Kudaybergenova Sapiura Polatbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Badiiy diskursda semantik primitivlar qoʻllanilishining lingvokulturologik tadqiqi» (ingliz va qoraqalpoq tillari materialida)», 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2765.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qo‘ldashev Akrom Maxmudovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Gadoeva Mavlyuda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillaridagi semantik primitiv (SP)larning funksional-semantik va lingvomadaniy o‘xshashlik hamda o‘ziga hos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi semantik primitivlar ongning o‘ziga hos mikrotuzilishini tashkil etish, o‘z semantikasida madaniyatning bir qismini aks ettiruvchi til birligi – lingvomadaniy va axborot saqlovchi, uzatuvchi hamda qayta ishlovchi kognitiv mexanizm bo‘lib taqqoslanayotgan tillardagi so‘z birikmalarni tizimlashtirishda hamda borliqning yangi voqea-hodisalarini va narsalarini nomlash hamda interpretasiyalash vazifasini bajarishi isbotlangan;
semantik primitivlarning pragmatik klassifikatsiyasi asosida funksional jihatdan har xil bo‘lgan kognitiv kategoriyalar va hodisalar, xarakterlar ma’nosi orasidagi universal xususiyatga asoslangan holda har bir kategoriyada bittadan oltitagacha primitiv borligi va ularning tilda reprezentasiyalarining turlicha amalga oshirilishi sababli semantik primitivlarning yakuniy miqdori barcha tillar uchun har xil bo‘lishi tasdiqlangan;
tillardagi semantik primitivlar bir qator ontologik xususiyatlar va ularning gnoseologik tomondan tahlil qilish, tilshunoslikning mavjud paradigmalarida muhokama qilingan ko‘p belgi va xususiyatlarning yo‘q ekanligi ko‘rsatib berilgan va semantik primitivlar asosan semasioligiya va lug‘at tuzish amaliyotida katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan;
semantik primitivlarni aniqlash tamoyillarining har xil tanlanishi birinchidan tillar so‘z birikmalari o‘rtasidagi ontologik farqlarini ko‘rsativ, tilshunoslikda semantik primitivlar konsepsiyasining turli tomonlari nazariy va amaliy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillaridagi semantik primitivlarning funksional-semantik hamda lingvomadaniy xususiyatlarini o‘rganish jarayonida olingan natijalar asosida:
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi semantik primitivlar ongning o‘ziga hos mikrotuzilishini tashkil etish, o‘z semantikasida madaniyatning bir qismini aks ettiruvchi til birligi – lingvomadaniy va axborot saqlovchi, uzatuvchi hamda qayta ishlovchi kognitiv mexanizm bo‘lib taqqoslanayotgan tillardagi so‘z birikmalarni tizimlashtirishda hamda borliqning yangi voqea-hodisalarini va narsalarini nomlash hamda interpretasiyalash vazifasiga oid materiallar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston umumiy uyimiz» ko‘rsatuvida, «Adabiyot va davr» eshittirishi orqali keng jamoatchilikka tavsiya etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2023 yil 10 apreldagi 05-22/175-son ma’lumotnomasi). Natijada semantik primitivlarning o‘ziga hos xususiyatlari, qiyosiy til masalalari, qiyosiy tadqiqotlari primitivlarning tahlili bilan bog‘liq lingvistik ilmiy ma’lumotlar va materialning keng jamoatchilikka tanishtirilishi orqali madaniy-ma’naviy ahamiyatining oshirilishiga erishilgan;
semantik primitivlarning pragmatik klassifikatsiyasi asosida funksional jihatdan har xil bo‘lgan kognitiv kategoriyalar xizmat qiladi va hodisalar, xarakterlar ma’nosi orasidagi universal xususiyatga asoslangan holda har bir kategoriyada bittadan oltitagacha primitiv borligi va ularning tilda reprezentasiyalarining turlicha amalga oshirilishi sababli semantik primitivlarning yakuniy miqdori barcha tillar uchun har xil bo‘lishiga oid xulosalardan 2014-2015-yillari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida o‘tkazilgan I1-FA-O-14244 «Qoraqalpoq xalq prozasining ilgari chop etilmagan namunalarini nashrga tayyorlash va chop etish» (100 jildlik «Qoraqalpoq folklori» to‘plami bo‘yicha)» nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023 yil 30 martdagi 145/1-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy ahamiyati tadqiqotda olingan nazariy umumlashtiriligan xulosalardan «Umumiy tilshunoslik», «Kontrastiv tilshunoslik asoslari», «Lingvomadaniyat», «Kognitiv tilshunoslik», «Tilshunoslikka kirish» kabi fanlarni o‘qitishda, shuningdek ko‘rsatilgan fanlar bo‘yicha leksiya kurslar, seminar mashqlarini, o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlashda amaliy manba vazifasini bajarishi bilan belgilangan;
tillardagi semantik primitivlar bir qator ontologik xususiyatlar va ularning gnoseologik tomondan tahlil qilish, tilshunoslikning mavjud paradigmalarida muhokama qilingan ko‘p belgi va xususiyatlarning yo‘q ekanligi ko‘rsatib berilganligi va semantik primitivlar asosan semasioligiya va lug‘at tuzish amaliyotida katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligi hamda semantik primitivlarni aniqlash tamoyillarining har xil tanlanishi birinchidan tillar so‘z birikmalari o‘rtasidagi ontologik farqlarini ko‘rsatsa, tilshunoslikda semantik primitivlar konsepsiyasining turli tomonlari nazariy va amaliy jihatga oid xulosalardan ko‘rgazma ekskursiyalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi 2023 yil 23 maydagi 193-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyiga kelgan mehmonlar bilan suhbatlashish tashkil etilganda semantik primitivlar xizmatlari, o‘ziga hos prinsiplarga asoslanishi isbotlangan.