Mirmuxamedov Mexrubon Mamurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Skandiy, ittriy va erbiy bilan legirlangan Zn22Al qotishmasining anod o‘zini tutishi va oksidlanishi, ularning xususiyatlarining o‘zgarishlarini modellashtirish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” 05.02.02 – “Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari ixtisosligi”.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik B. G‘ofurov nomli Xo‘jand davlat universitet, Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Obidov Ziyodullo Raxmatovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Karimov Kamolxan Abbasovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Alimuxamedov Shavkat Pirmuxamedovich, texnika fanlari doktori, professor; Ermatov Ziyodulla Dosmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi skandiy, ittriy va erbiy bilan legirlangan Zn22Al qotishmasining anod o‘zini tutishi va oksidlanishi, ularning xususiyatlarining o‘zgarishlarini modellashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
0.01-0.1 mas.% skandiy va ittriy qo‘shimchalari korrozion-faol muhitlarda Zn22Al qotishmasining anod barqarorligini ta’minlash texnologiyasi skandiy va ittriy elementlarining kimyoviy aktivligi asosida ishlab chiqilgan;
ko‘rsatilgan qotishmalarning korroziya, pitting hosil bo‘lish va repassivatsiya potensiallari musbat qiymatlar sohasiga qarab siljish mexanizmi metallning kislorod bilan reaksiyaga kirishish bosqichlarining tahlili asosida ishlab chiqilgan;
qotishmani legirlash uchun qo‘llaniladigan skandiy, ittriy va erbiy elementlarining kislorod bilan aktivligi haroratga bog‘liq ravishda o‘zgarish mexanizmi asosida qotishmaning oksidlanishga bardoshliligini oshirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
oksidlanishning faollashish energiyasi skandiyli qotishmadan ittriyli qotishmaga, so‘ngra erbiyli qotishmaga qarab ortish mexanizmi ushbu elementlarning xossalari asosida ishlab chiqilgan;
rux, alyuminiy, skandiy, ittriy va erbiy qatnashadigan qotishmalar olinadigan quyish jarayonining matematik modellari tadqiqotlar natijasida olingan matematik qiymatlarning o‘zgarish qonuniyati asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkazilgan tadqiqotlarning quyidagi natijalari ishlab chiqarishga joriy qilingan (tasdiqlangan natijalarni joriy qilish dalolatnomalarining nusxalari dissertatsiyaning ilovasida ilova qilingan):
Zn22Al qotishmaning indiyli yangi tarkibi Dushanbe shahridagi «Korgoxi mashinasozi» DUK ga St3, St45 va St65 markali uglerodli po‘latlardan tayyorlangan detallarni korroziyadan himoyalaydigan qoplamalar sifatida joriy qilingan (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vazirligining 14.02.2023 yildagi № 15-338 ma’lumotnomasi patent № TJ 1791). Bu qoplamalar ularning xizmat qilish muddatini oshirilgan;
turli markali uglerodli po‘latlardan ishlangan detallarni ularning eritmasiga botirish yo‘li bilan himoyalovchi qotishma qoplamalarini qaynoq qoplash texnologiyasi «Korgoxi mashinasozi» DUK ga joriy qilingan (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vazirligining 14.02.2023 yildagi № 15-338 ma’lumotnomasi patent № TJ 1791). Bu po‘lat detallarning korrozion bardoshliligi 27-48% ga ortirish imkonini bergan;
Rux-alyuminiy qotishmasining yangi tarkibi «Korgoxi mashinasozi» DUK ga po‘latni himoyalaydigan qoplama sifatida joriy qilingan (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vazirligining 14.02.2023 yildagi № 15-338 ma’lumotnomasi patent № TJ 1791). Bu po‘latlarning korroziyabardoshliligini 7-8% ga oshirish imkonini bergan;
himoyalovchi qotishma qoplamalaridan foydalanishdan keladigan iqtisodiy samara uglerodli po‘latlardan ishlangan detallarning sifatining yaxshilanishi va xizmat qilish muddatining ortishi hisobiga yiliga 865 AQSh dollarini tashkil qildi (Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vazirligining 14.02.2023 yildagi № 15-338 ma’lumotnomasi).