘rinishdagi kombinatsiyalashgan issiqlik almashtirgich konstruksiyasi uchun fotoelektrik issiqlik qurilmasining takomillashtirilgan konstruksiyasi Buxoro viloyati Olot tumanidagi "Vohidjon Fayziev" fermer xo‘jaligiga joriy qilingan (O‘zbekiston fermerlar, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashining 26.12.2023 yildagi 01/03-2658-sonli ma'lumotnomasi). Natijada fotoelektrik issiqlik qurilmasidan samarali foydalanish orqali olinadigan yillik iqtisodiy samaradorlik 25 mln.so‘mni tashkil etib, yaratilgan qurilmalar fermer va dehqon xo‘jaliklari, yakka tartibdagi qishloq aholi turar-joylari, ularning xo‘jalik ehtiyojlarini elektr energiyasi va issiq suv bilan ta'minlash imkoniyatini bergan.
kadmiy tellurid asosidagi majburiy suv aylanishli fotoelektrik issiqlik qurilmasi "Uzeltexsanoat" uyushmasining "Solar Nature" MChJga joriy etilgan ("Uzeltexsanoat" uyushmasining 01.02.2024 yildagi № 04-3/150 №4-ma'lumotnomasi). Natijada o‘rnatilgan elektr energiya quvvati 1,2 kVt va o‘rnatilgan issiqlik energiya quvvati 2,17 kVt bo‘lgan fotoelektrik issiqlik qurilma yiliga 2,236 mln.so‘mlik ko‘mir yoqilg‘i resursini tejalishi va 17,3 tonna CO2 emissiyasini oldini olishi hamda yiliga 2,8 mln. so‘mlik energiya ishlab chiqarishi hisobiga qurilmadan foydalanish davrida 133,6 mln.so‘m sof foyda olish imkonini bergan. Dissertatsiya ishi natijalari uyushmaga tegishli korxonalarda energiya tejaydigan texnologik qurilmalar ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish imkoniyatini yaratgan.